Tosheva Maftuna Anvar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axloqqa qarshi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi va 12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar) ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD /Yu889
Ilmiy rahbar: Abzalova Xurshida Mirziyatovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Davletmurodov Sultonmurod Rustemovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi axloqqa qarshi jinoyatlarning ilmiy, nazariy va amaliy jihatlarini har tomonlama o‘rganish, shuningdek, aniqlangan muammolarning huquqiy echimlarini topish maqsadida ilmiy xulosalar ishlab chiqish, axloqqa qarshi jinoyatlarga qarshi kurashning jinoyat-huquqiy va kriminologik choralarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni shakllantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish harakatlarini ilgari Jinoyat kodeksining nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish kabi jinoyatlarni sodir etgan va “sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan” shaxs tomonidan sodir etilishiga doir tushunchani kiritish lozimligi asoslantirilgan;
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatni bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi og‘irlashtiruvchi holat ekanligi hamda JK ning 128-moddasi 3-qismi  “v” bandini “bir guruh shaxslar tomonidan” degan birikmani kiritilishi lozimligi asoslantirilgan; 
o‘n olti yoshga to‘lmagan yaqin qarindoshiga nisbatan bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatning og‘irlashtiruvchi holat ekanligi hamda mazkur harakatni JK ning 128-moddasi 3-qismi “g” bandiga kiritish kerakligi asoslantirilgan;
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy aloqa yoki uyasiz-buzuq harakatlar sodir etganlik, voyaga etmaganlar ishtirokida pornografik mahsulot tayyorlash yoki tarqatish, shuningdek qo‘shmachilik yoki fohishaxona tashkil etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning ta’lim, tarbiya va bolalar bilan bevosita ishlashni talab qiluvchi faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlanishi lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish harakatlarini ilgari Jinoyat kodeksining nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish kabi jinoyatlarni sodir etgan va “sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan” shaxs tomonidan sodir etilishiga doir tushunchani kiritish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi loyihasining 128-moddasi 3-qismi “b” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 22-avgustdagi 27/2-205-24-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi sudlanganlik tugallanmagan va olib tashlanmaganlik davrida jinoyatchi shaxsning ijtimoiy xavfliligini saqlab qolishini inobatga olib, takroriy jinoyat sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan bunday shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishga xizmat qiladi;
bir guruh shaxslar tomonidan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatni sodir etilishi og‘irlashtiruvchi holat ekanligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi loyihasining 128-moddasi 3-qismi “v” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 22-avgustdagi 27/2-205-24-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bir guruh shaxslar tomonidan voyaga etmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarni og‘irroq baholash va adolatli jazolashga xizmat qiladi; 
o‘n olti yoshga to‘lmagan yaqin qarindoshiga nisbatan bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatning og‘irlashtiruvchi holat ekanligi hamda mazkur harakatni JKning 128-moddasi 3-qismi “g” bandiga kiritish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi loyihasining 128-moddasi 3-qismi “g” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 22-avgustdagi 27/2-205-24-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif jabrlanuvchilarni himoya qilishni kuchaytirish va jinoyatchilarga nisbatan adolatli javobgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi;
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy aloqa yoki uyasiz-buzuq harakatlar sodir etganlik, voyaga etmaganlar ishtirokida pornografik mahsulot tayyorlash yoki tarqatish, shuningdek qo‘shmachilik yoki fohishaxona tashkil etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning ta’lim, tarbiya va bolalar bilan bevosita ishlashni talab qiluvchi faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlanishiga oid takliflar 2008-yil 7-yanvardagi O‘RQ 139-son “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” Qonunning 10-moddasi oltinchi va ettinchi qismlar bilan to‘ldirilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 8-oktyabrdagi №02/q-08-57-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif voyaga etmagan shaxslarning huquq va xavfsizligini ta’minlashga, ularni axloqiy va jinsiy tahdidlardan himoya qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, bolalar bilan ishlashda yuqori darajada mas’uliyat va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish