Narmatova Diloromxon Maktubjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umurtqa pog‘onasi degenerativ kasalliklari erta darajasining morfologik belgilari” 14.00.15 – Patologik anatomiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib3175.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Nosirjon Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/ 30.09.2020. Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidullo Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Raimnazarova Gulsara Jamalovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umurtqa pog‘onasi degenarativ kasalliklarini erta darajasini tashhislash va davolashni rejalashtirishda patomorfologik va morfometrik tekshirishlarni ahamiyatini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
umurtqa pog‘onasi kasalliklarining klinik-anamnestik, laborator- instrumental tekshirishda rivojlangan spondilit, protruziya va dissitda funksional anatomik joylashishi bo‘yicha, hos jihatlarini solishtirma tashhislashda farqlar mavjudligi aniqlangan;
umurtqa pog‘onasi kasalliklarida dastlabki patomorfologik belgilari bo‘lgan protruziya, spondilit va dissitlar rivojlanishidagi degenerativ o‘zgarishlarni  yuzaga kelishidagi o‘ziga xosligi isbotlangan; 
umurtqa pog‘onasi degenerativ kasalliklarining erta davrida rivojlangan patomorfologik o‘zgarishlarni tashhislashda taklif etilgan qo‘shimcha mezonlar va tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
umurtqa pog‘onasi protruziyasi, churra to‘qimasida rivojlangan o‘zgarishlarning  morfometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, xondrotsitlarni faollik  koeffisienti nazorat guruxida 0,14, churrada 0,48 ko‘tarilgan ya’ni  4 barobarga oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Degenerativ kasalliklarining erta davrida umurtqaning kasallanishini vaqtida ijobiy tashhislash uchun olingan ilmiy natijalar asosida: “Umurtqa pog‘onasi degenerativ kasalliklari erta davrida patomorfologik tashxislash usuli” mavzusida ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyanoma Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025-yil yanvardagi 06/81-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2024-yil 27 avgustdagi 6i-62/u-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan).
birinchi ilmiy yangilik umurtqa pog‘onasi kasalliklarining klinik-anamnestik, laborator- instrumental tekshirishda rivojlangan spondilit, protruziya va dissitda funksional anatomik joylashishi bo‘yicha, hos jihatlarini solishtirma tashhislashda farqlar mavjudligi aniqlanganligi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (18.10.2024 y.; №62), Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (15.10.2024 y.; №63) hamda Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (21.11.2024 y.; №24), Andijon viloyati travmatologiya va ortopediya shifoxonasi (19.11.2024y., 157-son) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan patomorfologik tashhis usuli davolash amaliyotiga joriy etilishi natijasida, aholi orasida 82% gacha umurtqa pog‘onasi degenerativ kasalliklarining erta davrida tashxislash samaradorligi oshirilishiga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Iqtisodiy samaradorlik UDCh jarrohlik amaliyotini o‘tkazish tannarhi keltirib o‘tilgan barcha harajatlarning foydalisi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmasdan avvalgi va  keyingi klinik-laborator test o‘tkazishdan ( MRT, Rentgen, UTD va qon biohimik tahlil) iborat.
Mazkur holatda qiyosiy tahlil uchun quyidagilardan foydalanildi: 
  tashhislash uchun  holatini umumiy klinik tahlilini tannarhi:
Sddt= (MRT+ REN)*Ka+CN + Sd = (220000+40000)*5+75000= 340000 so‘m
Keyin 90 bemor uchun 27200000 so‘m, keyin:
Snml = Ncch*0,78*Dk*Cc/kun,
Qaerda:
 Dsc–bitta bemorga tezkor tashhis qo‘yish va davolanish tufayli koyka kunlarini qisqartirish (taxminan  22,7%).
Ck/kun –bitta koyka kuniga harajatlar (hisoblash vaqtida-170600 so‘m).
Szt= 80*10*0.78*170600=106454400 so‘m.
Keyingi xarajatlar farqi: Srr=162360000–106454400=35719200 so‘m
 Xulosa: tavsiya etilgan  patomorfologik tashhislash usulidan foydalanilganda, davolash tartibi bo‘yicha bitta  bemorga  iqtisod qilingan summa byudjet mablag‘larini 515000 so‘mni  iqtisod qilishga erishilgan; 
   ikkinchi ilmiy yangilik: umurtqa pog‘onasi kasalliklarida dastlabki patomorfologik belgilari bo‘lgan protruziya, spondilit va dissitlar rivojlanishidagi degenerativ o‘zgarishlarni  yuzaga kelishidagi o‘ziga xosligi  isbotlanganligi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (18.10.2024 y.; №62), Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (15.10.2024 y.; №63) hamda Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (21.11.2024 y.; №24), Andijon viloyati travmatologiya va ortopediya shifoxonasi (19.11.2024y., 157-son) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: spondilit, dissit va protruziyaning klinik, struktur-funksional va patomorfologik tahlilini holatini  solishtirma baholab, turli usullarning ijobiysini tanlab olinishi bemorlar mehnat faoliyatiga tiklanishini 100% gacha etishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  E=Spr-Spz=35719200–21 588000=14131200 so‘m, ya’ni bu DS yordamida DCh ning operatsiyadan keyingi qaytalanishini va erta tashhis qo‘ygan  bitta bemorga iqtisodiy ta’sirining ifodasidir. Keyinchalik, FE modellashtirishni loyihalash uchun biz “qarorlar daraxti” "qarorlar daraxti" ni qurish bilan "Case-study" tizim taxlil usulining elementidan foydalandik (Fillipova I., 2010).
DCh da qo‘llanilgan DS uchun iqtisodiy samaradorlik koeffisientini baholash
Iqtisodiy samaradorlik koeffisienti quyidagi formula yordamida hisoblab chiqilgan:CEA=(DC+JC)/EF
CEA harajatlari samaradorligi koeffisienti (ya’ni 1-davolangan bemor misolida samaradorlik birligi uchun zarur bo‘lgan harajatlar)
DC–bevosita harajatlar
JC–bilvosita harajatlar
EF–davolash samaradorligi (davolangan bemorlarning nisbiy soni).
Ushbu ishda faqat bevosita harajatlar hisobga olgan bo‘lib, birinchi va ikkinchi toifalar uchun iqtisodiy samaradorlik smetasini aniqladik va quyidagi formuladan foydalandik:
CEA=DC/EF
Keyin: Birinchi toifa uchun  CEA1=DC1/EF1=106/72=1.47
            Ikkinchi toifa uchun  CEA2=DC2/EF2=106/60=1.77
Hulosa qilib ushbu qo‘llanma dalillarga va  tibbiyot tamoyillariga asoslangan holda bajarilishi albatta ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi hamda  bu usullarda tashis va davo samarasini zamonaviy standartlarda jahon darajasiga ko‘tarishga yordam beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: umurtqa pog‘onasi degenerativ kasalliklarining erta davrida rivojlangan patomorfologik o‘zgarishlarni tashhislashda taklif etilgan qo‘shimcha mezonlar va tavsiyalar ishlab chiqilganligi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (18.10.2024 y.; №62), Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (15.10.2024 y.; №63) hamda Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (21.11.2024 y.; №24), Andijon viloyati travmatologiya va ortopediya shifoxonasi (19.11.2024y., 157-son) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: taklif etilgan klinik tahlillarni mujassamlashtirib, nazariy patomorfologik hulosalar asoida tashhislash tartibi umurtqa  degenerativ kasalliklari erta davrida nogironlik sindromini uzul kesil cheklagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha bo‘lib: tavsiya etilgan umurtqa  spondiliti, protruziyasini erta aniqlash uchun  klinik, morfologik asoslangan tashxislash talabida davolashini tanlash  natijasida iqtisodiy samaradorlikni yuqoriligi 70% gacha mablag‘lar tejalishi bilan izohlanadi. Xulosa: bunday umurtqaning kasalliklarini erta tahlilida   klinik, morfologik o‘zgarishlarini  to‘liq o‘rganilishi hisobiga, ortoped-travmatologlar uchun kasallik  klinik, morfologik sabablarini 100% aniqlash,  tahlil qilish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlanishiga imkon beradi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: umurtqa pog‘onasi protruziyasi, churra to‘qimasida rivojlangan o‘zgarishlarning morfometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, xondrotsitlarni faollik koeffisienti nazorat guruxida 0,14, churrada 0,48 ko‘tarilgan ya’ni 4 barobarga oshganligi aniqlanganligi Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (18.10.2024 y.; №62), Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (15.10.2024 y.; №63) hamda Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (21.11.2024 y.; №24), Andijon viloyati travmatologiya va ortopediya shifoxonasi (19.11.2024y.,157-son) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: spondilit, protruziya va dissitni klinik-funksional va morfologik birlashgan yondashuv asosida  bemorlarni solishtirma tashhislash sifatini 90%ga yaxshilanishiga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha tahlil qilindi: DS(Sddt) – bevosita harajatlarsiz va uni hisobga olish bilan jarrohlik amaliyotidan keyingi tahlillash va davolash muolajalarini qiyosiy tannarhi DCh- disk churrasi bir bemor uchun davolashga sarflanadigan qiymat aniqlandi. Shunday qilib:
DChga shubha qilingan bemor holatida birlamchi umumiy klinik tahlilga (bir marta o‘tkaziladi) bo‘lgan harajatlarni aniqlash:
Stmd=Ap+Di+(Ci+MN+Zzp)=30000+50000+290000= 370000 so‘m
Bunda:
 Ap–UASh tomonidan bemorni ko‘rikdan o‘tkazishni o‘rtacha statistik qiymati; 
Di-travmatolog–ortoped maslahatining o‘rtacha statistik qiymati;
Ci-Bir bemorga tahlillar uchun (MRT, Rentgen, EKG, qon va peshobning tahlili) sarflanadigan materiallarni turi bo‘yicha qiymati;
i-sarflanadigan materiallarning turi, bu erda i= 1……….N;
MN–yuk xati harajatlari.
Zzp-bir bemor uchun klinik-laboratoriya xodimlariga to‘lanadigan harajatlar. Jarrohlik amaliyotidan oldingi umumiy klinik tahlilni o‘tkazish qiymati: Skl =1125000 (klinika tarifi bo‘yicha).
Iqtisodiy samaradorlik UDCh jarrohlik amaliyotini o‘tkazish tannarhi keltirib o‘tilgan barcha harajatlarning foydalisi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmasdan avvalgi va  keyingi klinik - laborator test o‘tkazishdan ( MRT, Rentgen, UTD va qon bioximik tahlil) iborat.
 Xulosa: klinik, morfometrik nazariy-amaliy tahlillarni uyg‘unlashtirib,  umurtqa degenerativ kasallikning erta davridayoq, aholining   mehnatga layoqatli qatlami kasallanishida zamonaviy usullarni qo‘llab tashhislash 55% atrofida mablag‘ni tejalishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish