Nurxanova Nilufar Odil qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Perimenopauzal davrdagi ayollarda endometriy giperplaziyasini bashoratlash va davolash mezonlarini takomillashtirish” 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib2997.
Ilmiy rahbar: Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar:Karimova Nilufar Nabijanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ivanova Oksana Yur`evna (Rossiya Federatsiyasi), tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endometriy giperplaziyasini erta tashxislashning bashoratlash markyorlarini aniqlash orqali perimenopauza davridagi ayollarni olib borish va davolashning adekvat taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
endometriy giperplaziyasi olib keluvchi xavf omillari (kamqonlik, tomirlarni varikoz kengayishi, semizlik, 2 tip qandli diabet) shakllantirilgan va takroriy endometriy giperplaziyasini bashoratlovchi erta diagnostik markyorlar (CD25+ va CD95+ erta va kechki faollashtirish markyorlari konsentratsiyasining pasayishi, mahalliy darajada yallig‘lanish oldi interleykinlari darajasining ko‘tarilishi bilan birgalikda IL-2 ning pasayishi) aniqlangan;
perimenopauzal davrda endometriy giperplaziyasida IL-1β, IL-2, IL-6, FNO-α interleykinlarining tizimli va mahalliy darajada qiyosiy tahlili o‘tkazilgan, hamda ilk marta endometriy giperplaziyasi va takroriy endometriy giperplaziyasida D vitaminining roli asoslangan;
endometriy giperplaziyasining takroriy rivojlanishida endometriy qalinligi ko‘rsatkichlari va CA-125 onkomarkeri o‘rtasida yuqori to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik, shuningdek, endometriy qalinligi ko‘rsatkichlari va D-25(OH) vitamini o‘rtasida kuchli teskari korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
endometriy giperplaziyasi va takroriy endometriy giperplaziyasining bashoratlash belgilari asosida birinchi marta maqbul klinik tekshiruv va boshqarish taktikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Perimenopauza davridagi ayollarda endometriy giperplaziyasini erta tashxislashda sitokin holati va biokimyoviy markerlarning rolini aniqlash va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: endometriy giperplaziyasi olib keluvchi xavf omillari (kamqonlik, tomirlarni varikoz kengayishi, semizlik, 2 tip qandli diabet) shakllantirilgan va takroriy endometriy giperplaziyasini bashoratlovchi erta diagnostik markyorlar (CD25+ va CD95+ erta va kechki faollashtirish markyorlari konsentratsiyasining pasayishi, mahalliy darajada yallig‘lanish oldi interleykinlari darajasining ko‘tarilishi bilan birgalikda IL-2 ning pasayishi) aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: perimenopauzal davrdagi endometriy giperplaziyasiga olib keluvchi ginekologik, somatik va metabolik omillarning roli yetakchi ekanligini inobatga olgan holda ularning sabab omillarini erta aniqlashga yo‘naltirilgan. Takroriy endometriy giperplaziyasini bashoratlovchi erta diagnostik markerlar asosida endometriy giperplaziyasi residivlarining oldinini olish va differensiyalashgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chikish asosida rak oldi kasalliklarni erta bashoratlashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 9500000 so‘m byudjet mablag‘lari erta diagnostik markyorlarni aniqlash orqali davolash va profilaktika usullarini joriy etish orqali statsionar davolanishiga bo‘lgan ehtiyoj 24%ga kamayishi natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: perimenopauzal davrda endometriy giperplaziyasida IL-1β, IL-2, IL-6, FNO-α interleykinlarining tizimli va mahalliy darajada qiyosiy tahlili o‘tkazilgan, hamda ilk marta endometriy giperplaziyasi va takroriy endometriy giperplaziyasida D vitaminining roli asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: Endometriy giperplaziyasiga chalingan perimenopauzal davrdagi ayollarda sitokinlar statusi tizimli va mahalliy darajada qiyosiy tahlili natijalarini baholash orqali tadqiqotda qo‘llanilgan differensiallashtirilgan davolash usullari yordamida va vitamin D etishmovchiligini bartaraf etgan holda ushbu patologiyaning xafvli asoratlarini 2 baravarga kamaytirish, hamda davolash sifatini oshirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Perimenopauza yoshidagi endometriy giperplaziyasiga chalingan ayollarda immunologik o‘zgarishlarni bashoratlash orqali xavf guruxlari aniqlandi. Ushbu xavf guruxlarda olib borilgan kompleks davolash tadbirlari orqali kelib chikishi mumkin bo‘lgan xavfli asoratlarini oldi olindi, hamda asoratlarni davolashda ketadigan sarf-xarajatlar hisobiga 3850000 so‘m iqtisod qilindi;
