Rizaev Elyor Alimdjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bolalarda gerpetik stomatitni kompleks davolashni klinik-patogenetik asoslash», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib500.
Ilmiy raxbar: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Lukina Galina Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Upsala universiteti (Shvesiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalardagi gerpetik stomatitni tashxislashni va klinik-patogenetik terapiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gerpetik stomatitlarni kechishi organizmning detoksikatsion tizimlarining barqaror emasligi sababli bolalar yoshi bilan bevosita bog‘liqligi klinik isbotlangan;
antenatal va perinatal omillarning hamda somatik va stomatologik statuslarni bolalarda gerpetik stomatitni kelib chiqishidagi va kechishidagi muhim o‘rni baholangan;
gerpetik stomatni o‘rta molekulyar og‘irlikdagi moddalar va oligopeptidlarning og‘iz suyuqligi, qon plazmasi, eritrotsitlarda yig‘ilishi toksemiyaning integrativ indeksining ortishi va kasallikning xuruj davrida ko‘proq namoyon bo‘lab, remissiya davrida saqlanadigan endogen intoksikatsiyaning shakllanishi bilan kechishi aniqlangan;
rekonvalissensiya davrida intoksitkatsiyaning yuqori ko‘rsatkichlari asosida gerpetik stomatitning rivojlanishi va residivlarining yuzaga kelishida endogen intoksikatsiyaning patogenetik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tanadagi turli xil biologik muhitlarda endogen zaharlanish va klinik xolatini o‘rganish asosida bolalarda GS tashxislashni takomillashtirish, davolashni muqobillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan ilmiy natijalar asosida «Bolalarda gerpetik stomatitni dezintaksikatsion davolashda yangicha yondashuv» mavzusida metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 11 dekabrdagi 8n-z/52-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik qo‘llanma GSga chalingan bemor bolalar tanasidagi turli xil biologik muxitlarda endogen zaharlanish, bemor klinik holatini o‘rganish asosida kasallikni to‘g‘ri davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Bolalarda gerpetik stomatitni tashxislashda endogen intoksikatsiyaning patogenetik o‘rni va mohiyati» mavzularida metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 11 dekabrdagi 8n-z/52-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik qo‘llanma GSga chalingan bemor bolalar tanasidagi turli xil biologik muhitlarda endogen zaharlanish, bemor klinik holatini o‘rganish asosida kasallikni to‘g‘ri tashxislash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan: Toshkent davlat stomatologiya instituti terapevtik stomatologiya bo‘limi, Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi maslahat tashxis poliklinikasi, Toshkent shahar 3-son bolalar stomatologik poliklinikasi va Toshkent shahar 1-son stomatologik poliklinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 apreldagi 8n-d/64-son ma’lumotnomasi). Tatbiq qilingan natijalar bolalarda GSni tashxislash va davolash samaradorligini oshirib, kasallik og‘irligini 1.32 marta, residivlanish sonini 2.5 martaga, kasallik davomiyligini 1.64 martaga kamayishiga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.