Mirxamidova Zahinabonu Mirxamid qizing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Sposobi ispol`zovaniya vozmojnostey chetvertoy promishlennoy revolyusii dlya obespecheniya ekonomicheskogo rosta» (“Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda to‘rtinchi sanoat inqilobi imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llari”), 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” va 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1PhD/Iqt3682.
Ilmiy rahbar: Shadmanov Erkin Sherkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamadiyarov Zokir Tashtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakat iqtisodiy o‘sishini jadallashtirish uchun to‘rtinchi sanoat inqilobi texnologiyalarini samarali joriy etishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “to‘rtinchi sanoat inqilobi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi asosida iqtisodiyot, sanoat va jamiyatdagi tub o‘zgarishlarga olib keluvchi yangi biznes modellarini shakllantirishga turtki beruvchi sun’iy intellekt, Internet texnologiyalari, blokcheyn, “aqlli” uskunalar va robototexnika kabi innovatsiyalar orqali fizik, raqamli va biologik tizimlarning tasnifi, ularning sinergik ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
“aqlli shahar” konsepsiyasi uning rivojlanishidagi texnologik, inson kapitalini rivojlantirish, iqtisodiy-ekologik yo‘nalishlardagi ilmiy maktablardagi asosiy nazariy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish orqali shahar hayotining barcha jabhalarini hisobga olgan va batafsil rivojlanish rejasini (roadmap), texnologik stekni va xavflarni baholashni o‘z ichiga olgan adaptiv raqamli egizak modeli asosida takomillashtirilgan;
iqtisodiy o‘sishning neoklassik, endogen o‘sish va to‘rtinchi sanoat inqilobi nazariyalarining asosiy g‘oyalarini uyg‘unlashtirish asosida iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi 4 ta asosiy guruh [texnologik (Tex = 0,27-0,32), institusional (Ins = 0,31 – 0,36), ijtimoiy (Ijt = 0,17 – 0,22) va iqtisodiy (Iqt = 0,20 – 0,25)] omillarga to‘rtinchi sanoat inqilobining ta’sir darajasi o‘rtasidagi maqbul nisbat aniqlangan;
O‘zbekistonda innovatsion loyihani amalga oshirishning boshlang‘ich pallasi hamda loyihadan iqtisodiy daromad olish o‘rtasidagi vaqt oralig‘ini minimallashtirishga yordam beruvchi “Innovatsiyalarni tezlashtirilgan tarzda joriy etish va iqtisodiy samarani olishning innovatsion ekotizimi” sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun to‘rtinchi sanoat inqilobi imkoniyatlaridan foydalanishning nazariy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “to‘rtinchi sanoat inqilobi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi asosida iqtisodiyot, sanoat va jamiyatdagi tub o‘zgarishlarga olib keluvchi yangi biznes modellarini shakllantirishga turtki beruvchi sun’iy intellekt, Internet texnologiyalari, blokcheyn, “aqlli” uskunalar va robototexnika kabi innovatsiyalar orqali fizik, raqamli va biologik tizimlarning tasnifi, ularning sinergik ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy nazariya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022 yil 24-oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami №328-003). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda “to‘rtinchi sanoat inqilobi” tushunchasining konseptual asoslari va uni sinergetik ta’sir nuqtai nazaridan takomillashtirilgan iqtisodiy kategoriya sifatida tasniflash bo‘yicha nazariy bilimlarini chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
“aqlli shahar” konsepsiyasi uning rivojlanishidagi texnologik, inson kapitalini rivojlantirish, iqtisodiy-ekologik yo‘nalishlardagi ilmiy maktablardagi asosiy nazariy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish orqali shahar hayotining barcha jabhalarini hisobga olgan va batafsil rivojlanish rejasini (roadmap), texnologik stekni va xavflarni baholashni o‘z ichiga olgan adaptiv raqamli egizak modeli asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi amaliuotida foudalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligining 2025 yil 21 fevraldagi 33-8/1096-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida shahar jarayonlarini boshqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, resurslardan foydalanishni optimallashtirish va aholining hayot sifatini yaxshilash imkoni yaratilgan;
iqtisodiy o‘sishning neoklassik, endogen o‘sish va to‘rtinchi sanoat inqilobi nazariyalarining asosiy g‘oyalarini uyg‘unlashtirish asosida iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi 4 ta asosiy guruh [texnologik (Tex = 0,27-0,32), institusional (Ins = 0,31 – 0,36), ijtimoiy (Ijt = 0,17 – 0,22) va iqtisodiy (Iqt = 0,20 – 0,25)] omillarga to‘rtinchi sanoat inqilobining ta’sir darajasi o‘rtasidagi maqbul nisbat aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi amaliuotida foudalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligining 2025 yil 21 fevraldagi 33-8/1096-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, resurslar taqsimotini optimallashtirish, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish va aholi turmush darajasini oshirish imkoni berilgan;
O‘zbekistonda innovatsion loyihani amalga oshirishning boshlang‘ich pallasi hamda loyihadan iqtisodiy daromad olish o‘rtasidagi vaqt oralig‘ini minimallashtirishga yordam beruvchi “Innovatsiyalarni tezlashtirilgan tarzda joriy etish va iqtisodiy samarani olishning innovatsion ekotizimi” sxemasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi amaliuotida foudalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligining 2025 yil 21 fevraldagi 33-8/1096-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining ta’lim darajasi va malakasini oshirish, shuningdek, davlat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan.