Toshpulatov Doston Tolmas o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “3d metallarning gomoleptik va geteroleptik kompleks birikmalari sintezi va fotokimyoviy tadqiqoti”, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K380.
Ilmiy rahbar: Nasimov Abdullo Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Rafiqov Atham Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Razzoqova Surayyo Razzoqovna, kimyo fanlari falsafa doktori (PhD), dosent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Fe(II), Co(II), Ni(II) ionlarining organik ligandlar ishtirokida hosil qilgan gomoleptik va geteroleptik kompleks birikmalari sintezini amalga oshirish hamda olingan birikmalarning fotokimyoviy xossalarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Fe(II), Co(II), Ni(II) ionlarining organik ligandlar (6,6 – disiano-2,2-bipiridin, 3,8-dibromo-1,10-fenantrolin, 2,2-bixinolin, 3,4,7,8-tetrametil- 1,10-fenantrolin) qo‘shimcha suvli va spirt molekulalari ishtirokida 32 ta yangi gomoleptik va geteroleptik komplekslari sintez qilingan;
Fe(II) ionlarining 2,2-bipiridin, 6,6 – disiano-2,2-bipiridin, 3,4,7,8-tetrametil- 1,10-fenantrolin ishtirokida eritmada hosil qilingan gomoligandli komplekslarning barqarorlik konstanta qiymatlari va ularni ligandlar tabiatiga bog‘liqligi aniqlangan;
kvant-kimyoviy usullarning takomillashtirilgan dasturlaridan foydalanib, sintez qilingan kompleks molekulalarning geometrik va energetik parametrlari, atomlardagi zaryadlarning taqsimoti, reaksion markazlari aniqlangan;
sintez qilingan komplekslarning termik xossalari, termik parchalanish mexanizmmi va ularning miqdoriy, energetik jihatlari hamda DSC natijalaridan foydalanib ayni jarayonlar uchun entalpiya o‘zgarishi aniqlangan; 
sintez qilingan kompleksning elektron o‘tish energiyasini Taus usuli bilan har ikkala (αhν)2 va (αhν)1/2 holatlar uchun hisoblanib, yarimo‘tkazgich tabiati orqali BSQElar sensibilizator uchun mos kelishi asoslangan; 
sintez qilingan tarkibida Fe(II) ionlari gomo- va getroligandli komplekslarning fotosensibilizatorlik xususiyati AM1.5G simulyatoridan foydalanilganda 5,72% - 6,14 % tashkil qilsa, tabiiy quyosh nurlarida esa 11% – 12 % gacha etishi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyosh elementlari uchun noorganik va organik yarimo‘tkazgich birikmalar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra:
“Elektrokimyozavod” qo‘shma korxonasi aksiyadorlik jamiyati qoshidagi “ELKIMYo – AGROHIMOYa” MChJ da amaliyotga joriy etildi (“Elektrokimyozavod” QK AJ ning 2024-yil 6-maydagi №92-sonli ma’lumotnomasi). 2,2-bipiridin va 1,10-fenantrolin hosilalari bilan tarkibidagi Fe2+, Co2+, Ni2+ ionlarini bilan rangli komplekslar hosil qildi, bunda 3d metall ionlarining 0,0025 mol/l gacha past konsentratsiyalarda maqsadli molekulalar mavjudligini aniqlash imkonini bergan. “Elektrokimyozavod” QK AJ ning 2026-2028 yillardagi innovatsion rivojlanitrish dasturiga kiritilgan;
“BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etildi (“BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ ning 2024-yil 5-apreldagi №74/A-sonli ma’lumotnomasi). Fe(II) ionining 3 ta gomoleptik  4 ta geteroleptik; Co(II) ionining 5 ta gomoleptik  8 ta geteroleptik;  Ni(II) ionining 5 ta gomoleptik  7 ta geteroleptik komplekslari bo‘yoq sezgir bo‘lgan quyosh elementlari uchun qo‘llanilganda bo‘yoq moddalar fotosensibilizatorlik hamda yuqori assimilyasiya koeffisientiga ega ekanligi aniqlangan;
Rossiya Fedratsiyasining “FLUID” MChJ da amaliyotga joriy etildi (“FLUID” MChJ ning 2024-yil 3-apreldagi №94-sonli ma’lumotnomasi). 3d-metallarning gomoleptik [Fe(L1)3](PF6)2, [Co(L1)3](PF6)2, [Ni(L1)3](PF6)2, [Cu(L1)2](PF6), [Fe(L4)3](PF6)2, [Co(L4)3](PF6)2, [Ni(L4)3](PF6)2 [Cu(L4)3](PF6); geteroleptik [Co(L1)(L2)2](PF6)2, [Co(L1)2(L2)](PF6)2, [Co(L1)(L4)(phen)](PF6)2, [Ni(L1)(L4)(phen)](PF6)2, [Co(L1)(L4)(byp)](PF6)2, [Ni(L1)(L4)(byp)](PF6)2, [Ni(L1)(L4)2](PF6)2, [Ni(L1)2(L4)](PF6)2, komplekslari bo‘yoq sezgir bo‘lgan quyosh elementlari uchun qo‘llanildi hamda bo‘yoq moddalar fotosensibilizatorlik hamda yuqori assimilyasiya koeffisientiga ega ekanligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish