Aripova Maxliyo Salaxiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Feshn-biznesda brendni shakllantirish va siljitish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4196
Ilmiy rahbar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.1.72.05
Rasmiy opponentlar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisod fanlari doktori, professor, Muxsinov Bekzod Toxirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: feshn-biznesida brendni shakllantirish va siljitish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy, uslubiy va amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«feshn-biznes» tushunchasining iqtisodiy mazmuni kreativ faoliyat asosida samarali moda brendini shakllantirish va siljitish natijasida qo‘shilgan qiymat yaratilishi, raqamli marketingni rivojlanishi hamda innovatsion tadbirkorlik tamoyillarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
Bukhara Cotton Textile (BCT) kompaniyasining “B Jeans” brendining dizaynidagi rangsiz fonni ochiq ko‘k rangga o‘zgartirish asosida mahsulotni ishlab chiqarishda 100% ekologik toza paxta "Denim" matosidan foydalanishni tavsiflovchisini hamda logotip sifatida mazkur brendning kelib chiqqan mamlakatini ifodalovchi “UZB” yozuvini kiritish orqali mazkur brendning siljishini oshirishi taklif qilindi;
brendli moda kiyimlarni reklama qilish va sotishda marketing yondoshuvi raqamli kanaldan foydalanishga asoslanuvchi “SMART maneken + brend” tizimini joriy etish orqali feshn-brendlarini moda kiyimlari bozorida ilgari surishga ustuvorlik berish taklifi asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterlari doirasida xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarining “tezkor moda” segmentini rivojlantirishning 2025–2029 yillarda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha prognoz parametrlari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Feshn-biznesda brendni shakllantirish va siljitish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
“feshn-biznes” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kreativ faoliyat asosida samarali moda brendini shakllantirish va siljitish natijasida qo‘shilgan qiymat yaratilishi, raqamli marketingni rivojlanishi hamda innovatsion tadbirkorlik tamoyillarini hisobga olish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yildagi 28-fevraldagi PF-27-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 yanvardagi 06-10-33-748-sonli ma'lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida moda kiyimlari ishlab chiqaruvchi klasterlarda kreativ brendni shakllantirish jarayoni yaxshilandi va samarali brending faoliyati hisobidan qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyati 2 martaga oshirishga erishildi;
Bukhara Cotton Textile (BCT) kompaniyasining “B Jeans” brendining dizaynidagi rangsiz fonni ochiq ko‘k rangga o‘zgartirish asosida mahsulotni ishlab chiqarishda 100% ekologik toza paxta "Denim" matosidan foydalanishni tavsiflovchisini hamda logotip sifatida mazkur brendning kelib chiqqan mamlakatini ifodalovchi “UZB” yozuvini kiritish orqali ushbu brendning siljishini oshirishi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrgi PF-158-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 yanvardagi 06-10-33-748-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, moda mahsulotlari ishlab chiqaruvchi klasterlarda umuman, Bukhara Cotton Textile (BCT) kompaniyasida xususan, marketing faoliyati samaradorligi oshirib, brendli mahsulotlarining eksport hajmi 5-7 foizga o‘sish imkoniyati yaratildi;
brendli moda kiyimlarni reklama qilish va sotishda marketing yondoshuvi raqamli kanaldan foydalanishga asoslanuvchi “SMART maneken + brend” tizimini joriy etish orqali feshn-brendlarini moda kiyimlari bozorida ilgari surishga ustuvorlik berish taklifi asosida takomillashtirilgan tavsiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrgi PF-158-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 yanvardagi 06-10-33-748 sonli ma'lumotnomasi). Natijada, brendli mahsulotlarini eksport qilish uchun qulay tijorat rejimi joriy qilindi hamda moda kiyimlarini do‘konlarda sotish hajmi 20 foizga oshirishga erishildi;
O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterlari doirasida xom ashyoni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarining “tezkor moda” segmentini rivojlantirishning 2025–2029 yillarda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 yanvardagi 06-10-33-748 sonli ma'lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2029-yilga borib, to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarining “tezkor moda” segmenti hajmi 2024 yilga nisbatan 2,3 baravar oshirish imkonini beradi.