uchinchi ilmiy yangilik: endometriy giperplaziyasining takroriy rivojlanishida endometriy qalinligi ko‘rsatkichlari va CA-125 onkomarkeri o‘rtasida yuqori to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik, shuningdek, endometriy qalinligi ko‘rsatkichlari va D-25(OH) vitamini o‘rtasida kuchli teskari korrelyasion bog‘liqlik aniqlandi. Bundan tashqari, yallig‘lanish oldi sitokini FNO-α va SA-125 onkomarkeri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Perimenopauza yoshidagi endometriy giperplaziyasiga chalingan ayollarda bashoratlovchi klinik-laborator, biyokimyoviy, immunologik va gistologik markyorlarning ahamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkoniyatini bergan va erta tashxislash natijasida yomon sifatli o‘smalar kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonadagi davri uchun taklif etilgan tekshirish usullarini qo‘llaganimizdan so‘ng ayollarning shifoxonada qolish muddatini 9 kundan 5 kungacha kunga qisqartirdi, oldingi tekshirish uchun qilingan xarajat 1 bemor uchun 1524000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, biz taklif qilgan usulda xarajatlar 554600 so‘mni tashkil qildi, yil davomida har bir bemor uchun 969400 so‘m foyda bilan chiqdik;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: endometriy giperplaziyasi va takroriy endometriy giperplaziyasining bashoratlash belgilari asosida birinchi marta maqbul klinik tekshiruv va boshqarish taktikasi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: davolash usullarini yanada takomillashtirish orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilash, jiddiy asoratlarining oldini olish, yotoq kunlari davomiyligini qisqartirish va mehnatga layoqatsiz kunlarini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: biz tadbiq qilgan kompleks va differensial davolash usuli orqali shifoxonada bo‘lish davri 9 kundan 5 kunga qisqartirildi va shu hisobiga 680000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 170000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: endometriy giperplaziyasi va qaytalanuvchi endometriy giperplaziyasini erta aniqlash, ushbu patologiya bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni oldini olish va kompleks davolash algoritmini qo‘llash orqali davolash samaradorligiga hamda kasallikni takrorlanish xavfini kamaytirishga erishilgan.
Ilmiy natijalar asosida: "Perimenopauza davridagi ayollarda bachadondan anomal qon ketishini tashxislash usullarini takomillashtirish" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 15-yanvardagi 24-m/004-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma perimenopauza yoshidagi ayollarda endometriy giperplaziyasini o‘z vaqtida aniqlash, ushbu kontingentdagi bemorlarda malignizatsiya va residiv darajasini kamaytirish imkonini bergan. Tadqiqot davomida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 2-tug‘ruq kompleksi va "Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi" davlat muassasasining Buxoro viloyati filiali amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/53 – son xulosasi).
Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi endometriy giperplaziyasi bo‘lgan ayollarni tashxislash va davolash sifatini oshirishga, asoratlar chastotasini, xavfli o‘smalarga o‘tish va o‘lim xavfini kamaytirishga, davolash xarajatlarini kamaytirishga va kech reproduktiv davrda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.