O‘rinkulov Odiljon Naziralievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korporativ axborot-kutubxona tizimlarida yuridik adabiyotlarni intellektual qidirish modellari, algoritmlari va dasturiy majmuasi”, 05.01.09–“Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4648.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaev Marat Alimovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, professor; Babadjanov Elmurod Satimbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korporativ axborot-kutubxona tizimlarida yuridik adabiyotlarni intellektual qidirish modellari, algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’no jihatdan bir-biriga bog‘langan va tushunchalar haqida batafsil axborot beruvchi yuridik atamalar tezaurusi axborot modeli ishlab chiqilgan. Bu model yuridik atamalar va tushunchalarni aniq ifoda etish, ular o‘rtasida semantik munosabatlarni aniqlash imkonini bergan.
korporativ axborot-kutubxona tizimida adabiyotlarni tizimlashtirish aniqligini oshirishga imkon beruvchi yuridik fanlar tarmog‘i ixtisosliklarini quyi pog‘onalari bo‘yicha tasniflashning kengaytirilgan jadvali ishlab chiqilgan. 
korporativ axborot-kutubxona tizimida yuridik fan tarmog‘iga oid ilmiy va o‘quv adabiyotlarni qidirish tezligi va aniqligini atamalar semantik munosabatlari va so‘rovlar tarixi namunalaridan foydalanish asosida oshirish imkonini beruvchi intellektual qidirish gibrid algoritmi takomillashtirilgan.
ta’lim muassasalarida yuridik adabiyotlarni kataloglashtirish, tasniflash va intellektual qidirish imkonini beruvchi korporativ axborot-kutubxona tizimi  funksional tuzilmasi va dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ishlab chiqilgan yuridik adabiyotlarni intellektual qidirish modellari, algoritmlari va funksional tuzilmasi asosida:
Yuridik adabiyotlarni tizimlashtirish va qidiruv natijalari aniqligini oshirish imkonini beruvchi yuridik ixtisosliklarning quyi pog‘onalari bo‘yicha tasniflash kengaytirilgan jadvali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalarida, xususan, Malaka oshirish instituti va 2-sonli Toshkent akademik liseyida joriy etilgan (Malaka oshirish institutining 2023-yil 20-oktyabrdagi dalolatnnomasi; 2-sonli Toshkent akademik liseyining 2023-yil 16-oktyabrdagi dalolatnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 28-dekabr 38/43-104-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuridik adabiyotlarni tasniflash jarayonlari soddalashtirilgan, aniqlik darajasi oshgan va qidirish tezligi 1,14 barobar oshishiga erishilgan.
Korporativ axborot-kutubxona tizimida yuridik adabiyotlarni intellektual qidirish gibrid algoritmi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti va 2-sonli Toshkent akademik liseyida joriy etilgan (Malaka oshirish institutining 2023-yil 20-oktyabrdagi dalolatnnomasi; 2-sonli Toshkent akademik liseyining 2023-yil 16-oktyabrdagi dalolatnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 28-dekabr 38/43-104-sonli ma’lumotnomasi). Natijada atamalar semantik munosabatlari va so‘rovlar tarixi namunalaridan foydalanish asosida qidiruv so‘roviga “yaqin” mos kelish bahosiga ega qidiruv natijalari soni 1,41 marta hamda “eng yaqin” mos kelish bahosiga ega qidiruv natijalari soni 1,38 marta ko‘payishiga erishilgan.
Korporativ axborot-kutubxona tizimi funksional tuzilmasi va eLawLibrary dasturiy majmuasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti, 2-sonli Toshkent akademik liseyida joriy etilgan (Malaka oshirish institutining 2023-yil 20-oktyabrdagi dalolatnnomasi; 2-sonli Toshkent akademik liseyining 2023-yil 16-oktyabrdagi dalolatnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 28-dekabr 38/43-104-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalari o‘rtasida axborot-resurslarni almashish, yagona yuridik adabiyotlar yig‘ma elektron katalogini yaratish, shuningdek ta’lim oluvchilar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarni axborot-resurs bilan to‘laroq ta’minlash imkoniyatlari paydo bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish