Qo‘ziboeva Lolaxon Saidrasul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri o‘zbek dramalarida inson va borliq muammosi talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2474
Ilmiy rahbar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori, professor; filologiya fanlari nomzodi, dotsent Burxonova Feruza Abdurazzoqovna.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
mustaqillik davri o‘zbek dramalarida inson va borliq muammosining badiiy talqin etilish usullari, poetik talqinlarning milliyligi, ayni asarlarda davr, jamiyat va muallif konsepsiyasining o‘ziga xosligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davri o‘zbek dramaturgiyasi o‘ziga xos ijodiy-estetik jarayon ekani, makon va zamon xususiyatlaridagi o‘zgarish hamda yangilanishlarning umumnazariy muammolarini, xarakterlar dramatizmi orqali inson va borliq muammolarini ijtimoiy-adabiy hamda milliy va umumbashariy qadriyatlarning o‘zaro uygʻunlikda aks etishi, ideal tarixiy shaxs va zamondosh inson qiyofasining tasvirlanishi kabi estetik omillar aniqlangan;
mustaqillik dramaturgiyasida milliy istiqlol davrining yetakchi tamoyillaridan tarixiylik, qahramonlar tabiatida zohir bo‘lgan xislat-fazilatlar adib estetik ideali tajassumi sifatida yoritilgan, mavzu jihatdan tasnif qilingan, ideal tarixiy inson obrazini yaratish tamoyillari ustuvorligi, ijtimoiy-maishiy hayot muammolarining yangicha talqinlari ochib berilgan;
inson va borliq muammolarini poetik ifoda etgan Qutlibeka Rahimboeva, Muhammad Rahmon, Nafas Shodmonov, Qo‘chqor Norqobil dramatik asarlari tahlili asosida istiqlol davri dramaturgiyasining mavzu jihatidan o‘sishi uning taraqqiyot yoʻnalishlarini belgilab bergani, ijtimoiy-ma’rifiy, adabiy-estetik omillarga asoslangani dalillangan;
asar mansub bo‘lgan janrga xos kompozision tip xususiyatlari dramatik asar syujeti misolida ochib berilgan, dramatik asar syujeti va kompozisiyasiga xos nazariy qonuniyatlar, ularning davrga monand o‘zgarib borishi kabi masalalar ilmiy asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik davri o‘zbek dramaturgiyasida inson va borliq muammosi talqinlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mustaqillik davri o‘zbek dramaturgiyasida yozuvchi ijodining yetakchi xususiyatlari, dramatik asarlarda ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-falsafiy muammolarning aks etish qonuniyatlari, realistik tasvir tamoyillari, badiiy-estetik o‘ziga xosligi, qahramonlar portretini yaratishda, ota obrazining dramatik talqini Usmon Azimning “Bir qadam yoʻl”, Yujin Oʼnil “Qayragʻoch soyasida” dramalarida “ota” obrazi xarakteriga doir iboralar, qahramonlarni xarakterini yoritishdagi birikmalarning badiiy asardagi xususiyatlari aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 13-iyundagi 04/1-1575-son ma’lumotnomasi). Natijada, sharq adabiyotiga xos ijtimoiy-falsafiy, diniy-ma’rifiy mavzularning mustaqillik davri o‘zbek dramaturgiyasida tasvirlanishi, inson va borliq muammosini yoritishda ilmiy-nazariy boyishiga asos bo‘lgan;
“Inson va borliq” obrazining adabiyot tarixidagi poetik tadriji, bugungi kunda drama qahramonlarining ma’naviy-axloqiy dunyosi o‘rganilib, ularni aks ettirishdagi badiiy-estetik izlanishlar yoritildi; mustaqillik davri dramaturgiyasida ziddiyatning tuygʻular kolliziyasi, fikr-kechinmadagi botiniy ko‘rinishlari, o‘ziga xos belgilari aniqlanganligi yuzasidan xulosalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2021-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, feʼl-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lugʻatini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 13-iyundagi 04/1-1576-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha mazmuni o‘zbek dramaturgiyasida inson obrazini o‘rganishda va tasniflashda, individual xususiyatlariga doir materiallar bilan boyitilgan;
milliy istiqlol davrining yetakchi tamoyillaridan tarixiylik, qahramonlar tabiatida zohir bo‘lgan xislat-fazilatlar adib estetik ideali tajassumi sifatida yoritilgan, mavzu jihatdan tasnif qilingan, ideal tarixiy inson obrazini yaratish tamoyillari ustuvorligi talqinlari ochib berilgan “Nuh kemasi”, “Usmon Nosir”, “Iskandar” dramalarida “tarixiy” obrazlarning xarakterini yoritishdagi birikmalarning badiiy asardagi xususiyatlari aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 13-iyundagi 04/1-1575-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy mavzularning mustaqillik davri o‘zbek dramaturgiyasida yoritilishiga, ilmiy-nazariy boyishiga asos bo‘lgan.
Bugungi dramatik asarda inson qiyofasini, kamolotga etgan shaxs sifatida anglashimiz mumkin. Shuhrat Rizaevning “Iskandar”, Nafas Shodmonovning “Qobil ila Hobil”, Muhammad Rahmonning “Abadiy nido”, Mengliboy Murodovning “Uygʻonish” va Qo‘chqor Norqobilning “Biz ham odammiz” kabi dramatik asarlari adabiyotimizga iymonli, vijdonli, halol insonlar prototipini bera oldi. Mavzuga oid ma’lumotlardan “Assalom O‘zbekiston”, “Yangi O‘zbekiston” kabi ko‘rsatuvlar ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston teleradiokanali 2024-yil 16-fevraldagi 02-18-257-son ma’lumotnomasi). Natijada, teledastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni dramaturg ijodiga oid ilmiy materiallar bilan boyishiga xizmat qilgan.