Xayrullaev Alisher Fayzulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarining simsiz sensor tarmoqlari asosida masofadan monitoringi”, 05.04.02–“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T3694.
Ilmiy rahbar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Djabbarov Shuxrat Yuldashevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalari holatini simsiz sensorli tarmoq yordamida masofadan monitoringi usuli, algoritmlari va ishonchlilikni baholashning analitik ifodalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
simsiz sensor tarmoq yordamida past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalardagi joriy kuchlanish, tok kuchi, haroratni masofadan monitoringi asosida normal, qisqa tutashuv, faza va neytral uzilish holatlarini aniqlovchi usul takomillashtirilgan;
past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalardagi kuchlanish, tok kuchini o‘lchaydigan, harorat va namlik sensorlaridan tashkil topgan, GPS orqali nosozlik joyini anilovchi, o‘lchangan ma’lumotlarni simsiz aloqa yordamida uzatish va qabul qilish imkonini beruvchi masofadan monitoring qurilmasining modeli va ishlash algoritmi yaratilgan;
simsiz tarmoq yordamida o‘lchangan kuchlanish, tok kuchi, haroratni kuzatish orqali havo elektr uzatish liniyalardagi nosozliklarni aniqlovchi va samaradorlikni oshiruvchi masofadan monitoring tizimining ishlash algoritmi yaratilgan;
past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalari monitoring tizimi simsiz sensor tarmog‘i ishonchliligining baholash aniqligini oshirish imkonini beruvchi ketma-ket va murakkab ulanish topologiyalari uchun analitik ifodalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalari holatini simsiz sensor tarmoqlari asosida masofadan monitoringini amalga oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalari holatini masofadan monitoring qilish qurilmasining modeli va ishlash algoritmi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali Muborak tumani ETK da joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali Muborak tumani ETKning 05.09.2024-yildagi dalolatnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligining 2024-yil 31-oktyabrdagi 33-8/7374-05/6078-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalari holatini masofadan monitoring qilish qurilmasining fizik modeli va ishlash algoritmi asosida uch fazali past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyasidagi har bir fazaning kuchlanish va tok kuchini o‘lchash xatoligi o‘rtacha 0,5 foizdan oshmagan, chastotani yuqori aniqlikda o‘lchash, GPS moduli o‘rnatilganligi hisobiga nosozlik sodir bo‘lgan hududni masofadan aniqlash imkoniyati paydo bo‘lgan. Har bir fazaning o‘lchangan kuchlanish, tok kuchi, chastota ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar monitoring markaziga hamda nazoratchi mutaxassis mobil qurilmasiga xabar SMS shaklida yuboriladi;
past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalarining takomillashtirilgan masofadan monitoring usuli, masofadan monitoring tizimining ishlash algoritmi va dasturi “UNICON.UZ” MChJ da joriy etilgan (“UNICON.UZ” MChJning 20.09.2024-yildagi
6-12/1867-son dalolatnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligining 2024-yil 31-oktyabrdagi 33-8/7374-05/6078-son ma’lumotnomasi). Takomillashtirilgan masofadan monitoring usuli qo‘llanilishi natijasida, uch fazali past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalaridagi kuchlanish, tok kuchi va chastota qiymatlarining monitoringi orqali real vaqtda liniyaning joriy holatini va nosozliklarni aniqlash imkoniyati yaratilgan. Masofadan monitoring tizimining ishlash algoritmi va dasturi yordamida uch fazali past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyasidagi qisqa tutashuv, faza yoki neytralning uzilishi kabi nosozliklar simsiz tarmoq orqali operativ (tezkor) aniqlashga erishildi. Natijada, hisoblash jarayonlari 1,5-2 barobarga tezlashgan, elektr liniyalarining texnik holatidagi o‘zgarishlarni nazorat qilinishini tezlashtirgan holda monitoring aniqligi 20-30% ga oshirilgan;
simsiz sensor tarmog‘i ishonchliligini baholash analitik ifodalari, takomillashtirilgan masofadan monitoring usuli, masofadan monitoring tizimining ishlash algoritmi va dasturi yodamida olingan natijalar “O‘zbektelekom” AK va “UNICON.UZ” MChJda joriy etilgan (“O‘zbektelekom” AKning 18.10.2024-yildagi 27-02-21/3748-son dalolatnomasi; “UNICON.UZ” MChJning 20.09.2024-yildagi 6-12/1867-son dalolatnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligining 2024-yil 31-oktyabrdagi 33-8/7374-05/6078-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikki turdagi (ketma-ket va murakkab) ulanishlar uchun ishlab chiqilgan ishonchlilikni baholash analitik modellari yordamida tarmoqda nosozliklar paydo bo‘lishidan oldin tuzatuvchi ishonchlilik choralarini qo‘llash orqali rad etish ehtimolini kamaytirishga va tarmoqning rad etmasdan ishlash vaqtini 15-20% gacha oshirishga erishilgan.
Past kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalari holatini masofadan monitoring qilish qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan foydali model uchun patent olingan (FAP 2577, 10.09.2024 yil).