Abdijamilova Mahfuza Maxmudovnaning 
pedagogika fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish malakalarini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4061 
Ilmiy rahbar: Mavlonova Klaraxon Maxmutovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Uluxujaev Narzullo Ziyoviddinovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish malakalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘qib tushunishga oid ko‘nikmalarni shakllantirishning metodik jihatlari nutqiy va lingvistik (fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, uslubiyat) ko‘nikmalarni o‘zaro integratsiyalash hamda badiiy va axborot matnini o‘qib tushunish bilan bog‘liq o‘qish jarayoni komponentlari: perseptiv va semantik yondashuv asosida takomillashtirilgan;
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish malakalarini shakllantirishning didaktik modeli maqsadli: o‘qish, tinglash, og‘zaki va yozma nutq; metodik: innovatsion usullar, matn tanlash mezonlari va o‘qish strategiyalari; tashkiliy texnologik: didaktik ta’minot; natijadorlikni baholash: badiiy va axborot matnini tushunishning differensial mezonlari mazmunida, nutqiy va lingvistik kompetensiyalar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish malakalarini shakllantirishning metodik komponentlari matn tanlash mezonlari matn mazmuni (badiiy yoki axborot), shakli (hikoya, maqola, infografika, yoʻriqnoma va boshqalar o‘quvchining yosh xususiyatlari inobatga olingani, matnning autentligi, shakl va mazmun jihatdan o‘zaro o‘xshash maʼlumotlarni bir-biridan farqlash, sabab, natija, oqibat kabi mazmuniy jihatdan o‘zaro bog‘liq maʼlumotlar o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlash malakalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish  metodikasi matnni o‘qishga kirishishdan oldingi, matnni o‘qish jarayoni va matnni o‘qishdan keyingi jarayonda qo‘llanuvchi “Assotsiatsiyalar to‘ri”, “Nuqtayi nazaring bo‘lsin”, To‘xtamlar yordamida o‘qish”, “Qaydlar yordamida o‘qish”, “Kalit so‘zlar”, “Hikoyani tartibga keltiring”, “Blum kubigi”, “G‘oyalar va ijodiy fikrlar savatchasi”, “To‘g‘ri va noto‘g‘ri xulosalar”, “Faktlar piramidasi” kabi innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish malakalarini shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘qib tushunishga oid ko‘nikmalarni shakllantirishning metodik jihatlari nutqiy va lingvistik (fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, uslubiyat) ko‘nikmalarni o‘zaro integratsiyalash hamda badiiy va axborot matnini o‘qib tushunish bilan bog‘liq o‘qish jarayoni komponentlari: perseptiv va semantik yondashuv asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Ene dilini okatmagyň usulyýeti” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i, 277-125-raqamli guvohnoma). Natijada  boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish malakalarini shakllantirishning didaktik modeli maqsadli: o‘qish, tinglash, og‘zaki va yozma nutq; metodik: innovatsion usullar, matn tanlash mezonlari va o‘qish strategiyalari; tashkiliy texnologik: didaktik ta’minot; natijadorlikni baholash: badiiy va axborot matnini tushunishning differensial mezonlaridan O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 15-maydagi 125-sonli buyrug‘i asosida e’lon qilingan UNISEF bilan hamkorlikdagi “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida o‘zbek tilini o‘qitish sifatini oshirish” loyihasida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazining 2023-yil 4-maydagi 01/11-01/6-298-son maʼlumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning axborot va badiiy matnlar yuzasidan o‘qib tushunish ko‘nikmasini baholash samaradorligi oshishiga erishilgan;
ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning o‘qib tushunish malakalarini shakllantirishning metodik komponentlari matn tanlash mezonlari matn mazmuni (badiiy yoki axborot), shakli (hikoya, maqola, infografika, yoʻriqnoma va boshqalar o‘quvchining yosh xususiyatlari inobatga olingani, matnning autentligi, shakl va mazmun jihatdan o‘zaro o‘xshash maʼlumotlarni bir-biridan farqlash, sabab, natija, oqibat kabi mazmuniy jihatdan o‘zaro bog‘liq maʼlumotlar o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlash malakalariga ustuvorlik berishga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 15-maydagi 125-sonli buyrug‘i asosida e’lon qilingan UNISEF bilan hamkorlikdagi “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida o‘zbek tilini o‘qitish sifatini oshirish” loyihasida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazining 2023-yil 4-maydagi 01/11-01/6-298-son maʼlumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklari mazmuni axborot va badiiy matnlar asosida tuzilgan o‘quv topshiriqlari bilan boyishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish  metodikasi matnni o‘qishga kirishishdan oldingi, matnni o‘qish jarayoni va matnni o‘qishdan keyingi jarayonda qo‘llanuvchi “Assotsiatsiyalar to‘ri”, “Nuqtayi nazaring bo‘lsin”, To‘xtamlar yordamida o‘qish”, “Qaydlar yordamida o‘qish”, “Kalit so‘zlar”, “Hikoyani tartibga keltiring”, “Blum kubigi”, “G‘oyalar va ijodiy fikrlar savatchasi”, “To‘g‘ri va noto‘g‘ri xulosalar”, “Faktlar piramidasi” kabi innovatsion texnologiyalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida PZ-20170923121-raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 17-apreldagi 11-05-1709/04-sonli maʼlumotnomasi). Natijada o‘qib tushunish ko‘nikmalari uchun tanlangan matnlar orqali shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarning shakllanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish