Rustamova Shahlo Abduxakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kesar kesish operatsiyasi bilan tug‘ilgan bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalarining kechish xususiyatlari» 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3547.
Ilmiy rahbar: Vafoqulov Sa’dullo Xakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Botir Mirxoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzoeva Mexriniso Rizoevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: kesar kesish operatsiyasi bilan tug‘ilgan bolalarda ichak mikrobiotsenozi holati va ularda o‘tkir ichak kasalliklari kechish xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda mekoniy mikroflorasi tarkibi tug‘ruq turiga bog‘liqligi, kesar kesish operatsiyasi bilan tug‘ilgan bolalarda ichak mikrobiotsenozi buzilishi natijasida o‘tkir ichak infeksiyalari nisbatan ko‘p kuzatilishi, og‘ir va cho‘ziluvchan kechishi aniqlangan;
o‘tkir ichak infeksiyalari tashxisotida gaz suyuq xromatografiya usulida ichak mikroflorasi metabolik faolligini qisqa zanjirli yog‘ kislotalari miqdori va spektri bo‘yicha aniqlash, ichak mikroflorasi buzilishi anae/aerob flora metabolik faolligi o‘zgarishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
kesar kesish yo‘li bilan tug‘ilgan 0-3 yoshgacha bo‘lgan, o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallangan bolalar najasida qisqa zanjirli yog‘ kislotalar spektri o‘zgarishi, bu guruhdagi bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari va respirator infeksiyalar birga kuzatilishi orasidagi (bronxiolit, pnevmoniya) bog‘liqlik asoslangan;
o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallangan 0-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasallik etiologiyasini aniqlashda gaz suyuq xromatografiya usuli qo‘llanilib, ichak mikroflorasida qisqa zanjirli yog‘ kislotalari o‘zgarishiga bog‘liq o‘tkir ichak kasalliklari orasida qiyosiy tashxis o‘tkazilgan va diagnostik algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kesar kesish operatsiyasi bilan tug‘ilgan bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalarining kechish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda mekoniy mikroflorasi tarkibi tug‘ruq turiga bog‘liqligi, kesar kesish operatsiyasi bilan tug‘ilgan bolalarda ichak mikrobiotsenozi buzilishi natijasida o‘tkir ichak infeksiyalari nisbatan ko‘p kuzatilishi, og‘ir va cho‘ziluvchan kechishi aniqlanganligi bo‘yicha olingan natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 25.06.2024 yil 11-son bilan tasdiqlangan “Kesar kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari tashxisotini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 11.07.2024 yildagi 01-1386-sonli xati, Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.07.2024 yildagi 21-sonli buyrug‘i) amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.08.2024 yil 17-son) va Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 23.08.2024 yildagi 01/968 - sonli xati, Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.08.2024 yildagi 52-sonli buyrug‘i), amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.09.2024 yil 15-son) bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy texnik kengashning 13.11.2024 yildagi 08/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kesar kesish operatsiyasi bilan tug‘ilgan bolalarda ichak mikrobiotsenozi o‘zgarishini o‘rganish bu guruhdagi bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari davo choralarini takomillashtirishga, ichak mikroflorasi tiklanish muddatini qisqartirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kesar kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bolalarda ichak mikrobiotsenozini o‘rganish kelgusida kasallikning erta davrlarida asoratlarining va cho‘ziluvchan shakli rivojlanishining oldini olishga, hamda yuqumli kasalliklar bo‘limlarida yotoq kunlarini kamaytirishga imkon bergan va har bir bemorga davolanish kursi uchun 543490 so‘m miqdorida mablag‘ iqtisod qilingan (statsionar davolanishda bir bemorga kunlik oziq-ovqat 26786 so‘mni, dori-darmon esa 27563 so‘mni tashkil etdi. Bu bir bemorga kunlik sarflanadigan xarajatlarni 54349 so‘mga qisqartirishga yordam bergan). Xulosa: kesar kesish operatsiyasi bilan tug‘ilgan bolalarda ichak mikrobiotsenozi o‘zgarishi natijasida o‘tkir ichak infeksiyalari nisbatan ko‘p kuzatilishi va fiziologik yo‘l bilan tug‘ilgan bolalar bilan taqqoslanganda ularda og‘ir va cho‘ziluvchan kechishi aniqlanganligi, o‘tkazilgan tahlillar natijasida kasallik cho‘zilishi va asoratlarining oldini olish hisobiga, bir nafar bemorga byudjet mablag‘larini bir kunlik 54349 so‘mga iqtisod qilish imkoniyatiga erishilgan (bemorlarda kasallik asoratlari kuzatilmaganda o‘rtacha 5 kunlik statsionar davolanish 271745 so‘mni tashkil etgan). Bemor bolalarda koyka kunlari qisqarishi byudjet mablag‘larini 271745 so‘mga tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor 0-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari tashxisotida gaz suyuq xromatografiya usulida ichak mikroflorasi metabolik faolligi qisqa zanjirli yog‘ kislotalari miqdori va spektri bo‘yicha o‘rganilganda ichak mikroflorasi buzilishlari anae/ aerob flora metabolik faolligining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 25.06.2024 yil 11-son bilan tasdiqlangan “Kesar kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari tashxisotini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 11.07. 2024 yildagi 01-1386-sonli xati, Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.07.2024 yildagi 21-sonli buyrug‘i) amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.08.2024 yil 17-son) va Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 23.08.2024 yildagi 01/968 - sonli xati, Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.08.2024 yildagi 52-sonli buyrug‘i), amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.09.2024 yil 15-son) bilan amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy texnik kengashning 13.11.2024 yildagi 08/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 0-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari tashxisotida gaz suyuq xromatografiya usulida najasda qisqa zanjirli yog‘ kislotalarini aniqlash kasallik kechish xususiyatlarini aniqlashga va shu orqali kasallikka erta tashxis qo‘yish, davo choralarini takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: 0-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari tashxisotida gaz suyuq xromatografiya usulida ichak mikroflorasida qisqa zanjirli yog‘ kislotalari miqdori va spektrini aniqlash orqali laboratoriya xarajatlari tejalgan. Shu asosda bemorlarga (bir bemorga koprogramma, bakteriologik tahlil va antibiotik sezgirlik narxi 332000 so‘mni tashkil etgan) kasallikning erta muddatlarida tashxis qo‘yilishi natijasida bir bemorga laboratoriya xarajatlaridan 213500 so‘m iqtisod qilingan (Samarqand viloyat Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasining preyskurantiga asosan hisoblanadi). Xulosa: kesar kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bolalarning ichak mikroflorasini o‘rganish bolalarda o‘tkir yuqumli ichak infeksiyasiga erta muddatlarda tashxis qo‘yish va tashxisotini takomillashtirish orqali laboratoriya xarajatlarini tejashga erishilgan (bir bemorga laboratoriya tahlillari uchun byudjetdan 332000 so‘mlik reaktivlar sarflangan).
uchinchi ilmiy yangilik: kesar kesish yo‘li bilan tug‘ilgan 0-3 yoshgacha bo‘lgan, o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallangan bolalar najasida qisqa zanjirli yog‘ kislotalar spektri o‘zgarishi, bu guruhdagi bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari va respirator infeksiyalar birga kuzatilishi orasidagi (bronxiolit, pnevmoniya) bog‘liqlik asoslanganligi bo‘yicha olingan natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 25.06.2024 yil 11-son bilan tasdiqlangan “Kesar kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari tashxisotini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 11.07. 2024 yildagi 01-1386-sonli xati, Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.07.2024 yildagi 21-sonli buyrug‘i) amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.08.2024 yil 17-son) va Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 23.08.2024 yildagi 01/968 - sonli xati, Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.08.2024 yildagi 52-sonli buyrug‘i) amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.09.2024 yil 15-son) bilan amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy texnik kengashning 13.11.2024 yildagi 08/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kesar kesish yo‘li bilan tug‘ilgan 0-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari kechish xususiyatlarini o‘rganish kasallikka erta muddatlarda tashxis qo‘yish, kasallik asoratlarining va hamroh kasalliklar qo‘shilishining oldini olish chora-tadbirlarini belgilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kesar kesish yo‘li bilan tug‘ilgan 0-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining kechish xususiyatlarini o‘rganish hamroh kasalliklar qo‘shilishi va kasallik asoratlarining oldini olish hisobiga koyka kunlarini bir necha kunga qisqartirib, dori-darmon sarfini kamaytirish imkonini bergan. Bemorlarga sarflanadigan bir kunlik byudjet mablag‘lari 54349 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar 100000 so‘m miqdorida tejalgan (bir bemorga kunlik byudjetdan 27563 so‘mlik dori vositalari sarflangan). Xulosa: kesar kesish operatsiyasi bilan tug‘ilgan 0-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari kechish xususiyatlarini o‘rganish yuqumli kasalliklar bo‘limlarida o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallangan bolalarning davolash samaradorligini oshirib, kasallik asoratlari va hamroh kasalliklar qo‘shilishining oldini olish hisobiga bir kunlik 127563 so‘mlik mablag‘larni tejashga erdam bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallangan 0-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasallik etiologiyasini aniqlashda ilk marotaba gaz suyuq xromatografiya usulida tashxis qo‘yish qo‘llanilishi va diagnostik algoritm ishlab chiqilganligi bo‘yicha natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 25.06.2024 yil 11-son bilan tasdiqlangan “Kesar kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari tashxisotini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 11.07. 2024 yildagi 01-1386-sonli xati, Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.07.2024 yildagi 21-sonli buyrug‘i) amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.08.2024 yil 17-son) va Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 23.08.2024 yildagi 01/968 - sonli xati, Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.08.2024 yildagi 52-sonli buyrug‘i), amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.09.2024 yil 15-son) bilan amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy texnik kengashning 13.11.2024 yildagi 08/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallangan 0-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasallik etiologiyasini aniqlashda gaz suyuq xromatografiya usulini qo‘llash orqali kasallikka erta tashxis qo‘yish va kasallikning erta muddatlarida qiyosiy tashxis o‘tkazish imkoniyati yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallangan 0-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasallik etiologiyasini aniqlashda gaz suyuq xromotagrafiya usulini qo‘llash orqali takroriy kasallanishlar oldini olishga, yil davomida yuqumli kasalliklar bo‘limlarida yotoq kunlari sonini kamaytirish imkonini bergan va shu asosda bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘lari 271745 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘lar 100000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan (Samarqand viloyat Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi preyskurantiga asosan hisoblandi). Xulosa: 0-3 yoshgacha bo‘lgan o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallangan bolalarda tug‘ruq turiga bog‘liq kasallik etiologiyasini aniqlashda gaz suyuq xromatografiya usulini qo‘llash va kasallik qiyosiy tashxisotini o‘tkazishda diagnostik algoritmdan foydalanish ushbu kasallik tashxisotini takomillashtirishda yuqori samaradorlikni ko‘rsatgan, pediatrlar, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar, umumiy amaliyot shifokorlari, neonatologlar amaliyotida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: “Kesar kesish operatsiyasi bilan tug‘ilgan bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalarining kechish xususiyatlari” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashi raisiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 17.10.2024 yilda 11381-sonli xat yuborilgan.