Sayt test rejimida ishlamoqda

Radjabova Hafiza Shukrulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida  xavfsiz turizm terminlarining struktur-semantik va tarixiy-etimologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4462
Ilmiy rahbar: Baxronova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash). 
    Rasmiy opponentlar: Sharipova Aziza Abdumanapovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xolboboeva Aziza  Sherboboevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek va ingliz tillarida xavfsiz turizmni ta’minlash sohasi terminlarining semantik-struktur va tarixiy-etimologik jihatdan ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi xavfsiz turizmni ta’minlash sohasi terminlarining matnlardagi tarjimalari besh asosiy semantik guruhga ajratilishi ilmiy asosda aniqlanib, soha terminlarning ko‘p ma’noli jihatlari tarjima jarayonida ularning to‘g‘ri qo‘llanilishi bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
xavfsiz turizmni ta’minlash sohasi terminologiyasining tub, qo‘shma, qisqartma, ikki, uch va to‘rt komponentli shakllardan tashkil topganligi dalillangan, struktur xususiyatlari batafsil ochib berilgan va affiksal modellari aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi soha terminlarining sinonimik, polisemik va omonimik hodisalari o‘rganilgan hamda ushbu hodisalarning soha terminologiyasida ham qo‘llanilishi misollar orqali dalillangan;
xavfsiz turizmni ta’minlash sohasi terminologiyasining ichki va tashqi manbalar hisobidan boyish yo‘llari dalillangan, o‘z va o‘zlashmalarning soha leksikasidagi miqdoriy ko‘rsatkichlari statistik tavsiflangan va terminologiyaga qo‘shilgan yangi elementlar dalillangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek va ingliz tillaridagi xavfsiz turizmni ta’minlash sohasi terminologiyasining chog‘ishtirma tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
 soha faoliyatiga oid emblemaning tavsifi, shartnoma asosida qabul qilinuvchi jamoatchi yordamchilarning beydjiklarida qo‘llaniladigan so‘z va so‘z birikmalari, Call-markaz murojaatchilariga eshittiriladigan jumlalar tarjimalaridan iborat takliflar xavfsiz turizmni ta’minlash sohasiga doir normativ hujjat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 7-dekabrdagi “Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 535-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan. Jumladan, buyruqning 2-ilovasi, 13-bandi, 7-xatboshisida, “Xavfsiz turizmni ta’minlash sohasiga fuqarolarni shartnoma asosida jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda soha bo‘linmalarining emblemasi tavsifi bo‘yicha 8-ilovasida inobatga olingan (Ichki ishlar vazirligi Yuridik boshqarmasining 2024–yil 30-avgustdagi 33/1581-sonli dalolatnoma). Natijada, berilgan terminlarning tarjimalari soha Call-markazida faoliyat yuritayotgan xodimlarning xizmat jarayonida keng qo‘llanilishiga erishilgan;
o‘zbek va ingliz tillarining terminologik qatlami, uning lug‘at tarkibi, terminlarning struktur, etimologik, semantik xususiyatlari bo‘yicha xulosalari asosida Xavfsiz turizmni ta’minlash sohasi xodimlari uchun 3000 (uch ming) so‘z va iboralardan iborat “O‘zbekcha – inglizcha – ruscha xavfsiz turizmga oid atamalar lug‘at”i nashr etilgan (Toshkent shahar IIBBning 2024-yil 30-avgustdagi 27/18-255-son ma’lumotnoma). Natijada, soha xodimlari tomonidan xorijiy mehmonlar bilan muloqot jarayonlari va boshqa xizmat faoliyatlari davomida keng foydalanishga xizmat qilgan;
ichki turizm, dam olishning faol turlari, ziyorat turizmi, madaniy meros obektlari va ularning ta’rifiga doir so‘z va so‘z birikmalariga oid ilmiy-nazariy xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo bo‘ylab” telekanalida efirga uzatilgan turizm bilan bog‘liq turkum ko‘rsatuvlar, jumladan, “Vsyo  o turizme” (Turizm a Uzbekistane: vchera i segodnya) hamda “Turisticheskiy potensial Uzbekistana” nomli dasturlarida foydalanilgan (“Dunyo bo‘ylab” telekanalining 2023-yil 10-oktyabrdagi 03-14-141-sonli ma’lumotnoma). Natijada, taklif etilgan terminlar teleko‘rsatuvlarning xalqchilligi va qiziqarliligini oshirishda va xorijiy tillardan o‘zlashtirilgan turizm terminlarining to‘g‘ri qo‘llanilishiga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida xavfsiz turizmni ta’minlash sohasi terminlarining leksik-semantik va struktur xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi ta’lim kursantlarining “Ingliz tili” (2024-yil 19-martdagi 54-son buyruq, №158-ro‘yxatga olish raqami) darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 2024-yil 12-iyuldagi 38/42-62-son dalolatnoma). Natijada, “Tourist police – entrusted unit to assist the foreigner” va boshqa leksik mavzularni yoritish hamda turizm sohasiga oid terminlarning yuridik terminlar bilan hamohang qo‘llanilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish