Anvarova Ekaterina Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Periferik limfa tugunlari sil kasalligining ul`tratovush tashhislashni takomillashtirish”, 14.00.26 – Ftiziatriya, 14.00.19 – Klinik radiologiya. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3212.
Ilmiy rahbarlar: Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dadam`yans Nataliya Gamletovna, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik Sh.A. Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/01.04.2023.Tib.160.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Adilxodjaev Askar Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamadalieva Yashnar Mamasolievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: ko‘p parametrlik diagnostik usullarni tadbiq etish orqali periferik limfa tugunlari tuberkulyozining tashxislash, prognozlash va davolash taktikasini tanlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kulrang shkala rejimidagi ul`tratovush tashhislash, dopplerografiya va kompression elastografiya natijalari asosida tuberkulyozga chalingan bemorlarning limfa tugunlarida proliferativ va destruktiv o‘zgarishlarning xos patternlarining ishonchligi isbotlangan;
spesifik yallig‘lanishning bosqichini aniqlash uchun ko‘p ko‘rsatkichli tekshiruvda kompression elastografiyaning yuqori diagnostik qiymati ilmiy jihatdan asoslangan xamda limfa tugunlaridagi destruktiv o‘zgarishlarni aniqlashda V rejimidagi ultratovush tashhislashning ko‘p ma’lumot berishi isbotlangan;
periferik limfa tugunlari tuberkulyozida spesifik yallig‘lanish bosqichlarini aniqlash uchun mezonlar, jumladan dopplerografiyada tezlik ko‘rsatkichlari va rezistentlik indeksini aniqlash, shuningdek kompression elastografiyada to‘qimalarning qattiqlik koeffisienti, patternlarning rangli xaritasi bilan ishlab chiqilgan.
periferik limfa tugunlari tuberkulyoziga jarrohlik aralashuvining zarurati va hajmini aniqlash uchun bemorni tanlashda ko‘p ko‘rsatkichli yondashuvdan foydalanish samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/09-sonli majlis bayonnomasi asosida berilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotda qo‘llash to‘g‘risidagi xulosasiga muvofiq:
birinchi ilmiy yangilik: kulrang shkala rejimidagi ul`tratovush tashhislash, dopplerografiya va kompression elastografiya natijalari asosida tuberkulyozga chalingan bemorlarning limfa tugunlarida proliferativ va destruktiv o‘zgarishlarning xos patternlarini tanlashdan iborat. Ularni qo‘llash tartibi periferik limfa tugunlari tuberkulyozida spesifik yallig‘lanish bosqichlarini diagnostik algoritmida tahlil qilinib, Toshkent shahar ftiziatriya va pul`monologiya klinik shifoxonasi (bosh shifokorning 2024 yil 7 noyabrdagi 61-sonli buyrug‘i) va Toshkent viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (direktorning 2024 yil 12 noyabrdagi 271-sonli buyrug‘i) amaliy faoliyatiga kiritilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan diagnostik algoritmdan foydalanish natijalari ko‘ra, keraksiz jarrohlik aralashuvlarning barqaror qisqarishiga erishilib, bemorlarning turmush farovonligini sezilarli darajada yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritm bemorning yotoqda yotish vaqtini 56 kundan 48 kungacha qisqartirish va shu orqali har bir bemor uchun kuniga 207000 ming so‘m yoki tahlil qilinayotgan barcha bemorlar uchun kuniga 31000050 (n=150) so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish: boshqa davolash-profilaktika muassasalarida “Periferik limfa tugunlari tuberkulyozining ul`tratovushli diagnostikasini takomillashtirish” mavzusida dissertatsion tadqiqotning ilmiy yangiliklarini joriy qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 2024 yil 14 noyabrda 01-22111-sonli xat yuborilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: spesifik yallig‘lanishning bosqichini aniqlash uchun ko‘p ko‘rsatkichli tekshiruvda kompression elastografiyaning yuqori diagnostik qiymati ilmiy jihatdan asoslangan xamda limfa tugunlaridagi destruktiv o‘zgarishlarni aniqlashda V rejimidagi ultratovush tashhislashning ko‘p ma’lumot berishiga asoslanib ishlab chiqilgan prinsipial yangi tashxislash algoritmi Toshkent shahar Ftiziatriya va Pul`monologiya klinik shifoxonasi (bosh shifokorning 07.11.2024 yildagi 62-sonli buyrug‘i) va Toshkent viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (direktorning 12.11.2024 yildagi 271-sonli buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritm minimal invaziv kirishni differensirlagan holda qo‘llash hamda operatsiyada ichki va keyingi jarohatlarni kamaytirishi hisobiga bemorlarning turmush farovonligini sezilarli darajada yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmni amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligi birinchi ilmiy yangilik uchun ko‘rsatilganlar bilan bir xil. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish: 2024 yil 14 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ilmiy tadqiqot natijalarini boshqa davolash-profilaktik muassasalariga joriy etishni kengaytirish to‘g‘risida 01-22111-sonli xat yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: periferik limfa tugunlari tuberkulyozida spesifik yallig‘lanish bosqichlarini aniqlash uchun mezonlar, jumladan dopplerografiyada tezlik ko‘rsatkichlari va rezistentlik indeksini aniqlash, shuningdek kompression elastografiyada to‘qimalarning qattiqlik koeffisienti, patternlarning rangli xaritasi Toshkent shahar Ftiziatriya va Pul`monologiya klinik shifoxonasi (bosh shifokorning 07.11.2024 yildagi 62-sonLI buyrug‘i) va Toshkent viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (direktorning 12.11.2024 yildagi 271-sonli buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: periferik limfa tugunlari tuberkulyozida bosqichlarni aniqlashning yangi xavfsiz va samarali usulini qo‘llash orqali bemorlarning turmush farovonligini yaxshilaydigan algoritm ishlab chiqilgan bo‘lib, u jarrohlik aralashuvi uchun ishonchli tanlash mezonlarini ta’minlaydigan shaxsiy yondashuvni ko‘rib chiqadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: periferik limfa tugunlari tuberkulyozining bosqichlarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish birinchi ilmiy yangilik uchun ko‘rsatilganlar bilan bir xil. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish: Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2024 yil 14 noyabrda ushbu ilmiy tadqiqot natijalarini boshqa davolash-profilaktik muassasalariga joriy etishni kengaytirish to‘g‘risida 01-22111-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: periferik limfa tugunlari tuberkulyoziga jarrohlik aralashuvining zarurati va hajmini aniqlash uchun bemorni tanlashda ko‘p ko‘rsatkichli yondashuvdan foydalanish samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan, taklif etilayotgan yangi algoritm Toshkent shahar Ftiziatriya va Pul`monologiya klinik shifoxonasi (bosh shifokorning 07.11.2024 yildagi 62-sonli buyrug‘i) va Toshkent viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va Pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (direktorning 12.11.2024 yildagi 271-sonli buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: periferik limfa tugunlari tuberkulyozida bosqichlarni aniqlashning yangi xavfsiz va samarali usulini qo‘llash orqali bemorlarning turmush farovonligini yaxshilaydigan algoritm ishlab chiqilgan bo‘lib, u jarrohlik aralashuvi uchun ishonchli tanlash mezonlarini ta’minlaydigan shaxsiy yondashuvni ko‘rib chiqadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: periferik limfa tugunlari tuberkulyozining bosqichlarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish birinchi ilmiy yangilik uchun ko‘rsatilganlar bilan bir xil. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish: Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2024 yil 14 noyabrda ushbu ilmiy tadqiqot natijalarini boshqa davolash-profilaktik muassasalariga joriy etishni kengaytirish to‘g‘risida 01-22111-sonli xat yuborilgan.