Rajabova Kimyoxon  Farmonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim integratsiyalashuvida PIRLS xalqaro baholash dasturidan foydalanishning nazariy asoslarini takomillashtirish” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.01– Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.PhD/Ped.2820. 
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli kengash asosidagi bir martalik kengash.  
Rasmiy opponentlar: Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Pulatova Dildora Turgunovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),  professor.
Yetakchi  tashkilot:  Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim integratsiyalashuvida PIRLS xalqaro baholash dasturidan foydalanishning nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari savodxonlik darajasi “subekt-subekt” munosabatlaridagi o‘zaro ijobiy ta’sir, motivatsion faoliyat, har bir ishtirokchining mustaqil fikrlashi, his-tuyg‘usi va ehtiyojini hisobga olgan holda tenglik, hurmat, o‘zaro tushunish va hamkorlikni ta’minlovchi (ishonch, ochiqlik, qo‘llab-quvvatlash, hurmat hamda muvaffaqiyatga erishish hissini namoyon etish) pedagogik-psixologik omillarning mavjudligiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
ta’lim integratsiyalashuvida PIRLS xalqaro baholash dasturidan foydalanishning nazariy asoslari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining individual ehtiyojlari, qabul qilish darajalari, moslashish kabi adaptiv ta’lim traektoriyasini aniqlashga qaratilgan vizual, audioli, kinestatik tamoyillarni belgilash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish qobiliyatlari tabiiy landshaft va geografik joylarni o‘rganishga oid axborotli matnlarni o‘qish, tushunish, tahlil qilish, xulosa chiqarish imkoniyatini yaratuvchi “savodxonlikka kognitiv qarash” strategiyasi asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “matnni o‘qish va tushunish” darajasi axborot matnlarini (xarita, globus, kompas yordamida) o‘rganish jarayonining motivatsion faollashiruvchi mashqlarni bajarishda ilmiy badiiy tajriba orttirish, yangi g‘oyalar yaratish, o‘qishdan badiiy zavq olish mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim integratsiyalashuvida PIRLS xalqaro baholash dasturidan foydalanishning nazariy asoslarini takomillashtirishga oid  ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari savodxonlik darajasi “subekt-subekt” munosabatlaridagi o‘zaro ijobiy ta’sir, motivatsion faoliyat, har bir ishtirokchining mustaqil fikrlashi, his-tuyg‘usi va ehtiyojini hisobga olgan holda tenglik, hurmat, o‘zaro tushunish va hamkorlikni ta’minlovchi (ishonch, ochiqlik, qo‘llab-quvvatlash, hurmat hamda muvaffaqiyatga erishish hissini namoyon etish) pedagogik-psixologik omillarning mavjudligiga ko‘ra aniqlashtirilgan tavsiyalardan Milliy markazning PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash metodikasi mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazining 2022-yil 31-maydagi 01-51-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonlik darajasi oshishiga erishilgan. 
ta’lim integratsiyalashuvida PIRLS xalqaro baholash dasturidan foydalanishning nazariy asoslari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining individual ehtiyojlari, qabul qilish darajalari, moslashish kabi adaptiv ta’lim traektoriyasini aniqlashga qaratilgan vizual, audioli, kinestatik tamoyillarni belgilash asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan “Milliy o‘quv dasturi” asosidagi boshlang‘ich ta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari va o‘quv dasturlari mazmunini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining  2023-yil 12-iyuldagi 04-02/3-636-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qish darslarida o‘quvchilarning savodxonlik darajasini belgilovchi hayotiy kompetensiyalarning shakllanishiga xizmat qilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish qobiliyatlari tabiiy landshaft va geografik joylarni o‘rganishga oid axborotli matnlarni o‘qish, tushunish, tahlil qilish, xulosa chiqarish imkoniyatini yaratuvchi “savodxonlikka kognitiv qarash” strategiyasi asosida takomillashtirishga oid materiallardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Buxoro”, “Diyor” ko‘rsatuvlarining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 28-iyundagi  464 va 465-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuvlar mazmuni mukammalashuvi, amaliy tajribalar asosida dalillarga boy bo‘lishi, ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “matnni o‘qish va tushunish” darajasi axborot matnlarini (xarita, globus, kompas yordamida) o‘rganish jarayonining motivatsion faollashiruvchi mashqlarni bajarishda ilmiy badiiy tajriba orttirish, yangi g‘oyalar yaratish, o‘qishdan badiiy zavq olish mezonlariga ustuvorlik berish asosida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini xalqaro tadqiqot monitoringlariga tayyorlab borish, anketa savodxonligini rivojlantirish uchun viloyat pedagogik mahorat markazlari Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi tinglovchilariga reja asosida qo‘shimcha amaliy mashg‘ulotlar olib borilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining  2023-yil 12-iyuldagi 04-02/3-636-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat pedagogik mahorat markazlari tinglovchilarining Xalqaro baholashga oid nazariy va amaliy bilimlarini kengaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish