Parpieva Yulduz Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarqoq sklerozning klinik-radiologik dissotsiatsiyasi va uni davolash yo‘llarini optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib649.
Ilmiy rahbar: Yakubova Marhamat Mirakramovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tarqoq sklerozning turli klinik va radiologik shakllarini dissotsiasiyasini o‘rganish, shunga mutanosib samarali davolash usullarini ishlab chiqish va optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarqoq sklerozda klinik va paraklinik ko‘rsatkichlarning klinik-radiologik dissotsiativ va assotsiativ shakllaridagi hususiyatlarining mutanosib va nomutanosibligi aniqlangan;
kasallikda kuzatiladigan boshlang‘ich davrdagi debyut simptomlarining tashxislash morfofunksional mezoni ishlab chiqilgan;
tarqoq skleroz kasallikning klinik-radiologik dissotsiativ va assotsiativ shakllarida immun hujayralar va yallig‘lanish omillarining miqdoriy ko‘rsatkichlari kasallikni kechishiga ta’sir qiluvchi muhim markerlardan ekanligi asoslangan;
kasallikning klinik shakllariga mos ravishda optimallashgan davolash chora-tadbirlari ixtiro patenti (IAP07257) asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tarqoq skleroz kasalligi klinik-radiologik dissotsiasiyasida kuzatiladigan klinik-nevrologik o‘zgarishlarni erta tashhislash mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tarqoq sklerozda klinik-radiologik dissotsiativ va klinik-radiologik assotsiativ shakllaridagi xotira va xavotirlik orasidagi bog‘liqlikni MoCA va HADS shkalalari yordamida bog‘liqligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar O‘zR SSV ilmiy texnik-kengashining 2019 yil 13 iyundagi 8n-r/231 son bilan tasdiqlangan “Tarqoq sklerozning boshlang‘ich davr belgilari va tashhislash mezoni” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur taklif ixtisoslashgan tibbiy muassasalardan Andijon viloyati surunkali kasalliklar va  nogironligi bor bolalar uchun xududiy tibbiy reabilitatsiya markaziga 10.10.2024 yil va Toshkent tumani Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasiga 11.11.2024 yilda amaliyotga tadbiq etilgan.amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan usul hayot sifatini yaxshilash, reabilitasiya bosqichlarini takomillashtirish shuningdek, nogironlik darajasini kamaytirish va ijtimoiy dahlsizlikni oldini olishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorlik: stasionar sharoitda davolanayotgan tarqoq sklerozning boshlang‘ich davridayoq tashhislash mezoni differensiallashgan holda tashhislash, buning mezonida erta davolash chora-tadbirlarining olib borilishi kasallikni avj olish davrlarini oldini olish remissiya bosqichining davomli bo‘lishi, tibbiy hizmatning narhini kamayishi tufayli 1842000 sum iqtisod qilinadi. Xulosa: kognitiv va psixonevrologik buzilishi bor bemorlar bir yil davomida 2 marotaba 10 kun davomida kasalxonada davlanishi lozim. Bir kunlik harajat 184200 ming so‘mni tashkil etadi. Olib borilgan davolash diagnostik maqsaddagi holatarni statsionar davolashni yilik harajati ikki barobar kiskardi.  
ikkinchi yangilik: kasallikda kuzatiladigan debyut klinik simptomlarning boshlang‘ich davrdagi tashhislash morfofunksional mezoni ishlab chiqilgan va O‘zR SSV ilmiy texnik-kengashining 2019 yil 13 iyundagi 8n-r/231 son bilan tasdiqlangan “Tarqoq sklerozning boshlang‘ich davr belgilari va tashhislash mezoni” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Mazkur taklif ixtisoslashgan tibbiy muassasalardan Andijon viloyati surunkali kasalliklar va  nogironligi bor bolalar uchun xududiy tibbiy reabilitatsiya markaziga 10.10.2024 yil va Toshkent tumani Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasiga  11.11.2024 yilda amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan usul kasallikning erta bosqichini aniqlash, davolash samaradorligini oshirish, kasallikning zo‘rayishini oldini olib, bemorlarning salomatligiga ijobiy ta’sir qilish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: stasionar sharoitda davolanayotgan tarqoq sklerozning boshlang‘ich davridayoq tashhislash mezoni differensiallashgan holda tashhislash va hamda tibbiy yordam ko‘rsatishga moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, xodimlarning ish vaqtini qisqartirish imkonini berdi. Xulosa: kasallikning  erta davolash chora-tadbirlarining olib borilishi kasallikni avj olish davrlarini oldini olish remissiya bosqichining davomli bo‘lishi, tibbiy hizmatning narhini kamayishi tufayli 1 nafar bemorga 1842000 so‘m byudjet mablag‘idan iqtisod qilindi.
uchinchi yangilik: tarqoq skleroz kasallikning klinik-radiologik dissotsiasiyasi va assotsiasiyasi shakllarida immunologik (CD4, CD8, CD4/CD8, CD16, CD20, CD95, IL4, IL6, IL8, IL10, TNF-α, IFN-γ) miqdoriy ko‘rsatkichlarning kasallikning kechishiga ta’siri qiluvchi muhim markerlardan ekanligi asoslangan va O‘zbekiston Respublikasi Ixtirolar davlat reyestrida 30.12.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ixtiro patenti IAP07257 asosida. Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan usul kasallikning davrlariga mos ravishda davolash samaradorligini oshirish, zo‘rayishini oldini olish, bemorlarning salomatligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: stasionar sharoitda davolanayotgan tarqoq sklerozning boshlang‘ich davridayoq tashhislash mezoni va qon biomarkerlari asosida, differensiallashgan holda tashhisni qo‘yishga va nogironlikni jadallashishini olidini olishga hizmat qiladi. Xulosa: buning mezonida erta tashhislash va davolash chora-tadbirlarining olib borilishi kasallikni avj olish oldini olib, remissiya bosqichining davomli bo‘lishiga va shu tariqa o‘lim, nogironlik ko‘rsatkichlarini, statsionarda davolanish muddatlarini kamaytirdi, moliyaviy xarajatlarni qisqartirdi.
to‘rtinchi yangilik: tarqoq sklerozning klinik shakllariga mos ravishda optimallashgan davolash chora-tadbirlari ixtiro patenti (IAP07257) asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Ixtirolar davlat reyestrida 30.12.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ixtiro patenti IAP07257 asosida. Ijtimoiy samaradorlik: taklif etilayotgan usul kasallikning erta va reabilitasiya bosqichlarida davolashni optimallashtirish shuningdek, bemorlarda nogironlik darajasini kamaytirish va oldini olishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorlik: stasionar sharoitda davolanayotgan tarqoq sklerozning boshlang‘ich davridayoq tashhislash mezoni differensiallashgan holda tashhislash, buning mezonida erta davolash chora-tadbirlarining olib borilishi kasallikni avj olish davrlarini oldini olish remissiya bosqichining davomli bo‘lishi, tibbiy hizmatning narhini kamayishi tufayli 1842000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: TS kasalligida davolashning optimallashtirilgan usulini qo‘llash bemorlar  nevrologiya bo‘limlarida bo‘lganda byudjet mablag‘larining tejalishiga olib keldi. Kasallikning  davolash, relapsini oldini olish va kasallik oqibatlarini oldini olish uchun byudjet mablag‘larining 1 bemorga nisbatan tejalishi 1842000 so‘mni iqtisod qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish