Vafokulova Nargiza Hamzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta yoshdagi bolalarda norovirus infeksiyasi kechish xususiyatlari» 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3546.
Ilmiy rahbar: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Ra’no Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Rahmatullaeva Shahnoza Bahodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: erta yoshdagi bolalarda norovirus etiologiyali o‘tkir ichak infeksiyalarining klinik va laborator kechish xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Samarqand viloyatida ilk marotaba Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga o‘tkir ichak infeksiyalari tashxisi bilan yotqizilgan erta yoshdagi 0-3 oylik, 3-6 oylik, 6-9 oylik, 9-12 oylik bo‘lgan bolalarda norovirus 7% dan 23,6% gacha uchrashi aniqlangan;
erta yoshdagi bolalar orasida norovirus etiologiyali o‘tkir ichak infeksiyalari 114 nafar bolalarda monoinfeksiya, 212 nafar bolalarda mikst ko‘rinishda (norovirus-virus va norovirus-bakterial etiologiyali) kechishi, issiq iqlim sharoitida davomli o‘tishi tasdiqlangan;
ilk marotaba erta yoshdagi bolalarda norovirus infeksiyasining norovirus-virus mikst infeksiya ko‘rinishida noro-rotavirusli mikst turi, virus bakterial kechishida shartli patogen flora vakillari va kampilobakteriyali mikst turi ustunlik qilishi isbotlangan;
sog‘liqni saqlash amaliyotiga o‘tkir ichak infeksiyalarini tashxislashda immunoferment tahlil usulini kiritish erta muddatlarda kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqlash va dalillangan davolash usulini o‘z vaqtida o‘tkazish imkonini berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erta yoshdagi bolalarda norovirus infeksiyasi kechish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Samarqand viloyatida ilk marotaba Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga O‘II tashxisi bilan yotqizilgan erta yoshdagi 0-3 oylik, 3-6 oylik, 6-9 oylik, 9-12 oylik bo‘lgan bolalarda norovirus infeksiyasi 7% dan 23,6% gacha uchrashi bo‘yicha natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 25.06.2024 yil 11-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda norovirusli infeksiya kasalligini zamonaviy usullarda erta tashxislash” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan. Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 11.07. 2024 yildagi 01-1386-sonli xati, Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.07.2024 yildagi 21-sonli buyrug‘i) amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.08.2024 yil 18-son) va Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 23.08.2024 yildagi 01/968 - sonli xati, Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.08.2024 yildagi 52-sonli buyrug‘i), amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.09.2024 yil 16-son) bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy texnik kengashning 13.11.2024 yildagi 08/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga o‘tkir ichak infeksiyasi tashxisi bilan yotqizilgan erta yoshdagi bolalar orasida noma’lum etiologiyali o‘tkir ichak infeksiyalari etiologik strukturasida norovirus infeksiyasi o‘rni o‘rganilgan va erta yoshdagi bolalarda o‘tkir ichak infeksiyalari orasida norovirus infeksiyasi uchrash chastotasi ko‘rsatib berilgan. Iqtisodiy samaradorligi: erta yoshdagi bolalarda noma’lum etiologiyali o‘tkir ichak infeksiyalari etiologik strukturasida norovirus infeksiyasini o‘rganish adekvat davo o‘tkazilishiga va koyka kunlarining qisqarishiga, shu asosda har bir bemorga bir koyka kuni uchun 29450 so‘m miqdorida mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: erta yoshdagi bolalar orasida noma’lum etiologiyali o‘tkir ichak infeksiyalari etiologik strukturasida norovirus infeksiyasi o‘rnini o‘rganish erta yoshdagi bolalarda norovirus infeksiyasiga to‘g‘ri tashxis qo‘yish orqali byudjet mablag‘larini kuniga 26786 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni kuniga 91000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: erta yoshdagi bolalarda norovirus etiologiyali o‘tkir ichak infeksiyalari 114 nafar bolalarda monoinfeksiya, 212 nafar bolalarda mikst ko‘rinishda (norovirus-virus va norovirus-bakterial etiologiyali) kechishi, issiq iqlim sharoitida davomli o‘tishi tasdiqlanganligi haqidagi natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 25.06.2024 yil 11-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda norovirusli infeksiya kasalligini zamonaviy usullarda erta tashxislash» uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 11.07.2024 yildagi 01-1386-sonli xati, Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.07.2024 yildagi 21-sonli buyrug‘i) amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.08.2024 yil 18-son) va Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 23.08.2024 yildagi 01/968-sonli xati, Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.08.2024 yildagi 52-sonli buyrug‘i), amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.09.2024 yil 16-son) bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy texnik kengashning 13.11.2024 yildagi 08/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta yoshdagi bolalarda norovirusli monoinfeksiya klinik kechish xususiyatlarini aniqlashga va shu orqali kasallik erta tashxisotini takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: erta yoshdagi bolalarda norovirusli monoinfeksiya kechish xususiyatlarini o‘rganish issiq iqlim sharoitida kasallikning davomli o‘tishini hisobga olgan holda o‘z vaqtida tashxis qo‘yilishiga, kasallikning 3 oygacha bo‘lgan bolalarda og‘ir kechishining oldini olishga, yuqumli kasalliklar bo‘limlarida yotoq kunlarini kamaytirish imkonini berdi va har bir bemorga davolanish kursi uchun 380443 miqdorida mablag‘ iqtisod qilinishiga va adekvat davo o‘tkazilishi hisobiga bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qisqartirib, dori-darmon tejalishiga olib keldi (1 bemorga kuniga 27563 so‘mlik dori vositalari va 26786 so‘mlik oziq ovqat sarf qilingan). Xulosa: Samarqand viloyatida erta yoshdagi bolalarda issiq iqlim sharoitida norovirusli infeksiya mono va mikst (norovirus-virus va norovirus-bakterial) shaklida kechishini o‘rganish davolash samarasini oshirishi va kasallik asoratlarini kamaytirishi isbotlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba erta yoshdagi bolalarda norovirus infeksiyasining norovirus-virus mikst infeksiya ko‘rinishida noro-rotavirusli mikst turi, norovirus bakterial mikst turida shartli patogen flora vakillari va kampilobakteriyali turi ustunlik qilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 25.06.2024 yil 11-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda norovirusli infeksiya kasalligini zamonaviy usullarda erta tashxislash» uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 11.07. 2024 yildagi 01-1386-sonli xati, Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.07.2024 yildagi 21-sonli buyrug‘i) amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.08.2024 yil 18-son) va Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 23.08.2024 yildagi 01/968 - sonli xati, Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.08.2024 yildagi 52-sonli buyrug‘i), amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.09.2024 yil 16-son) bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy texnik kengashning 13.11.2024 yildagi 08/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: norovirus infeksiyasi virus virus kechishida noro-rotavirusli mikst turi, virus bakterial kechishida boshqa patogen mikroorganizmlar assotsiatsiyasida mikst kechishining klinik xususiyatlarini aniqlashga va shu orqali kasallikka erta tashxis qo‘yish, ratsional davo choralarini takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: erta yoshdagi bolalarda kasallik kechish xususiyatlarini o‘rganish ularda tashxisot sifatini yaxshilashga va laborator xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi. O‘II bilan kasallangan bemorlar shifoxonaga tushgan kunidan boshlab, standart bo‘yicha turli infeksiyalarga bakteriologik ekma uchun tahlil topshirishadi (bitta ozuqa muhiti o‘rtacha 58750 so‘mni tashkil etadi). Kasallikka o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yilishi natijasida bir bemorga laboratoriya xarajatlaridan 295000 so‘m iqtisod qilingan (bir bemorga bakteriologik tahlil 235000 so‘mni, antibiotik sezgirlik tahlili 60000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: erta yoshdagi bolalarda norovirus infeksiyasi monoinfeksiya va mikst shakllari kechish xususiyatlarini o‘rganish ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kasallik asoratlarining kamaytirish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sog‘liqni saqlash amaliyotiga o‘tkir ichak infeksiyalarini tashxislashda immunoferment tahlil usulini kiritish erta muddatlarda kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqlash va dalillangan davolash usulini o‘z vaqtida o‘tkazish imkonini berishi asoslanganligi bo‘yicha natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashi tomonidan 25.06.2024 yil 11-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda norovirusli infeksiya kasalligini zamonaviy usullarda erta tashxislash» uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 11.07. 2024 yildagi 01-1386-sonli xati, Jizzax viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.07.2024 yildagi 21-sonli buyrug‘i) amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.08.2024 yil 18-son) va Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining (Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 23.08.2024 yildagi 01/968 - sonli xati, Sirdaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasining 23.08.2024 yildagi 52-sonli buyrug‘i), amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi (23.09.2024 yil 16-son) bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy texnik kengashning 13.11.2024 yildagi 08/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inidagi muassasalarda noro- va boshqa virusli diareyalarni aniqlashda immunoferment tahlil (IgM va IgG) usulining amaliyotga tatbiq etilishi va tashxis qo‘yish algoritmi ishlab chiqilishi erta yoshdagi bolalarda norovirus infeksiyasiga erta tashxis qo‘yish va adekvat davolash usullarini takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir ichak infeksiyalari virus qo‘zg‘atuvchilarining iqtisodiy jihatdan kam mablag‘ talab etiladigan immunoferment tahlil usulini amaliyotga kiritish kasallikning erta muddatlarida tezkor tashxis qo‘yish imkoniyati (ushbu usulda tashxis qo‘yish bitta bemorga 25000 so‘mni, polimeraz zanjirli reaksiya usulida tashxis qo‘yish bitta bemorga 250000 so‘mni tashkil etadi) byudjet mablag‘larini 225000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 179654 so‘mga tejash imkonini berdi. Xulosa: erta yoshdagi bolalarda norovirusli infeksiya kasalligida tashxisot qo‘yish algoritmi, hamda zamonaviy usulda erta va samarali tashxislash usuli pediatrlar, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar, umumiy amaliyot shifokorlari, neonatologlar amaliyotida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Erta yoshdagi bolalarda norovirus infeksiyasi kechish xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashi raisiga Samarqand davlat Tibbiyot universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 17.10.2024 yilda 1382-sonli xati yuborilgan.