Saidov Shuxrat Abdunasimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yaxshi sifatli  mexanik sariqlikni jarrohlik davolashda differensial yondashuv», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4142.
Ilmiy rahbar: Babajanov Axmadjon Sultanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Ruziboev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.I.Mechnikov nomidagi shimoliy-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yaxshi sifatli mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik davolash usulini tanlashga differensial yondashuvni ishlab chiqish orqali kompleks davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mexanik sariqlikning sabablari va tuzilishi aniklangan, kompleks terapiya bilan faol jarrohlik taktikasi davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligi va radikal jarrohlik tuzatish faqat bemorning og‘irlik darajasi A va B sinflari darajasida barqarorligi, uning sababini aniqlash va eng maqbul davolash usullarini tanlash uchun diagnostika algoritmi ishlab chiqilgan;
mexanik sariqlikning og‘irlik darajasini prognozlovchi omillar aniqlangan va davolashning patogenetik asosli usulini tanlash uchun sinflarga (A, B va C) bo‘lindi, kasallikning davomiyligi, sabablari, sariqlik va jigar etishmovchiligining og‘irlik darajasiga qarab dekompressiv miniinvaziv davolashni tanlash mezonlari aniqlangan;
mexanik sariqlikni kompleks davolashda differensial yondashuvni tanlash mezonlari B va C sinfidagi sariqlikning og‘irlik darajasi uchun bir bosqichli, ikki bosqichli miniinvaziv dekompressiv va kombinatsiyalangan aralashuvlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar asoslangan;
o‘t yo‘llariga miniinvaziv dekompressiv aralashuvlar va ochiq rekonstruktiv operatsiyalarning patogenetik asoslangan usullaridan foydalangan holda differensial jarrohlik taktikasini qo‘llash operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim holatlarini kamaytirishga yordam berganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yaxshi sifatli  mexanik sariqlikni jarrohlik davolashda differensial yondashuv bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 26.08.2024 y. 05/23-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: mexanik sariqlikning sabablari va tuzilishi aniklangan, kompleks terapiya bilan faol jarrohlik taktikasi davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligi va radikal jarrohlik tuzatish faqat bemorning og‘irlik darajasi A va B sinflari darajasida barqarorligi, uning sababini aniqlash va eng maqbul davolash usullarini tanlash uchun diagnostika algoritmi ishlab chiqilgan Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.08.2024 y. 297-U-son buyrug‘i va SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 16.03.2024 y. 47-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mexanik sariqlik rivojlanishining etiologik omillari xolelitiaz va uning asoratlari, jigar va o‘t yo‘llarining parazitar zararlanishlari, tug‘ma va orttirilgan yallig‘lanishli jigar kasalliklari, shuningdek operatsiyadan keyingi sariqlik (o‘t yo‘llarining chandiqli torayishi, yatrogen shikastlanishlar). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kompleks terapiya bilan faol jarrohlik taktikasi bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 2176480 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 355300 so‘m sarflanadi. Agarda bemorlarda to‘liq yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 810900 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: 48,11% holatda mexanik sariqlik rivojlanishining asosiy sabablari o‘t tosh kasalliklari va  xoledoxolitiaz, 3,7% da o‘t tosh kasalligining Mirizzi sindromi bilan asoratlanishi, 18,39% da o‘n ikki barmoqli ichak biliar so‘rg‘ichi stenozi, 7,07% holatda o‘t yo‘llarining chandiqli strikturalari, 11,32% da  parazitar (exinokokk) sariqlik, 5,66% holatda safro va psevdotumor pankreatit, 2,35% xoledox kistalari va 0,94% holatda o‘n ikki barmoqli ichak yarasini biliar so‘rg‘ichga va umumiy o‘t yo‘liga penetratsiyasi, shuningdek operatsiyadan keyingi sariqlik asorati 2,35% holatda kuzatildi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: mexanik sariqlikning og‘irlik darajasini prognozlovchi omillar aniqlangan va davolashning patogenetik asosli usulini tanlash uchun sinflarga (A, B va C) bo‘lindi, kasallikning davomiyligi, sabablari, sariqlik va jigar etishmovchiligining og‘irlik darajasiga qarab dekompressiv miniinvaziv davolashni tanlash mezonlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.08.2024 y. 297-U-son buyrug‘i va SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 16.03.2024 y. 47-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YaSMS dekompressiv minimal invaziv aralashuv usulini tanlash sariqlikning og‘irlik darajasiga, uning sabablari va obstruksiya darajasiga, jigar etishmovchiligining og‘irlik darajasiga, shuningdek, birga keladigan kasalliklarning mavjudligiga bog‘liq. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolashning patogenetik asosli usulini tanlash bilan bemorlar davolanishi orqali umumiy o‘rtacha 1170500 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 2351300 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Mexanik sariqlik diagnostikasi kompleks ishlab chiqilgan diagnostika algoritmi, shu jumladan, zamonaviy invaziv bo‘lmagan nurli usullari (ultratovush, MRPXG) diagnostikasi, shuningdek o‘t yo‘llarining dekompressiyasiga invaziv punksion  va endoskopik yo‘l bilan (RPXG, TJXG) keng qamrovli bo‘lishi kerak (73,64% asosiy guruhdagi bemorlarda qo‘llanildi). 
uchinchi ilmiy yangilik: mexanik sariqlikni kompleks davolashda differensial yondashuvni tanlash mezonlari B va C sinfidagi sariqlikning og‘irlik darajasi uchun bir bosqichli, ikki bosqichli miniinvaziv dekompressiv va kombinatsiyalangan aralashuvlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.08.2024 y. 297-U-son buyrug‘i va SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 16.03.2024 y. 47-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dekompressiv aralashuvlar murakkab konservativ davo usullari bilan to‘ldirildi. Klinik, bakteriologik va instrumental tadqiqot usullarini dinamik o‘rganish va tahlil qilish asosida tuzilgan diagnostika va terapevtik tadbirlarning kompleks differensiallashtirilgan dasturi mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mexanik sariqlikni kompleks davolashda differensial yondashuvni tanlash bilan odatda umumiy o‘rtacha 1234400 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3212800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Mexanik sariqlik B va C sinfidagi bemorlarda minimal invaziv aralashuv dastlabki bosqichi uchun ko‘rsatma hisoblanadi (EPST yoki TJXS bilan NBD). Agar EPST imkonsiz bo‘lsa (16,21%), davolashning birinchi bosqichini tanlash usuli antegrad exokontrol muolajasi – ultratovush nazorati ostida TJXS, bunda radikal jarrohlik aralashuvlar  bemorning ahvoli A yoki B darajasida barqarorlashganidan keyin ko‘rsatiladi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘t yo‘llariga miniinvaziv dekompressiv aralashuvlar va ochiq rekonstruktiv operatsiyalarning patogenetik asoslangan usullaridan foydalangan holda differensial jarrohlik taktikasini qo‘llash operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim holatlarini kamaytirishga yordam berganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 01.08.2024 y. 297-U-son buyrug‘i va SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi 16.03.2024 y. 47-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mexanik sariqlikni davolashning ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan usullari davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘t yo‘llariga miniinvaziv dekompressiv aralashuvlar va ochiq rekonstruktiv operatsiyalar bilan bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 5323350 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 7544800 so‘mni (1 nafar bemorga) tashkil etadi. Xulosa: Safro yo‘llarida minimal invaziv dekompressiv aralashuvlar va ochiq rekonstruktiv aralashuvlarning patogenetik asosli usullaridan foydalangan holda differensiallashgan jarrohlik usullarini qo‘llash asosiy guruhda nazorat guruhidagi bemorlarga nisbatan operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasining 26,56% dan 17,68% gacha pasayishiga va o‘lim ko‘rsatkichining 6,25% dan 3,65% gacha pasayishiga yordam berdi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish