Dolidudko Aleksandr Ivanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilashda kollektordan foydalanish ishonchliligini oshirish usullari (Sirdaryo viloyati misolida)” 06.01.02-“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.PhD/T2577
Ilmiy raxbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Xamraev Shavkat Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich – Toshkent viloyati, Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Informatika o‘qitish asoslari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor (06.01.02). Usmanov Shavkat Abbasovich – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti “Gidrometriya va metrologiya” laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim (06.01.02).
Yetakchi tashkilot – «O‘zGIP» MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryo viloyatining oquvchan gruntlarida ochiq gorizontal zovurdan foydalanish ishonchliligini oshirish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sirdaryo viloyati oquvchan gruntlar sharoitida, kollektor qiyaligining barqarorligi va ochiq gorizontal zovurlardan foydalanish ishonchliligini oshirish usuli kollektor o‘zani deformatsiyasi va loyqa bosishi asosida takomillashtirilgan;
ochiq gorizontal zovurning yopiq kesuvchi zovurlarni hisoblash usuli mukammal bo‘lmagan zovurlar uchun Dyupyui formulasi asosida ishlab chiqilgan;
kesuvchi zovurlarning ishlash ishonchliligi va ochiq gorizontal zovurning umumiy ishlash qobiliyati umumiy va xususiy suv-tuz balansi asosida aniqlangan; 
yarim chegaralangan qatlamdan suv olishning ochiq gorizontal zovur ishonchligiga ta’siri matematik modeli kollektor xizmat qilish maydonida o‘zaro bog‘langan vertikal zovur quduqlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilashda kollektordan foydalanish ishonchliligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
oquvchan gruntlar sharoitida o‘zan deformatsiyasi va loyqa bosishini hisobga olgan holda kollektor qiyaligining barqarorligi va ochiq gorizontal zovurlardan foydalanish ishonchliligini oshirishning takomillashtirilgan usuli Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 31 iyuldagi 02/13-2786-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Sirdaryo viloyatidagi 1500 ga erlarning meliorativ holatini yaxshilashga erishilgan; 
ochiq kollektor ta’sir zonasidagi yarim chegaralangan qatlamdan suv olishning takomillashtirilgan modeli Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 31 iyuldagi 02/13-2786-sonli ma’lumotnomasi). Natijada er osti suvlar sathi 1 m dan 3 m gacha, ya’ni 8-10% ga kamayganligi, quruq qoldiq miqdori 1 ga maydondan 1,45 t ga va xlor miqdori 0,17 t/ga ga kamayganligi aniqlangan; 
sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida ochiq gorizontal zovurning yopiq kesuvchan zovurlarini hisoblash usuli Sirdaryo viloyati Meliorativ ekspedisiyasi faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 31 iyuldagi02/13-2786-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan erlarning zovurlanishi yaxshilanganligi tufayli qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining o‘rtacha 10% ga oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish