Sobirov Javoxirxon Alloyorxonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston tashqi siyosatida Turkiy davlatlar tashkiloti va uning istiqbollari” mavzusidagi 23.00.04 - “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ss496
Ilmiy rahbar: Tursunmuratov Turdimurod Maxamatqulovich. siyosiy fanlar doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: 
Adilxodjaeva Surayyo Mahkamovna, yuridik fanlari doktori, professor.
Jalilov Aktam Tashnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyatini va rivojlanish tendensiyalari, O‘zbekistonning tashqi siyosatida mazkur tashkilotning ahamiyati hamda istiqbollari nimalarda namoyon bo‘lishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dunyoda yuz berayotgan keskin geosiyosiy transformatsiyalar sharoitida Turkiy davlatlar tashkiloti xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy rivojlanish hamda madaniy integratsiyani ta’minlashda Markaziy Osiyodagi boshqa mintaqaviy platforma va tashabbuslarni to‘ldirib, mintaqalararo aloqalarni mustahkamlashda samarali hamkorlik maydoni bo‘la oladigan strategik tuzilmaga aylanishi asoslab berilgan;
Markaziy Osiyoda tashqi kuch markazlarining qarama-qarshi manfaatlarini strategik muvozanatlashtirish va umumiy manfaatlar doirasida mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlarni yaratishda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zolikni “mintaqaviy yopiqlik” konsepsiyasi asosida amalga oshirilishi zarur ekani isbotlangan;
Turkiy davlatlar tashkilotining 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlariga mos ravishda Turkiy davlatlarining milliy manfaatlaridan kelib chiqib, iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolar, suv resurslarini boshqarish kabilarni hal etish va tabiiy ofatlarda o‘zaro ko‘mak berish maqsadida, Toshkentda “Turkiy davlatlar ekofondi”ni tashkil etilishi muhimligi dalillangan;
Turkiy mamlakatlarning tarixiy, milliy va ma’naviy birligini asrash, uyg‘unligini ta’minlash, mintaqa yoshlarining ongida turkiy o‘ziga xoslikni saqlash va ma’naviy muhitni turkiy qadriyatlar asosida rivojlantirishga qaratilgan maqsadlarni amalga oshiruvchi “Turkiy davlatlar ma’naviyat va ma’rifat kengashi”ni ta’sis etish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston tashqi siyosatida Turkiy davlatlar tashkiloti va uning istiqbollarini yoritish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Turkiy mamlakatlarning tarixiy, milliy va ma’naviy birligini asrash, uyg‘unligini ta’minlash, mintaqa yoshlarining ongida turkiy o‘ziga xoslikni saqlash va ma’naviy muhitni turkiy qadriyatlar asosida rivojlantirishga qaratilgan maqsadlarni amalga oshiruvchi “Turkiy davlatlar ma’naviyat va ma’rifat kengashi”ni ta’sis etish taklifi asoslangan. Tadqiqotda keltirilgan mazkur ilmiy yangiliklar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi yillik ish rejasining bir qator bandlarini ishlab chiqish, shuningdek, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etishda nazariy metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Dissertatsiyada keltirib o‘tilgan ilmiy yangiliklar va taklif-tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yo‘lga qo‘yishda qo‘l kelgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 19-dekabrdagi  № 02-22/1443-son dalolatnomasi).
Dunyoda yuz berayotgan keskin geosiyosiy transformatsiyalar sharoitida Turkiy davlatlar tashkiloti xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy rivojlanish hamda madaniy integratsiyani ta’minlashda Markaziy Osiyodagi boshqa mintaqaviy platforma va tashabbuslarni to‘ldirib, mintaqalararo aloqalarni mustahkamlashda samarali hamkorlik maydoni bo‘la oladigan strategik tuzilmaga aylanishi asoslab berilgan hamda Turkiy davlatlar tashkilotining 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlariga mos ravishda Turkiy davlatlarining milliy manfaatlaridan kelib chiqib, iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolar, suv resurslarini boshqarish kabilarni hal etish va tabiiy ofatlarda o‘zaro ko‘mak berish maqsadida, Toshkentda “Turkiy davlatlar ekofondi”ni tashkil etilishi muhimligi dalillangan. Tadqiqotda mamlakatimizning yaqin qo‘shnilari, qardosh Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda tashkilotning ahamiyati yoritib berilgani bo‘yicha nazariy xulosa va ilmiy natijalaridan 2023-yil 25-26-noyabr kunlari Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Musulmonlar diniy idoralari rahbarlarining IV yig‘ilishi va uning doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi, konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi loyihasini ishlab chiqishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 25-dekabrdagi 02-02/767-son dalolatnomasi).
Dunyoda yuz berayotgan keskin geosiyosiy transformatsiyalar sharoitida Turkiy davlatlar tashkiloti xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy rivojlanish hamda madaniy integratsiyani ta’minlashda Markaziy Osiyodagi boshqa mintaqaviy platforma va tashabbuslarni to‘ldirib, mintaqalararo aloqalarni mustahkamlashda samarali hamkorlik maydoni bo‘la oladigan strategik tuzilmaga aylanishi hamda Markaziy Osiyoda tashqi kuch markazlarining qarama-qarshi manfaatlarini strategik muvozanatlashtirish va umumiy manfaatlar doirasida mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlarni yaratishda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zolikni “mintaqaviy yopiqlik” konsepsiyasi asosida amalga oshirilishi zarur ekani isbotlangan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tadqiqotda keltirilgan ilmiy yangiliklar va tavsiyalaridan kelgusida diniy-ma’rifiy ta’lim muassasalari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkinligini ma’lum qilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 20-iyundagi 02-03/1506-son dalolatnomasi).
Markaziy Osiyoda tashqi kuch markazlarining qarama-qarshi manfaatlarini strategik muvozanatlashtirish va umumiy manfaatlar doirasida mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlarni yaratishda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zolikni “mintaqaviy yopiqlik” konsepsiyasi asosida amalga oshirilishi zarur ekani isbotlangani bo‘yicha keltirilgan nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalaridan diniy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlarining xalqaro hamkorligini rivojlantirish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalaniladi. Turkiy tilli davlatlar bilan aloqalarni Markaziy Osiyo mintaqasi doirasida rivojlantirish, mintaqa davlatlarining o‘zaro hamkorlik munosabatlarini shakllantirish Tashkilot faoliyatining asosi va barqaror istiqboli bo‘lishi mumkin. Mintaqa davlatlarining tashkilot doirasida ishtirok etishi mintaqaviy integratsion jarayonlarni to‘ldirishi va bu jarayonni yanada faollashtirishga xizmat qiladi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 24-iyundagi 06-07/148-son dalolatnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish