Kalanxodjaeva Durdona Baxromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xamkor bo‘lmagan g‘ilayliklarda diagnostik va xirurgik davolashni optimallashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2434.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Lola Djanonovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiet instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Jukova Ol`ga Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi); Zoxidov Ulugbek Bositovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston ko‘z kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik differensial belgilarini tahlil qilish asosida xamkor bo‘lmagan g‘ilaylik turlarini (Braun sindromi va A pattern) jarrohlik amaliyotini optimallashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Braun sindromida optimallashtirilgan keng jarrohlik yo‘li orqali kirish bilan bajariladigan yuqori qiyshiq mushakning tenektomiyasi va rezeksiyasi texnologiyasini qo‘llash uning (yuqori qiyshiq mushakning) qo‘shimcha oyoqchalarini birikkan joyini vizualizatsiya qilish, shuningdek, mushakning blokdan o‘tishini ta’minlash va skleraga qayta birikishining, xamda vortikoz venasi shikastlanishining oldini olishi isbotlangan;
ilk bor Braun sindromi bo‘lgan bolalarda yuqori qiyshiq mushakning qo‘ymich-pay kompleksining eng yaxshi ko‘rinishini ta’minlovchi yuqori aniqlikdagi T1 FSE-sagital, T2 FLAIR, T2 FSE-aksial, T2 FSE-koronar ketma-ketliklardan foydalangan holda ishlab chiqilgan magnit - rezonans tomografiyasi protokoli informativligi isbotlangan;
yuqori qiyshiq mushakning giperfunksiyasi bilan kechadigan A-pattern g‘ilaylikda keng jarrohlik yo‘li orqali kirish bilan bajariladigan orqa tenotomiya texnologiyasini qo‘llash to‘g‘riga qaraganda ko‘znig simmetrik xolatini buzmaydigan adduksiyada (anderatsiya) yuzaga keladigan ko‘zning vertikal og‘ishi va gipotropiyani bartaraf etishi isbotlangan;
yuqori qiyshiq mushakning giperfunksiyasisiz gorizontalomotorlarning transpozisiyasi jarrohlik usulidan foydalanish bir vaqtning o‘zida ko‘zning burilish burchagining vertikal va gorizontal qismlarini bartaraf etish yoki kamaytirishga erishish, shuningdek, boshning majburiy xolatini to‘g‘rilash va bolalarda A-pattern g‘ilaylikda bo‘yin mushak tizimiga qo‘shimcha jarrohlik aralashuvlarning oldini olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xamkor bo‘lmagan g‘ilayliklarda diagnostik va xirurgik davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Braun sindromida optimallashtirilgan keng jarrohlik yo‘li orqali kirish bilan bajariladigan yuqori qiyshiq mushakning tenektomiyasi va rezeksiyasi texnologiyasini qo‘llash uning (yuqori qiyshiq mushakning) qo‘shimcha oyoqchalarini birikkan joyini vizualizatsiya qilish, shuningdek, mushakning blokdan o‘tishini ta’minlash va skleraga qayta birikishining, xamda vortikoz venasi shikastlanishining oldini olishi isbotlangan. Ushbu natijalar «Bolalarda Braun sindromini jarrohlik yo‘li bilan davolashni optimallashtirish» (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashida tasdiqlangan, № 03/172-son 07.02.2024 y.) deb nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikni joriy etish: Respublika klinik oftal`mologiya shifoxonasi va (06.03.2024 y., 27-sonli buyrug‘i) va Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatga joriy etildi (01.03.2024 y., 01/0202-sonli buyrug‘i va 01.03.2024 y., 01/0201-sonli buyrug‘i) amaliyotlariga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda Braun sindromini o‘z vaqtida davolash kosmetik nuqson tufayli yuzaga keladigan psixologik travmaning oldini oladi, kelajakdagi kasbiy faoliyat sohasini kengaytiradi va umumiy hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Braun sindromini davolashning tavsiya etilgan usuli xarajatlarni tejashga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Taklif etilayotgan usulni amalga oshirish natijasida 1 qisqartirilgan to‘shak kuniga 900000 pul birligiga teng, qimmatroq, ammo klinik xususiyatlar qo‘shimcha xarajatlarni oqlaydi. Xulosa: ushbu texnologiyaning joriy etilishi erta tashhis qo‘yish va to‘g‘ri jarrohlik davolash taktikasini tanlash, bolalarda Braun sindromining jarrohlik asoratlarini oldini olish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor Braun sindromi bo‘lgan bolalarda yuqori qiyshiq mushakning qo‘ymich-pay kompleksining eng yaxshi ko‘rinishini ta’minlovchi yuqori aniqlikdagi T1 FSE-sagital, T2 FLAIR, T2 FSE-aksial, T2 FSE-koronar ketma-ketliklardan foydalangan holda ishlab chiqilgan magnit - rezonans tomografiyasi protokoli informativligi isbotlangan. Ushbu natijalar «Bolalarda Braun sindromini jarrohlik yo‘li bilan davolashni optimallashtirish» (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashida tasdiqlangan, № 03/172-son 07.02.2024 y.) deb nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikni joriy etish: Respublika klinik oftal`mologiya shifoxonasi va (06.03.2024 y., 27-sonli buyrug‘i) va Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatga joriy etildi (01.03.2024 y., 01/0202-sonli buyrug‘i va 01.03.2024 y., 01/0201-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: yuqori qiyshiq mushakning qo‘ymich-pay kompleksining eng yaxshi ko‘rinishini ta’minlovchi yuqori aniqlikdagi T1 FSE-sagital, T2 FLAIR, T2 FSE-aksiyal, T2 FSE-coronar ketma-ketliklardan foydalangan holda ishlab chiqilgan MRT protokoli bolalarda Braun sindromini aniqlashda eng optimal tashhislash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Braun sindromini davolashning tavsiya etilgan usuli xarajatlarni tejashga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Taklif etilayotgan usulni amalga oshirish natijasida 1 qisqartirilgan to‘shak kuniga 900000 pul birligiga teng, qimmatroq, ammo klinik xususiyatlar qo‘shimcha xarajatlarni oqlaydi. Xulosa: magnit-rezonans tomografiya Braun sindromi bo‘lgan bolalarda ko‘z patologiyalarining semiotikasini batafsil bayon qiladi. Eng ko‘p uchraydigan belgilar: yuqori qiyshiq mushak shishishi (70%) bilan tavsiflangan magnit-rnnezonans signalining kuchayishi, shuningdek, 10% xollarda yuqori qiyshiq mushak fibrozining asosiy belgisi bo‘lgan uning ingichkalashishi isbotlandi;
uchinchi ilmiy yangilik: yuqori qiyshiq mushakning giperfunksiyasi bilan kechadigan A-pattern g‘ilaylikda keng jarrohlik yo‘li orqali kirish bilan bajariladigan orqa tenotomiya texnologiyasini qo‘llash to‘g‘riga qaraganda ko‘znig simmetrik xolatini buzmaydigan adduksiyada (anderatsiya) yuzaga keladigan ko‘zning vertikal og‘ishi va gipotropiyani bartaraf etishi isbotlangan. Ushbu natijalar «Bolalarda vertikal g‘ilaylikning A-pattern shaklida klinik-diagnostik mezonlari va jarrohlik korreksiyalash» (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashida tasdiqlangan, № 03/172-son 07.02.2024 y.) deb nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikni joriy etish: Respublika klinik oftal`mologiya shifoxonasi va (06.03.2024 y., 27-sonli buyrug‘i) va Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatga joriy etildi (01.03.2024 y., 01/0202-sonli buyrug‘i va 01.03.2024 y., 01/0201-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda A - pattern sindromini o‘z vaqtida davolash kosmetik nuqson tufayli yuzaga keladigan psixologik travmaning oldini oladi, kelajakdagi kasbiy faoliyat sohasini kengaytiradi va umumiy hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: A-pattern shaklli g‘ilaylik jarrohlik yo‘li bilan korrksiyasing tavsiya etilgan usuli (pastki qiyshiq mushakning oldingi transpozisiyasi va orqa tenotomiya) samarali va uni amaliyotga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Taklif etilayotgan usulni amalga oshirish natijasida iqtisodiy samaradorlik 1 qisqartirilgan to‘shak kuniga 900000 pul birligiga teng bo‘ladi. Xulosa: A - patternda anderatsiya (yuqori qiyshiq mushakning giperfunksiyasi bilan) bo‘lgan bemorlarda yuqori qiyshiq mushakning orqa tenotomiyasini o‘tkazish juda samarali, chunki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarashda ko‘zlarning nosimmetrik xolatini buzmasdan, 96% xollarda og‘ish burchagini yo‘q qilishga olib keladi. A - patternda anderatsiyasiz (yuqori qiyshiq mushakning giperfunksiyasi bo‘lmagan) bemorlarda bir vaqtning o‘zida gorizontal og‘ish gorizontalomotorlarning transpozisiyasi samarali bo‘lib, bunda og‘ish burchagining vertikal komponenti bartaraf etilishi va boshning majburiy xolati 89% da tuzalishi qayd etildi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuqori qiyshiq mushakning giperfunksiyasisiz gorizontalomotorlarning transpozisiyasi jarrohlik usulidan foydalanish bir vaqtning o‘zida ko‘zning burilish burchagining vertikal va gorizontal qismlarini bartaraf etish yoki kamaytirishga erishish, shuningdek, boshning majburiy xolatini to‘g‘rilash va bolalarda A-pattern g‘ilaylikda bo‘yin mushak tizimiga qo‘shimcha jarrohlik aralashuvlarning oldini olishi isbotlangan. Ushbu natijalar «Bolalarda Braun sindromini jarrohlik yo‘li bilan davolashni optimallashtirish» va «Bolalarda vertikal g‘ilaylikning A-pattern shaklida klinik-diagnostik mezonlari va jarrohlik korreksiyalash» (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashida tasdiqlangan, № 03/172-son 07.02.2024 y.) deb nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikni joriy etish: Respublika klinik oftal`mologiya shifoxonasi va (06.03.2024 y., 27-sonli buyrug‘i) va Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatga joriy etildi (01.03.2024 y., 01/0202-sonli buyrug‘i va 01.03.2024 y., 01/0201-sonli buyrug‘i) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritm Braun sindromi va A-patternli bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash va ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Braun sindromi va A-patternli bemorlarni boshqarish uchun taklif qilingan algoritm davlatga ushbu guruh bemorlarini davolash bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish va operatsiyadan keyingi asoratlar sonini pasaytirish imkonini beradi. Taklif etilayotgan usulni amalga oshirish natijasida 1 qisqartirilgan to‘shak kuniga 900000 pul birligiga teng, bu qimmatroq hisoblanadi, ammo klinik xususiyatlari bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni oqlaydi. Xulosa: Olingan natijalarni amalga oshirish Braun sindromi va A-patternning rivojlanishi uchun xavf omillarini aniqlashga imkon berdi, bu ularning rivojlanishini o‘z vaqtida baholash va oldini olish, shuningdek, ushbu patologiyalar uchun jarrohlik davolashning to‘g‘ri taktikasini tanlash imkonini yaratdi