Xudaynazarov Utkir Rabbimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik oyoq-panja sindromi yiringli-nekrotik asoratlarini kompleks davolashni takomillashtirish yo‘llari», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2308.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Sayfulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Sherbekov Ulugbek Axrorovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Matmuradov Quvondiq Jumaniyozovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Slupskdagi Pomeranian universiteti (Pol`sha Respublikasi ).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Diabetik oyoq panja sindromining yiringli-nekrotik asoratlarini tashxislashda qon tomirlar endotelial disfuksiyasining patogenetik jihatlarini o‘rganish hamda optimal xirurgik davolash taktikasini takomillashtirish yo‘li bilan bemorlarning davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“diabetik oyoq panja” sindromi bilan og‘rigan bemorlardagi yiringli-nekrotik asoratlarining rivojlanishida mikrotsirkulyator buzilishning qon tomirlar endoteliy disfunksiyasi bilan oyoq panja sohasi to‘qimalari ishemiyasining patogenetik bog‘liqligi isbotlangan;
“diabetik oyoq panja” sindromining yiringli-nekrotik asoratlarini mahalliy va kompleks davolashga Aserbin malhami va L-arginin preparatini qo‘shib maqbullashtirilishi hisobiga takroriy operatsiya xavfini kamaytiradigan va a’zolarning tayanch vazifasini saqlab qoluvchi operatsiyalarni bajarish imkoniyati asoslangan;
“diabetik oyoq panja” sindromida SVS WIfI tasnifidan foydalanib,  amputatsiyalarning xavfini kamaytiradigan endovaskulyar mininvaziv jarrohlik usullarini qo‘llash va oyoq panjaning anatomik tuzilmalarini saqlab qoluvchi operatsiya usullarini, ya’ni metatarzal suyakning boshchasini atipik qiya yo‘nalishda rezeksiya qilish va oyoq panjaning shikastlangan sohadagi falangalararo pay-sinovial tuzilmalarini maksimal kesib olish orqali takomillashtirilgan; 
patologik jarayonning avj olishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan konservativ va jadallashgan kam invazivli xirurgik davo chora-tadbirlar majmuasi, hamda optimal baholash mezonlari asosida algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Diabetik oyoq-panja sindromi yiringli-nekrotik asoratlarini kompleks davolashni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22.10.2024 y. 07/41-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: “diabetik oyoq panja” sindromi bilan og‘rigan bemorlardagi yiringli-nekrotik asoratlarining rivojlanishida mikrotsirkulyator buzilishning qon tomirlar endoteliy disfunksiyasi bilan oyoq panja sohasi to‘qimalari ishemiyasining patogenetik bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 12.05.2023 y. 54-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 23.10.2023 y. 2809-7-107-TB/2023-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet fonida endotelial disfunksiya “diabetik oyoq panja” sindromi bilan kasallangan bemorlarda oyoqlardagi qon tomirlarning funksional holatini ob’ektiv baholash imkonini bergan, hamda pastki muchalardagi mikrotsirkulyasiyaning buzilishini va ishemiyani keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4576480 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 855300 so‘m sarflanadi. Agarda bemorlarda to‘liq yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1810900 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: QD fonida DOPSning yiringli-nekrotik asoratlari nisbiy salmog‘i yuqori bo‘lib, ular 36,5% ni tashkil etadi. Shundan an’anaviy davolash natijasida bemorlarning 41,7%ida DOPS sababli katta (yuqori) amputatsiyalar bajarilgan. DOPS bilan bemorlarning ananaviy davolash natijalarini o‘rganishda quyidagilar aniqlangan: oyoq to‘qimalarining zararlanish darajasida tomir endoteliysidagi o‘zgarishlarni va pastki muchalardagi amputatsiyalar xavfini etarli baholanmasligi, jarrohlik taktikasini tanlashdagi xatoliklarning mavjudligi, takroriy operatsiyalarning asoslanmaganligi. Shuning uchun DOPSni patogenetik va xirurgik davolash maqbullashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: “diabetik oyoq panja” sindromining yiringli-nekrotik asoratlarini mahalliy va kompleks davolashga Aserbin malhami va L- arginin preparatini qo‘shib maqbullashtirilishi hisobiga takroriy operatsiya xavfini kamaytiradigan va a’zolarning tayanch vazifasini saqlab qoluvchi operatsiyalarni bajarish imkoniyati asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 12.05.2023 y. 54-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 23.10.2023 y.2809-7-107-TB/2023- son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amaliyotga endotelial disfunksiya markyorlari (NO, endotelien – 1, VEGF) ni kiritish “diabetik oyoq panja” sindromidagi yiringli nekrotik asoratlarni davolash va profilaktikasini ta’minlashda diagnostik ahamiyatga egaligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “diabetik oyoq panja” sindromining yiringli-nekrotik asoratlarini mahalliy va kompleks davolashga Aserbin malhami va L-arginin preparatini qo‘shib maqbullashtirilishi hisobiga umumiy o‘rtacha 1280600 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3821500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Angiogen omillar qon-tomirlar tarkibiy tuzilmalarida distrofik o‘zgarishlar rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Shuning uchun DOPS kuzatilgan bemorlarda qondagi endoteliy o‘sish omilini aniqlash va ED korreksiya qilish natijasida DOPSni patogenetik davolash va profilaktika qilish doirasini kengaytirgan. Xirurgik davolashning istiqbolini aniq belgilashga ko‘malashdi.
uchinchi ilmiy yangilik: “diabetik oyoq panja” sindromida SVS WIfI tasnifidan foydalanib, amputatsiyalarning xavfini kamaytiradigan endovaskulyar mininvaziv jarroxlik usullarini qo‘llash va oyoq panjaning anatomik tuzilmalarini saqlab qoluvchi operatsiya usullarini, ya’ni metatarzal suyakning boshchasini atipik qiya yo‘nalishda rezeksiya qilish va oyoq panjaning shikastlangan sohadagi falangalararo pay-sinovial tuzilmalarini maksimal kesib olish orqali takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 12.05.2023 y. 54-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 23.10.2023 y. 2809-7-107-TV/2023-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SVS WIfI tasnifi bo‘yicha olingan ma’lumotlarini hisobga olgan holda, takroriy jarrohlik aralashuvi xavfini va katta (yuqori) amputatsiyalarni amalga oshirish zaruriyatini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: takroriy jarrohlik aralashuvi xavfini va katta (yuqori) amputatsiyalarni amalga oshirish usulini tanlash algoritmi bilan odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: «Diabetik oyoq panja” sindromida SVS WIfI tasnifidan foydalanib, amputatsiyalarning xavfini kamaytiradigan endovaskulyar mininvaziv jarroxlik usullarini qo‘llash va oyoq panjaning tayanch funksiyasini saqlab qoluvchi operatsiya usullarini maqbullashtirish orqali, takroriy jarrohlik aralashuvini 31,94% dan 9,02% gacha (r<0,05)  va katta (yuqori) amputatsiyalarni 41,7%dan 11,5%gacha (r<0,05) kamaytirish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: patologik jarayonning avj olishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan konservativ va jadallashgan kam invazivli xirurgik davo chora-tadbirlar majmuasi, hamda optimal baholash mezonlari asosida algoritm ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 12.05.2023 y. 54-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 23.10.2023 y. 2809-7-107-TV/2023-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: “diabetik oyoq panja” sindromi va oyoqlarning diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi asoratlar va nogironlik chastotasini kamaytirishga asoslangan jaroxlik davolash usullari tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: “diabetik oyoq panja” sindromi va oyoqlarning diabetik gangrenasi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalariga ko‘ra qo‘shma gernioalloplastika va dermatolipektomiyaning zarurati bilan bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 6893350 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 6648800 so‘mni (2 nafar bemorga) tashkil etadi. Xulosa: DOPS bilan og‘rigan bemorlarda pastki muchalarning og‘ir darajali (kritik) ishemiyasi kuzatilganda dastlabki kunlarda endovaskulyar mininvaziv usullarni qo‘llab, revaskulirizatsiya qilish orqali davolash natijalarini yaxshilashga yordam bergan. Shu bilan birga, bemorlarning shifoxonadagi o‘rin-joy kunlarining muddatini 24,4 ± 4,5 dan 16,4 ± 3,1 kungacha, o‘lim ko‘rsatkichini 12,5% dan 1,6% gacha kamayishiga olib keldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish