Abdulloeva Kamola Mirxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek badiiy matnida muallif diskursiv shaxsi voqelanishining kognitiv aspekti”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2512
Ilmiy rahbar: Normurodova Nozliya Zarilovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash). 
    Rasmiy opponentlar: Djusupov Nursulton, filologiya fanlari doktori, dotsent; Lutfullaeva Durdona, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matn materiali asosida  muallif diskursiv shaxsi voqelanishiga doir kognitiv aspektning o‘ziga xosligini belgilovchi turli mental jarayonlar, bilim strukturalari hamda lisoniy majmuini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi o‘zbek va ingliz tilshunosligidagi antropotsentrik paradigma tamoyillariga asoslanib, lingvopersonologiyaning mustaqil fan ekanligi nazariy asoslari orqali dalillangan;
muallif diskursiv shaxsiga xos jihatlar uning kognitiv, madaniy, kommunikativ-pragmatik va semantik-uslubiy xususiyatlari hisobga olingan holda ko‘p qirrali kognitiv-madaniy hosila sifatidagi majmuaviy mexanizm ekanligi chog‘ishtirma aspektda aniqlangan;
ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida muallif diskursiv shaxsining asosiy ko‘p vazifali kognitiv belgilarini namoyon etuvchi sarlavhalar va epigraflar, badiiy portret, dialog va monolog, hamda o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplar asosida ochib berilgan;
muallif diskursiv shaxsi voqelanadigan til birliklarining kognitiv-madaniy xususiyatlari, shuningdek, universal va unikal jihatlari qiyoslash orqali aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Muallifning diskursiv shaxsini namoyon etuvchi lingvistik birliklarning semantik-uslubiy, pragmatik, kognitiv va madaniy talqini bo‘yicha olingan natijalar asosida:
muallif diskursiv shaxsiga xos kognitiv tamoyillarning nazariy asoslari, muallif diskursiv shaxsining tilshunoslik va adabiyotshunoslik, shuningdek, uslubiyatda o‘rganilishi tahlili, ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida muallif diskursiv shaxsiga xos lingvomadaniy, lingvokognitiv xususiyatlarga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2019-2023-yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 17-maydagi №196/1-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyat taraqqiyoti uchun ham, hozirgi tilshunoslik uchun ham g‘oyat muhim va global masala hisoblanuvchi diskursiv shaxs konsepsiyasi, jumladan, antropotsentrik paradigmaga xos tamoyillar, ingliz va o‘zbek badiiy matnlarining lingvistik hamda kognitiv tahliliga aloqador ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida muallif diskursiv shaxsining asosiy ko‘p vazifali lingvistik belgilarini namoyon etuvchi sarlavhalar va epigraflar; badiiy portret; dialog va monolog; o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarga  doir ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2019-2023-yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 17-maydagi №196/1-son ma’lumotnomasi). Natijada muallif diskursiv shaxsining ko‘p vazifali lingvistik belgilarini namoyon etuvchi sarlavhalar va epigraflar, badiiy portret, dialog va monolog, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarga oid   ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishga xizmat qilgan;
diskursiv shaxsning kognitiv-madaniy fenomenini til vositalari individual-mualliflik modifikatsiyasi va bilim strukturalari integratsiyasi asosida badiiy matnda axborotni lisoniy hamda kognitiv ifodalashning o‘zaro ta’siriga xos xususiyatlarni aks ettiruvchi ko‘p qirrali kognitiv-uslubiy hosila, majmuaviy mexanizm sifatida asoslash, ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnlarda aks ettirilgan konseptual ahamiyatga ega ma’lumotlarni ochib berishga qaratilgan muallif diskursiv shaxsi, xossatan, kognitiv-madaniy hosila sifatidagi murakkab mexanizmning chog‘ishtirma tahliliga oid ilmiy xulosalardan  Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan “English Access Microscholarship Program (Ingliz tiliga oid Mikrostipendiya Dasturi)” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 20-sentyabrdagi №1920/02-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi tilshunoslik va tilni antropotsentrik paradigma jihatidan tahlil qilish, oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetlarida chog‘ishtirma tilshunoslik, uslubiyat fanlarini o‘qitish, shu fanlar bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalar va dasturlar tuzish, ingliz tili amaliy mashg‘ulotlari, ingliz va o‘zbek xalqlari madaniy aloqalari tarixiga oid ilmiy izlanishlar olib borishga taalluqli tavsiyalarni shakllantirishga asos bo‘lgan;
hozirgi tilshunoslikda antropotsentrik qarash rivojlanishining bugungi bosqichlari, diskursiv shaxs tushunchasi va strukturasi, badiiy matnda fikr ifodalashning kognitiv asoslari, shuningdek, badiiy matnda muallif diskursiv shaxsiga xos kognitiv-madaniy xususiyatlarni aks ettirishda tasviriy ifodalardan foydalanishning ahamiyati kabi ilmiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi tarkibidagi “Foreign languaGES” telekanalining “Good morning, Uzbekistan” ko‘rsatuvi dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 18-oktyabrdagi №02-05-1757-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek badiiy matnlari asosida universal va unikal jihatlar tahlil etilgan misollardan foydalanish ushbu dasturning boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish