Rasulova Shaxnoza Mustafakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xislat va uning adabiy merosi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil3026.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor, Islomova Soxibaxon Ismoiljonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Yetakchi tashkilot: O‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Haybatullohxo‘ja Xislat hayoti va ijodiy merosiga oid manbalarni to‘plash, bayozlarining tuzilishidagi o‘ziga xosliklarni aniqlash, asarlarining matn tarixi va tahririni matnshunoslik ilmining nazariy asoslariga tayangan holda ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sayid Haybatullohxo‘ja Xislat hayoti va adabiy merosiga oid qo‘lyozma va toshbosma manbalar, o‘sha davr matbuoti materiallari, shoirning o‘z qo‘li bilan yozgan tarjimayi holi, shajarasiga doir hujjatlar hamda “Toshkent shoirlarining tarjimayi hollari” va “Tazkirayi Qayyumiy” tazkiralaridagi ma’lumotlar qiyosiy tekshirilib, ijodkorning ilmiy biografiyasi yaratilgan;
shoir tomonidan nashr ettirilgan “Armug‘oni Xislat”, “Savg‘oti Xislat”, “Tuhfayi Xislat”, “Hadyayi Xislat” bayozlarining monografik tavsifi amalga oshirilib, tuzilish tamoyillari hamda mazkur bayozlar shoir hayoti va ijodi haqida qimmatli ma’lumot beruvchi adabiy manbalardan ekani aniqlangan;
ijodkor asarlarining, xususan, shoir qalamiga mansub “Qissayi kurash az Xislat” masnaviysining matn tarixi tekshirilib, qo‘lyozma, toshbosma bayozlar va nashr variantidagi matniy tafovutlar sabablari aniqlangan hamda asliyatga muvofiq ishonchli matnlari tiklangan;
Xislatning bizga ma’lum adabiy merosining ko‘lami 2000 misra ekanligi manbalar asosida isbotlangan, she’rlariga muallif kiritgan tahrirlarning sabablari izohlangan hamda ilm ahliga ma’lum bo‘lmagan 200 misraga yaqin nazmiy asarlari aniqlanib, ilmiy istifodaga olib kirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sayid Haybatullohxo‘ja Xislat adabiy merosining manbalari va matniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sayid Haybatullohxo‘ja Xislat asarlari kiritilgan manbalar hamda shoir tomonidan nashr ettirilgan “Armug‘oni Xislat”, “Savg‘oti Xislat”, “Tuhfayi Xislat”, “Hadyayi Xislat” bayozlarining tuzilish tamoyillari hamda mazkur bayozlar shoir hayoti va ijodi haqida qimmatli ma’lumot beruvchi adabiy manbalardan ekaniga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023- yillarda bajarilgan “IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish” (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ¬¬2024-yil 31-oktyabrdagi 04/1-3106-son ma’lumotnomasi). Natijada “Armug‘oni Xislat”, “Savg‘oti Xislat”, “Tuhfayi Xislat” hamda “Hadyayi Xislat” bayozlarining monografik tavsifi, ularning o‘ziga xos tuzilishi, janrlar tasnifi hamda shoir biografiyasini tiklashda muhim manbalardan ekanligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
ijodkor asarlarining, xususan, shoir qalamiga mansub “Qissayi kurash az Xislat” masnaviysining matn tarixi, qo‘lyozma, toshbosma bayozlar va nashr variantidagi matniy tafovutlar sabablari hamda asliyatga muvofiq ishonchli matnlarni tiklash haqidagi ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023- yillarda bajarilgan “IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish” (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ¬¬2024-yil 31-oktyabrdagi 04/1-3106-son ma’lumotnomasi). Natijada Xislat asarlarining asliyat hamda nashr variantidagi tafovutlarning sabablari hamda shoir she’rlarining birlamchi manbalarga muvofiq matnlarini tiklash bilan bog‘liq ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarining davr nuqtayi nazaridan xilma-xilligini ta’minlagan;
Sayid Haybatullohxo‘ja Xislat hayoti va ijodining birlamchi manbalari asosida uning ilmiy biografiyasi va oilaviy muhiti haqidagi mavjud qarashlar yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgani hamda shoirning shajarasiga oid qo‘lyozmalar tahliliga oid xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ¬¬2024-yil 31-oktyabrdagi 04/1-3107-son ma’lumotnomasi). Natijada Xislat ilmiy biografiyasiga oid yangi ma’lumotlar tahlili, XX asr adabiy hayoti, ijtimoiy voqelikning badiiy adabiyotdagi ifodasi hamda shoirlarning o‘zaro ijodiy muloqotlari bilan bog‘liq ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
Xislatning bizga ma’lum adabiy merosining ko‘lami 2000 misra ekanining manbalar asosida isbotlangani, she’rlariga muallif kiritgan tahrirlarning sabablari izohlangani hamda ilm ahliga ma’lum bo‘lmagan 200 misraga yaqin nazmiy asarlari aniqlanib, ilmiy istifodaga olib kirilganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ¬¬2024-yil 31-oktyabrdagi 04/1-3107-son ma’lumotnomasi). Natijada ijodkor nazmiy asarlarining monografik tavsifi, qo‘lyozma va toshbosma manbalardagi she’riy matnlarning qiyosiy-matniy tadqiqi, muallif tomonidan amalga oshirilgan tahrirlar, matn tarixiga doir ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarining ilmiyligini oshirgan.