Nurullaev Shoxrux Shuxratillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qurilish sohasida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish masalalari” 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Yu1462.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Durbek Nematovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04. 
Rasmiy opponentlar: Uzakova Guzal Sharipovna, yuridik fanlar doktori, professor; Safarov Djahongir Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish sohasida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish masalalarini tahlil qilish asosida qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish jarayonida barqaror rivojlanishga erishishning dolzarbligini hisobga olgan holda insonlar hayoti uchun ekologik xavfsiz texnologiyalarni qo‘llash va rivojlantirish, qurilish jarayonida energiyani tejovchi, ekologik xavfsiz, ijtimoiy foydali texnologiyalarni qo‘llash va ulardan foydalanganlik uchun rag‘batlantirishni joriy etish asoslantirilgan;
gidrotexnika inshootlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni minimallashtirish, ekologik barqarorlikni saqlash hamda davlat siyosatida inson va tabiat manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish maqsadida gidrotexnika inshootlarini qurishda quruvchi tomonidan inson hayoti va salomatligini himoya qilish hamda atrof-muhitni asrash ustuvor yo‘nalish ekanligini inobatga olish shartligi hamda asosiy prinsip bo‘lishi asoslab berilgan; 
tuproq muhofazasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, tuproq resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik xavflarni kamaytirish, shuningdek, atrof-muhitni himoya qilish orqali aholi salomatligiga etkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida qurilish jarayonida tuproqdan foydalanuvchi o‘z faoliyatini amalga oshirishda inson sog‘ligining va atrof-muhit xavfsizligining ustuvor yo‘nalishi ekanligini inobatga olish shartligi hamda asosiy prinsip ekanligi asoslab berilgan;
shaharsozlikda aholi punktlari bosh rejalariga muvofiq shahar va boshqa aholi punktlarida qurilishlarni suv bosish hududlarini hisobga olgan holda amalga oshirish, shuningdek, tabiiy ariqlarni saqlab qolish va yog‘ingarchilik suvlarini chiqarib yuboruvchi tizimlarni yaratishning huquqiy mexanizmini joriy etish asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“Qurilish sohasida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish masalalari” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
qurilish jarayonida insonlar hayoti uchun ekologik xavfsiz texnologiyalarni qo‘llash va rivojlantirishni rag‘batlantirish tartibini joriy etilishi bilan bog‘liq takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 61-modda, ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2024-yil 19-iyundagi 01-07/321-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshishi qurilish jarayonida ekologik xavfsizlik standartlarini kuchaytirish, inson salomatligiga salbiy ta’sirlarni minimallashtirish va barqaror qurilish amaliyotlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
gidrotexnika inshootlarini qurishda fuqarolarning hayoti va sog‘ligini himoya qilishning ustuvorligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2024-yil 19-iyundagi 01-07/321-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshishi gidrotexnika inshootlarini qurishda fuqarolarning hayoti va sog‘ligini samarali himoya qilishga xizmat qilgan;
qurilish uchun tuproqlarni ko‘chirish jarayonida erdan foydalanuvchilarning qonuniy manfaatlarining ustuvorligini ta’minlashga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2024-yil 19-iyundagi 01-07/321-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshishi erdan foydalanuvchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va qurilish jarayonida tuproqning unumdorligini saqlab qolishga xizmat qilgan;
shahar va boshqa aholi punktlarida qurilishlarni suv bosish hududlarini hisobga olgan holda amalga oshirish, shuningdek, tabiiy ariqlarni saqlab qolish va yog‘ingarchilik suvlarini chiqarib yuboruvchi yangi tizimlarni yaratishga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining 2023-yil 11-avgustdagi “Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda samarali amalga oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 362-son Qarorining 50-band, ettinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 12-iyundagi 18-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshishi suv toshqini xavfini kamaytirish, tabiiy suv oqimlarini muhofaza qilish va yog‘ingarchilik suvlarini samarali boshqarishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish