Sayt test rejimida ishlamoqda

Yarmuxamedova Irodaxon Nosir qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiya geosiyosatida Markaziy Osiyoning o‘ziga xos jihatlari va istiqbollari” mavzusidagi 23.00.04 - “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ss471
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich. siyosiy fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: 
Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li, siyosiy fanlari doktori, professor.
G‘oziev Ravshan Rustamovich, siyosiy fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiyaning zamonaviy geosiyosatida Markaziy Osiyo omili va istiqbollarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Turkiyaning zamonaviy geosiyosatida Markaziy Osiyo mintaqasi strategik o‘rin tutayotganligi, keng qamrovli va ko‘p qirrali siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar aloqalar dinamikasi rivojanaib, umumiy tarixiy ildizlar, mushtarak til, yagona din, madaniyat, o‘xshash qadriyat va an'analar Turkiyaning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy yondashuvlariga asos bo‘lib xizmat qilayotganligi “Turkiy birdamlik”  konsepsiyasiga ko‘ra asoslab berilgan. 
Xalqaro munosabatlar tizimidagi geosiyosiy qarashlaridan kelib chiqib, Turkiya Turkiy dalatlar tashkilotini iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan to‘laqonli mintaqaviy hamkorlik mexanizmidan yangi dunyo tartibotida ishtirok etuvchi maqomidagi platformaga aylantirishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli strategik vazifalarni ishlab chiqayotganligi “Turkiy nigoh–2040”  konseptual dasturi asosida isbotlangan.  
Turkiy davlatlar o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning ko‘lami kengayib, davlatlararo munosabatlar o‘zaro ishonch va xurmat tamoyillari asosida rivojlanib borayotganligidan kelib chiqqan holda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi integratsiyani bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida “Turkiy davlatlar Bojxona Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma” loyihasini ishlab chiqish taklifi dalillangan. 
Markaziy Osiyo va Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish, “Turkiy dunyo” xalqlari o‘rtasida xalq diplomtiyasini mustahkamlash, O‘zbekiston tashqi siyosatida Turkiya bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan ustuvor maqsadlardan kelib chiqib, o‘zaro bog‘liqlik jarayoniga turtki beruvchi “Markaziy Osiyo + Turkiya”  formatini tashkil etish zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Markaziy Osiyo va Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish, “Turkiy dunyo” xalqlari o‘rtasida xalq diplomtiyasini mustahkamlash, O‘zbekiston tashqi siyosatida Turkiya bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan ustuvor maqsadlardan kelib chiqib, o‘zaro bog‘liqlik jarayoniga turtki beruvchi “Markaziy Osiyo + Turkiya”  formatini tashkil etish zarurati yuzasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining 2024 yil 1 maydagi № 16-03/ 14034- son ma'lumotnomasi). Natijada dissertasiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
Turkiyaning zamonaviy geosiyosatida Markaziy Osiyo mintaqasi strategik o‘rin tutayotganligi, keng qamrovli va ko‘p qirrali siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar aloqalar dinamikasi rivojanaib, umumiy tarixiy ildizlar, mushtarak til, yagona din, madaniyat, o‘xshash qadriyat va an’analar Turkiyaning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy yondashuvlariga asos bo‘lib xizmat qilayotganligi “Turkiy birdamlik”  konsepsiyasiga asoslanganligi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan axborot-tahliliy hujjatni tayyorlashda foydalanilgan. (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024 yil 8 apreldagi 14-07-609-son ma'lumotnomasi). Dissertasiyaning natijalari asosida bildirilgan xulosalar O‘zbekistonda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan taklif va tavsilarni ishlab chiqishga yordam bergan.
Turkiy davlatlar o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning ko‘lami kengayib, davlatlararo munosabatlar o‘zaro ishonch va xurmat tamoyillari asosida rivojlanib borayotganligidan kelib chiqqan holda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi integratsiyani bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida “Turkiy davlatlar Bojxona Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma” loyihasi xususidagi muhim tahliliy xulosa va takliflardan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan axborot-tahliliy hujjatni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2024 yil 27 martdagi 01-27-183-son dalolatnomasi). Keltirilgan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘ziga xos manbaa vazifasini bajarishga xizmat qilgan.
Xalqaro munosabatlar tizimidagi geosiyosiy qarashlaridan kelib chiqib, Turkiya Turkiy dalatlar tashkilotini iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan to‘laqonli mintaqaviy hamkorlik mexanizmidan yangi dunyo tartibotida ishtirok etuvchi maqomidagi platformaga aylantirishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli strategik vazifalarni ishlab chiqayotganligi “Turkiy nigoh–2040”  konseptual dasturiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari “O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan hamkorligi masalalari” mavzusidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvini  tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2023 yil 19 noyabrdagi 02-40-2398-son ma'lumotnomasi). Natijada bu ko‘rsatuv  Markaziy Osiyo davlatlari va Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, fan-ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash ahamiyatini keng jamoatchilik va  aholiga ilmiy tarzda etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish