Sayt test rejimida ishlamoqda

Ashurova Nigora Gafurovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smir qizlarda hayz sikli buzilishlari kelib chiqishining prognostik mezonlarini ishlab chiqish va korreksiyalash usullari” 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSs /Tib.587.
Ilmiy maslahatchi: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irgasheva Sevara Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ivanova Oksana Yur`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir qizlarda hayz sikli buzilishi patogenetik mexanizmlarini o‘rganish yo‘li bilan uning kelib chiqishi prognostik mezonlarini aniqlash hamda davolashda differensial yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
CYP19A1 geni rs 726547 polimorfizmi CT geterozigot genotipi va o‘smir qizlarda hayz buzilishi paydo bo‘lishi o‘rtasida statistik ishonchli musbat bog‘lanish aniqlanib, unda T mutant allelning uchrashi hayz buzilishini keltirib chiqarish ehtimolini potensial oshiruvchi omil ekanligi asoslangan; 
GNRHR geni rs104893837 polimorfizmida mutant variantli minor A allelining uchrashi kasallik rivojlanish xavfini 42% ga oshirishi hamda ushbu genlar polimorfizmining o‘smir qizlarning gormonal funksiyasiga ta’siri va ularning kasallik keltirib chiqarishdagi prognostik ahamiyati ROC tahliliga ko‘ra asoslangan;
Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi o‘zbek populyasiyasi qizlarida CYP19A1, GNRHR genlarida uchragan polimorf variantlarning hamda vitamin D va mikroelementlar (Ca,Zn,Fe,Mg)ning o‘smirlik davri gormonal statusining shakllanishidagi roli aniqlangan;
gonadotrop (FSG, LG, Prolaktin, testosteron) va tireotrop (TTG, T3,T4) gormonlarning o‘zaro bog‘liqligi va ularning o‘smir qizlar steroid statusi balansidagi ahamiyatini  o‘rganish orqali kasallik rivojlanish xavfini potensial oshiruvchi klinik-anamnestik, bioximiyaviy va molekulyar-genetik markyorlar asosida hayz sikli buzilish xavfini aniqlovchi “Integrallashgan shkala” ishlab chiqilgan;
hayz sikli buzilishlarini davolash majmuasini tanlashda o‘smir qizlarning yosh xususiyatlarini, hayz sikli buzilishlari turi va shakllarini, og‘irlik darajasi va mavjud somatik va genital kasalliklarni inobatga olib, uning etiopatogenetik, kompleks profilaktik terapiyasiga asoslangan davo algoritmi yaratilgan va uni qo‘llash dinamikasida kasallik klinik-laborator ijobiy samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smir qizlarda hayz sikli buzilishi rivojlanishida asosiy sabab omillari, vitamin D, mikroelementlarning tanqisligi roli va gormonal, genetik markyorlarning diagnostik va prognostik qiymatiga hamda davolash natijalariga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: CYP19A1 geni rs 726547 polimorfizmi CT geterozigot genotipi va o‘smir qizlarda hayz buzilishi paydo bo‘lishi o‘rtasida statistik ishonchli musbat bog‘lanish aniqlanib, unda T mutant allelning uchrashi hayz buzilishini keltirib chiqarish ehtimolini potensial oshiruvchi omil ekanligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘smir qizlarda hayz siklining buzilishlari kelib chiqishida perinatal va somatik omillarning roli yetakchi ekanligini inobatga olgan holda ularning sabab omillarini erta aniqlashga yo‘naltirilgan hamda maqsadli davolash usullarini qo‘llash hisobiga o‘smir qizlarda kasalliklar uchrashini kamaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘smir qizlarda hayz siklining buzilishlarini prognozlash va diagnostika hamda davolash usullarini takomillashtirilgan usuli bilan davolash natijasida har 1 bemor uchun 250025 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar iqtisod qilindi. Xulosa: o‘smir qizlarda hayz sikli buzilishlarini oldini olishda somatik va genital omillarni erta bartaraf etish  muhim ahamiyat kasb etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: GNRHR geni rs104893837 polimorfizmida mutant variantli minor A allelining uchrashi kasallik rivojlanish xavfini 42% ga oshirishi hamda ushbu genlar polimorfizmining o‘smir qizlarning gormonal funksiyasiga ta’siri va ularning kasallik keltirib chiqarishdagi prognostik ahamiyati ROC tahliliga ko‘ra asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘smir qizlar ginekologik kasalliklari orasida hayz faoliyatining izdan chiqishi bilan bog‘liq holatlar eng keng tarqalganligi va kasallik kelib chiqishi bilan CYP19A1 geni rs 726547 polimorfizmida T mutant allelining uchrashi orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: O‘smir qizlarda hayz sikli buzilishlarini molekulyar-gentik bashoratlash orqali xavf guruxlar aniqlandi. Ushbu xavf guruxlarda olib borilgan kompleks davolash tadbirlari orqali kelib chikishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldi olindi hamda asoratlarni davolashda ketadigan sarf-xarajatlar hisobiga 950525 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: CYP19A1 geni rs 726547 polimorfizmida T mutant allelining uchrashi, o‘smir qizlarda hayz sikli buzilishlarini bashorat qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.
uchinchi ilmiy yangilik: Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi o‘zbek populyasiyasi qizlarida CYP19A1, GNRHR genlarida uchragan polimorf variantlarning hamda vitamin D va mikroelementlar (Ca,Zn,Fe,Mg)ning o‘smirlik davri gormonal statusining shakllanishidagi roli aniqlangan, shuningdek, D vitamini etishmovchilik holatlarida  anomal qon ketish ehtimolini 8,43 martaga, hayzning kam kelishi turdagi buzilish ehtimolini esa 12,36 martaga oshirishi  aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘smir qizlarda hayz siklining izdan chiqishi va unga bog‘liq reproduktiv  buzilishlarni prognozlovchi klinik-laborator, genetik markyorlarning ahamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkoniyatini bergan va erta tashxislash natijasida nogironlik kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: qizlarda hayz sikli buzilishlarini prognozlash uchun genetik tahlillar olib borish, kasallikni rivojlanishi va kechishini oldindan bashorat qilishga erishish, asoratlarni uchrash chastotasini kamaytirishi bilan izohlanadi. Buning natijasida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, 1 kunlik qatnov uchun 50000 so‘m sarflansa, 10 nafar  bemorlarga qatnov uchun statsionarga xizmat ko‘rsatish umumiy  500000 so‘mni  byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: O‘smir qizlarda hayz sikli buzilishlarining xavf omillarini erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash bo‘lajak onalar reproduktiv potensialini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
    to‘rtinchi ilmiy yangilik: gonadotrop (FSG, LG, Prolaktin, testosteron) va tireotrop (TTG, T3,T4) gormonlarning o‘zaro bog‘liqligi va ularning o‘smir qizlar steroid statusi balansidagi ahamiyatini  o‘rganish orqali kasallik rivojlanish xavfini potensial oshiruvchi klinik-anamnestik, bioximiyaviy va molekulyar-genetik markyorlar asosida hayz sikli buzilish xavfini aniqlovchi “Integrallashgan shkala” ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: klinik-anamnestik, bioximiyaviy va molekulyar-genetik markyorlar asosida yaratilgan “Integrallashgan shkala” o‘smir qizlar hayz sikli buzilishi rivojlanishini bashoratlash, erta tashhislash, oldini olish orqali kasallikni kamaytirish imkoni kengaydi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar asosida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 50000 so‘m sarflanadi, qizlarda hayz sikli buzilishi va uning asarati kuzatilgan bemorlarda qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish. byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Olingan natijalar asosida yaratilgan“Integrallashgan shkala” o‘smir qizlar hayz sikli buzilishi rivojlanishini bashoratlash, erta tashhislashda muhim ahamiyat kasb etdi.
beshinchi ilmiy yangilik: hayz sikli buzilishlarini davolash majmuasini tanlashda o‘smir qizlarning yosh xususiyatlarini, hayz sikli buzilishlari turi va shakllarini, og‘irlik darajasi va mavjud somatik va genital kasalliklarni inobatga olib, uning etiopatogenetik, kompleks profilaktik terapiyasiga asoslangan davo algoritmi yaratilgan va uni qo‘llash dinamikasida kasallik klinik-laborator ijobiy samaradorligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: davolash usullarini yanada takomillashtirish orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilash, jiddiy asoratlarining oldini olish va kamaytirish imkonini bergan va reproduktiv potensialni saqlashdagi samaradorligi baholangan. Iqtisodiy samaradorligi: O‘smir qizlarda hayz sikli buzilishlari xavf omillarini erta aniqlash, korreksiya qilish va oldini olish choralarini qo‘llash tufayli 76 million 140 ming so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan birga deyarli 92% bemorlarda ijobiy natija kuzatilib, hayot sifati darajasi oshgan. Xulosa: O‘smir qizlarda hayz sikli buzilishlarini kompleks davolash algoritmini qo‘llash orqali davolash samaradorligiga hamda kasallikni takrorlanish xavfini kamaytirishga erishilgan. 
Natijalar «O‘smir qizlarda hayz siklining buzilishi rivojlanishining muhim omillari va ularni oldini olish usullari» nomli (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 6 iyuldagi № 23-m/069- son xulosasiga ko‘ra tasdiqlangan ma’lumotnoma) va “Genetik prediktorlarni hisobga olgan holda o‘smir qizlarda hayz sikli buzilishlarini davolash va oldini olish samaradorligini oshirish usullari” (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 6 iyuldagi № 23-m/068 son xulosasiga ko‘ra tasdiqlangan ma’lumotnoma) nomli uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqilgan va Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi, RIOvaBSIATM DM Buxoro viloyati filiali hamda RIOvaBSIATM DM Samarqand viloyati filiallari amaliyotiga tatbiq etilgan (SSV Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10-sonli yig‘ilish bayonnomasi xulosasi). Amaliyotga tadbiq etilgan natijalar o‘smir qizlarda hayz siklining buzilishini erta aniqlash va davolash sifatini yaxshilash, kasallikning asoratlar chastotasi va bepushtlikni qisqartirish, davolash xarajatlarini kamaytirish hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish