Jumanazarov Azizbek Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Taloq jaroxatlarida xirurgik taktikani tanlash», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1751.
Ilmiy rahbar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudzoda Farrux Isroil, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi); Kasimov Adxam Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qorin bo‘shlig‘i shikastlanishlarida taktik va texnik yondashuvlarni takomillashtirish orqali taloqning posttravmatik jarohatlari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
taloq jarohatlarida taloq kapsulasi butunligini tiklash maqsadida sianakrilat elimini mahalliy qo‘llash ishonchli gemostazga erishishni va a’zoni saqlab qolishni ta’minlashi asoslangan;
taloq shikastlanishining hamda bemor gemodinamik holatining og‘irlik darajasiga bog‘liq holda taloq arteriyasini o‘tkir yoki surunkali embolizatsiyasi ko‘rsatmalari takomillashtirilgan;
arterial bosim gradientini, intraabdominal bosim ko‘rsatkichlarini va eng yuqori sistolik qon oqimi tezligining periferik qarshilik indeksiga nisbatini aniqlashga qaratilgan taloqning “ikki bosqichli” yorilishini bashorat qilish usuli ishlab chiqilgan;
taloq jarohatlarini ularning og‘irligiga, gemodinamik ko‘rsatkichlarga qarab operativ davolash hamda gemostaz turini tanlashni optimallashtirish bilan tavsiflanuvchi takomillashtirilgan taktik-yondashuvning klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Taloqning posttravmatik jarohatlari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: taloq jarohatlarida taloq kapsulasi butunligini tiklash maqsadida sianakrilat elimini mahalliy qo‘llash ishonchli gemostazga erishishni va a’zoni saqlab qolishni ta’minlashi asoslanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 avgustda 08-24/358-son bilan tasdiqlangan “Taloq jarohatlarini xirurgik davolash usulini tanlash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam klinik shifoxonasining 2024 yil 4 sentyabrdagi 131AF-son va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasining 2024 yil 10 sentyabrdagi 3287-10-146-TV\2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 08/69-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: taloq jarohatlarini xirurgik davolashda ishlab chiqilgan gemostaz usulidan foydalanish tashrix keyingi asoratlar chastotasini kamaytirishi natijasida reabilitatsiya vaqti tezroq amalga oshib, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: taloq jarohati bilan og‘rigan 1 nafar bemorning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy ashyolar uchun jami 547000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemorni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish 1094000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: taloq jarohati bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=55) 60170000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: taloq shikastlanishining hamda bemor gemodinamik holatining og‘irlik darajasiga bog‘liq holda taloq arteriyasini o‘tkir yoki surunkali embolizatsiyasi ko‘rsatmalari takomillashtirilganligi va Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 avgustda 08-24/358-son bilan tasdiqlangan “Taloq jarohatlarini xirurgik davolash usulini tanlash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam klinik shifoxonasining 2024 yil 4 sentyabrdagi 131AF-son va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasining 2024 yil 10 sentyabrdagi 3287-10-146-TV\2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 08/69-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: taloq jarohatlarida taloq arteriyasining o‘tkir va surunkali embolizatsiyasidan foydalanishning taklif etilgan usullarini qo‘llash asoratlar chastotasini kamaytirishga, bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga va ularni reabilitatsiya qilish vaqtini qisqartirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan usuldan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 547000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 547000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan usul kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartiradi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu usul qo‘llanilgan 16 nafar bemorlarda 1 kun uchun 8752000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi;
uchinchi ilmiy yangilik: arterial bosim gradientini, intraabdominal bosim ko‘rsatkichlarini va eng yuqori sistolik qon oqimi tezligining periferik qarshilik indeksiga nisbatini aniqlashga qaratilgan taloqning “ikki bosqichli” yorilishini bashorat qilish usuli ishlab chiqilgangigi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 avgustda 08-24/358-son bilan tasdiqlangan “Taloq jarohatlarini xirurgik davolash usulini tanlash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam klinik shifoxonasining 2024 yil 4 sentyabrdagi 131AF-son va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasining 2024 yil 10 sentyabrdagi 3287-10-146-TV\2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 08/69-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: taloqning “ikki bosqichli” yorilishini bashorat qilishning ishlab chiqilgan usulini qo‘llash amalga oshiriladigan tashrix xajmi va usulini to‘g‘ri rejalashtirishga, natijada asoratlar sonini kamaytirishga va davolash sifatini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: taloq jarohatlari bilan og‘rigan 1 nafar bemorning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon uchun jami 382000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemorni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish dori-darmon xarajatlari hisobiga 764000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: taloq jarohatlari bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish dori-darmon xarajatlari hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=55) 42020000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: taloq jarohatlarini ularning og‘irligiga, gemodinamik ko‘rsatkichlarga qarab operativ davolash hamda gemostaz turini tanlashni optimallashtirish bilan tavsiflanuvchi takomillashtirilgan taktik-yondashuvning klinik samaradorligi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 avgustda 08-24/358-son bilan tasdiqlangan “Taloq jarohatlarini xirurgik davolash usulini tanlash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam klinik shifoxonasining 2024 yil 4 sentyabrdagi 131AF-son va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasining 2024 yil 10 sentyabrdagi 3287-10-146-TV\2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 08/69-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: taloq jarohatlarini davolash choralarining ishlab chiqilgan optimal algoritmi va takomillashtirilgan yondashuvni qo‘llash tashrixdan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirishga, xayot sifatini oshirishga, shuningdek o‘lim holatlari chastotasini pasaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan algoritm va yondashuvdan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 547000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 547000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan algoritm va yondashuvdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu yondashuvlar qo‘llanilgan 55 nafar bemorlarda 1 kun uchun 30085000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi.