Kurbonov Xurshed Raxmatulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Angiogenezning gen induksiyasi sharoitida suyak to‘qimasining reparativ regeneratsiyasi xususiyatlari (gel tashuvchi materialda)», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2630.
Ilmiy rahbarlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori; Deev Roman Vadimovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024. Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbanov Obid Maxsudovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: quyonlarda turli gistogenezga ega suyaklarda (yassi va naysimon suyaklar) mahalliy proangiogen genoterapevtik preparatni gel (gidrogel) tashuvchi yordamida qo‘llagan holda reparativ osteogenezni tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor eksperimental-morfologik tadqiqotda morfometrik tekshiruv usuli yordamida uch turdagi gen-aktivirlangan gidrogellarning reparativ osteogistogenezni faollashtirishdagi morfofunksional o‘rni asoslangan;
ilk bor induksiyalangan osteogistogenezning qiyosiy tahlili ektomezenximal (bosh tepa suyagi) va entomezenximal (qo‘l-oyoq suyaklari) gistogenezi bo‘lgan suyaklarda amalga oshirish asoslangan;
ilk bor tajriba natijalarini qayta ishlash maqsadida suyak to‘qimasi regeneratining avtomatlashtirilgan morfometriya usuli sun’iy intellekt yordamida amalga oshirish asoslangan;
ilk bor tadqiqot natijasida VEGF, oktakal`siy fosfat va gidrogeldan iborat genetik konstruksiya yassi hamda naysimon suyaklar to‘qimasi regeneratsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Eksperimental hayvonlarning yassi va naysimon suyaklaridagi morfofunksional o‘zgarishlarni o‘rganishning morfologik va immunogistokimyoviy usullarini qiyosiy tahlil qilish natijasida olingan ilmiy ma’lumotlarga asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental-gistologik tadqiqotda gistomorfometriya yordamida uchta gen-aktivatsiyalangan gelning reparativ osteogenezni induksiya qilishdagi morfofunksional ta’siri asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 29-maydagi 10 - sonli ilmiy kengashning qarori bilan tasdiqlangan «Kalla yassi suyak to‘qimalari regeneratsiyasini morfometrik baholashda sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanish» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxondaryo filiali (05.08.2024-y., №21T-sonli buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (21.06.2024 y., №58-I-sonli buyruq) amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: Gen aktivirlangan gellar yordamida suyak to‘qimasini tiklashning samarali usullaridan foydalanish suyak nuqsonlarini tez va samarali davolashga yordam berdi. Bu bemorlarga qisqa vaqt ichida normal hayotga qaytishga yordam berdi, bu esa o‘z navbatida nogironlik darajasini sezilarli darajada kamaytirdi va hayot sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorlik: reparativ osteogenezni induksiya qilish uchun gen aktivirlangan gellardan foydalanish bemorlarni davolash va reabilitatsiya vaqtini qisqartirdi, bu esa kasalxonada qolish muddati, keyingi operatsiyalar soni, reabilitatsiya protseduralari kabi tibbiy xizmatlarning umumiy narxining pasayishiga olib keldi. Byudjet mablag‘larini har bir bemor uchun 4606000 so‘m miqdorda tejash imkoni bo‘ldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: induksiyalangan osteogistogenezning qiyosiy tahlili ektomezenximal (bosh tepa suyagi) va entomezenximal (qo‘l-oyoq suyaklari) gistogenezi bo‘lgan suyaklarda amalga oshirish asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 29-maydagi 10 - sonli ilmiy kengashning qarori bilan tasdiqlangan «Kalla yassi suyak to‘qimalari regeneratsiyasini morfometrik baholashda sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanish» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxondaryo filiali (05.08.2024-y., №21T-sonli buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (21.06.2024 y., №58-I-sonli buyruq) amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: Ektomezenximal va entomezenximal gistogenez bilan suyaklardagi induksiyalangan osteogistogenezning qiyosiy tahlili yuqori ijtimoiy samaradorlikka ega. Tadqiqot natijalari turli xil kelib chiqishi bo‘lgan suyaklar regeneratsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishga imkon beradi, bu diagnostika va davolash taktikasi aniqligini oshiradi. Shu bilan birga davolanish muddatini va reabilitatsiya davrini qisqartirishga hamda asoratlar xavfini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: davolash usullarini optimallashtirish, regeneratsiya jarayonlarini tezlashtirish va bemorlarning vaqtinchalik ishga layoqatsizlik muddatini qisqartirish hisobiga reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirishga imkon berdi. Bundan tashqari, asoratlar xavfini kamaytirish natijasida qayta operatsiyalar sonining pasayishi xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirdi. Ushbu yondashuvni joriy etish natijasida bir bemorga 2242000 so‘m tejaldi va erishilgan iqtisodiy samaradorlikni tasdiqladi.
uchinchi ilmiy yangilik: tajriba natijalarini qayta ishlash maqsadida suyak to‘qimasi regeneratining avtomatlashtirilgan morfometriya usuli sun’iy intellekt yordamida amalga oshirish asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 29-maydagi 10 - sonli ilmiy kengashning qarori bilan tasdiqlangan «Kalla yassi suyak to‘qimalari regeneratsiyasini morfometrik baholashda sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanish» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxondaryo filiali (05.08.2024-y., №21T-sonli buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (21.06.2024 y., №58-I-sonli buyruq) amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini morfometrik baholashda qo‘llash, suyak to‘qimasi regeneratsiyasiga bog‘liq kasalliklarga aniq va tez diagnoz qo‘yishga yordam beradi, shu bilan birga inson faoliyatiga bog‘liq xatoliklarni kamaytiradi. Bu esa o‘z navbatida, tibbiy yordam sifatini oshirishga, davolash vaqti va sog‘liqni saqlash xarajatlarini qisqartirishga hamda qayta operatsiya amaliyotlarining xavfini kamaytirishga yordam beradi. SI ni qo‘llash shifokorlarga ma’lumotlarni tez tahlil qilishni tezlashtirib, asoslangan qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Bu bilan bemorlar davolash natijalarini yaxshilashga va ularning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorlik: statsionarda bemor davolanish muddatining qisqarishi va qayta operatsiya amaliyotlarining kamayishi hisobiga bir bemor uchun 1010000 so‘m tejaldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: to‘qimalarda faoliyat ko‘rsatuvchi va regeneratsiya jarayonida genetik kontruksiyasini tashuvchi sifatida xizmat qiluvchi gel aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 29-maydagi 10 - sonli ilmiy kengashning qarori bilan tasdiqlangan «Kalla yassi suyak to‘qimalari regeneratsiyasini morfometrik baholashda sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanish» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxondaryo filiali (05.08.2024-y., №21T-sonli buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (21.06.2024 y., №58-I-sonli buyruq) amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 7-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: genetik konstruksiyalar uchun tashuvchi geldan foydalanish to‘qimalarning yangilanish jarayonlarini yaxshilashga imkon beradi, bu ayniqsa murakkab jarohatlar va kasalliklarni davolashda muhim ahamiyatga ega. Bu reabilitatsiya davrini qisqartiradigan va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydigan tez va samarali tiklanish jarayonini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorlik: genetik materiallarni etkazib berishning yaxshilanishi va ularning to‘qimalarga samarali ta’siri tufayli bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish vaqti qisqaradi, bu esa uzoq muddatli davolanish va statsionar kuzatuv xarajatlarini kamaytirdi, natijada bir bemor uchun 2020000 so‘m miqdorda tejaldi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Angiogenezning gen induksiyasi sharoitida suyak to‘qimasining reparativ regeneratsiyasi xususiyatlari (gel tashuvchi materialda)» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2024 yil 17 oktyabrdagi 11375-son xat yuborilgan.