Yarashov Inomjon Kaxramon o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Funksional jadvallar asosida foydalanishni boshqarishning modellari va usullari», 05.01.05– Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/FM775.
Ilmiy rahbar: Kabulov Anvar Vosilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tuychiev G‘ulom Numonovich, fizika-matematika fanlari doktori; Saidov Abdusobirjon Abraxmonovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ma’lumotlarni himoya qilish va tizimlarning ishonchliligini ta’minlashni inobatga olgan holda axborot tizimining xavfsizligini algoritmik tahlil qilish, funksional jadvallar, formal model va qayta ishlashning mantiqiy usullar asosida subektlar foydalanishini boshqarishning algoritmik modelini ishlab chiqishdan iborat..
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
axborot tizimida berilganlarni qayta ishlash va himoya qilish uchun formal model hamda funksional jadvallar asosida axborot tizimining xavfsizligini algoritmik tahlil qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
funksional jadvallar asosida subektlarning foydalanishini boshqarish va axborot xavfsizligini ta’minlash uchun algoritmik model va usul yaratilgan;
axborot himoyasi tizimlarining ishonchliligini ta’minlash va ishonchli xavfsizlik mexanizmlari uchun funksional jadvallar va invariantlik prinsipini isbotlash asosida mantiqiy usul ishlab chiqilgan;
tahdidlarni aniqlash asosida optimal foydalanishni boshqarish uchun majorant algoritm ishlab chiqildi va majorant algoritmlar mavjudligiga oid teoremalar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiya ishida ishlab chiqilgan funksional jadvallar asosida subektlarni tizimga kirishi va foydalanishini boshqarishning algoritmik modeli, axborot tizimi xavfsizligining algoritmik tahlili, ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilishning formal modeli hamda tizimning ishonchliligini amalga oshirishning mantiqiy usuli joriy qilingan:
funksional jadvallar asosida subektlarni tizimga kirishi va foydalanishini boshqarishning algoritmik modeli hamda axborot tizimi xavfsizligining algoritmik tahlilidan BV-M-F4-004 “Funksional jadvallar algebrasi asosida murakkab tizimlar boshqarishini algoritmlashtirish prinsiplarini ishlab chiqish” fundamental loyihasida murakkab tizim jarayonlarini algoritmlashtirishda foydalanilgan(Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining 2024-yil 20 maydagi №04/11-4409 sonli ma’lumotnomasi).Ilmiy natijalarni qoʻllash murakkab tizimlarni algoritmlashtirish va tahlil qilish imkonini bergan;
axborot xavfsizligi tizimi jarayonlarida ("Kiberxavfsizlik markazi" DUK ning 2024-yil 13 maydagi №01/1442 sonli ma’lumotnomasi) funksional jadvallar asosida axborot tizimining samarali ishlashini ta’minlashning ishonchli xavfsizlik mexanizmini va uni taqsimlash funksiyalarini invariantlik prinsipi hamda tahdidlarni aniqlashga asoslangan moslashuvchan foydalanishni boshqarishning majorant algoritmlari axborot tizimining himoyalanganlik darajasini 8% ga oshirish imkoni bergan.