Xakimova Muborakxon Yakubjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab kutubxonalarida o‘quvchilar mutolaa madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-uslubiy asoslari” (1-4-sinflar misolida), 05.01.09 – Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2647.
Ilmiy rahbar: Nosirov O‘ktam, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo, pedagogika fanlari doktori, professor; Malikova Sevar Samatovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab kutubxonalarida 1-4-sinf o‘quvchilar mutolaa madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-uslubiy asoslari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-uslubiy, an’anaviy-virtual, shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan mexanizmlari adabiy kvest, bibliomiks, biblioperfomans, bukslem usullarining innovatsion integratsiyasini mustaqil faollashtirishi sababli ularda konvergent fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishi asoslangan;
o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish metodikasi mutolaaning tarkibiy qismlari elementlarini kommunikativ-kreativ tanlash, ontogenez-adekvat saralash, empirik, intensiv qo‘llash hamda didaktik mazmunga empatiya va intellekt darajasiga ko‘ra integratsiyalashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish samaradorligi individual tayyorgarlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan differensial va integral mezonlarni intellektual rivojlantirishga ko‘ra maqsadli belgilash asosida oshirilgan;
“Mutolaa madaniyati” tushunchasiga “kognitiv va kreativ yondashuv asosida o‘ziga xos ijtimoiy hodisa, jarayon, faoliyat, bosma nashrlar va elektron manbalarni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilimlar, ko‘nikma va malakalar, tajribalar kompleksi” sifatida ta’rif berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab kutubxonalarida o‘quvchilar mutolaa madaniyatini shakllantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-uslubiy, an’anaviy-virtual, shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan mexanizmlari adabiy kvest, bibliomiks, biblioperfomans, bukslem usullarining innovatsion integratsiyasini mustaqil faollashtirishi sababli ularda konvergent fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid xulosa va takliflardan “Kutubxonashunoslik” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, mutolaa madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-uslubiy, an’anaviy-virtual, shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan mexanizmlari ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish metodikasi mutolaaning tarkibiy qismlari elementlarini kommunikativ-kreativ tanlash, ontogenez-adekvat saralash, empirik, intensiv qo‘llash hamda didaktik mazmunga empatiya va intellekt darajasiga ko‘ra integratsiyalashtirish asosida takomillashtirilishiga oid xulosa va takliflardan “Kutubxonashunoslik” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘iga asosan berilgan nasr ruxsatnomasi). Natijada, 1-4-sinf o‘quvchilarida mutolaa madaniyatini shakllanishining metodikasi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish samaradorligi individual tayyorgarlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan differensial va integral mezonlarni intellektual rivojlantirishga ko‘ra maqsadli belgilashga oid xulosa va takliflardan “Kutubxonashunoslik” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘iga asosan berilgan nasr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning mutolaa madaniyatini shakllantirishga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariya bilan amaliyotni o‘zaro integratsiyalashi kengaytirilgan;
“Mutolaa madaniyati” tushunchasiga “kognitiv va kreativ yondashuv asosida o‘ziga xos ijtimoiy hodisa, jarayon, faoliyat, bosma nashrlar va elektron manbalarni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilimlar, ko‘nikma va malakalar, tajribalar kompleksi” sifatida berilgan ta’rif va takliflardan “Kutubxonashunoslik” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning mutolaa madaniyatini shakllantirishga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishni individual shaxsning xususiyatini inobatga olgan holda amalga oshirishga erishilgan.