Egamberdiev Bobir Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shoshilinch jarroxlikda semizlik fonida tashrixdan keyingi safroli oqmalarda jarroxlik taktikasini takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4151.
Ilmiy rahbar: Botirov Akram Kodiralievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musashayxov Xusan Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: semizlik fonida toshli xolesistitning shoshilinch jarrohligida xirurgik taktikani optimallashtirish orqali safro oqishini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
semizlik fonida toshli xolesistitning shoshilinch jarrohligida safro oqishi holatlarida tashrixdan keyingi asoratlar, chastotasi, xususiyatlari va sabablari aniqlangan;
semizlik fonida kal`kulyoz xolesistitning shoshilinch jarrohligida safro oqishi holatlarida xirurgik taktikani optimallashtirish imkonini beruvchi takomillashtirilgan tashxisot va davolash yondashuv ishlab chiqilgan;
semizlik fonida kal`kulyoz xolesistitning shoshilinch jarrohligida tashrixdan keyingi safro oqishida yaxshiroq areflyuks xususiyatlarga ega bo‘lgan, xoledoxoduodenoanastomoz stenozini bartaraf qilish hamda xolangit va choklar etishmovchiligi rivojlanishi ehtimolini kamaytirish bilan tavsiflanuvchi modifikatsiyalangan invaginatsion qiyshiq-ko‘ndalang xoledoxoduodenoanastomoz usuli ishlab chiqilgan;
kal`kulyoz xolesistitning shoshilinch jarrohligida asorat sifatida tashrixdan keyingi safro oqishida semizlik darajasi, asorat sabablari va yig‘ilgan safro suyuqligi miqdorini inobatga olgan holda kaminvaziv yoki ochiq usuldagi qayta tashrixlarni o‘tkazishga ko‘rsatmalarni aniqlashtirish bilan tavsiflanuvchi xirurgik taktika ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Semizlik fonida toshli xolesistitning shoshilinch jarrohligida safro oqishini davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 8/5-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: semizlik fonida toshli xolesistitning shoshilinch jarrohligida safro oqishi holatlarida tashrixdan keyingi asoratlar, chastotasi, xususiyatlari va sabablari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha buyruq (04.05.2024 y.; №79) va RShTYoIM Farg‘ona filiali bo‘yicha buyruq (18.10.2024 y.; №138) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Semizlik fonidagi o‘tkir toshli xolesistitni xirurgik davolashda tashrixdan keyingi safro oqishi holatlarida tashrixdan keyingi asoratlar hamda o‘limning tuzilishi, chastotasi, xususiyatlari va sabablarini inobatga olish asoratlar chastotasini kamaytiradi va bemorlar xayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizlik fonidagi o‘tkir toshli xolesistitni xirurgik davolashda tashrixdan keyingi safro oqishi holatlarida tashrixdan keyingi asoratlar hamda o‘limning tuzilishi, chastotasi, xususiyatlari va sabablarini inobatga olgan holda xirurgik taktikani takomillashtirish natijasida 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddati o‘rtacha 10,8 kundan 5,4 kungacha qisqarib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 999 ming so‘mga kamaygan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: takomillashtirilgan xirurgik taktikani amaliyotga joriy qilinishi bilan yotoq-o‘rin aylanmasining hisobiga harajat kamayishidan bir nafar bemor uchun 999 ming so‘mni, tadbiq ko‘lami bo‘yicha o‘rtacha (29 bemor) 28971000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: semizlik fonida kal`kulyoz xolesistitning shoshilinch jarrohligida safro oqishi holatlarida xirurgik taktikani optimallashtirish imkonini beruvchi takomillashtirilgan tashxisot va davolash yondashuv ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha buyruq (04.05.2024 y.; №79) va RShTYoIM Farg‘ona filiali bo‘yicha buyruq (18.10.2024 y.; №138) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. semizlik fonida kal`kulyoz xolesistitning shoshilinch jarrohligida safro oqishi holatlarida ishlab chiqilgan tashxisot va davolash algoritmining qo‘llanilishi asoratlarni erta tashxislash va davolashning maqbul usulini tanlash imkonini beradi, natijada bemorlarda jarrohlik amaliyotlaridan nogironlikni kamaytirishga va mehnat qobiliyatini tiklashga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan tashxisot va davolash algoritmining qo‘llanilishi sababli davolashga sarflangan harajatlarning pasayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun (preyskurant bo‘yicha 1 kunlik yotoq o‘rin 270 ming so‘m) 999 ming so‘m pul tejalishiga imkon bergan. Xulosa: tashrixidan keyingi asoratlarni oldini olishga sarflangan materiallar va dori vositalarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun 9970000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: semizlik fonida kal`kulyoz xolesistitning shoshilinch jarrohligida tashrixdan keyingi safro oqishida yaxshiroq areflyuks xususiyatlarga ega bo‘lgan, xoledoxoduodenoanastomoz stenozini bartaraf qilish hamda xolangit va choklar etishmovchiligi rivojlanishi ehtimolini kamaytirish bilan tavsiflanuvchi modifikatsiyalangan invaginatsion qiyshiq-ko‘ndalang xoledoxoduodenoanastomoz usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha buyruq (04.05.2024 y.; №79) va RShTYoIM Farg‘ona filiali bo‘yicha buyruq (18.10.2024 y.; №138) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. semizlik fonida kal`kulyoz xolesistitning shoshilinch jarrohligida tashrixdan keyingi safro oqishida invaginatsion qiyshiq-ko‘ndalang xoledoxoduodenoanastomozning modifikatsiyalangan usuli XDA stenozini bartaraf qilish hamda xolangit va choklar etishmovchiligi rivojlanishi ehtimolini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan xoledoxoduodenoanastomozning modifikatsiyalangan usulini amaliyotga joriy qilish 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 10,8 kundan 5,4 kungacha qisqartirishi xisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan xoledoxoduodenoanastomozning modifikatsiyalangan usuli yotoq-o‘rin aylanmasining oshishi hisobiga harajat kamayishidan 1350000 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: semizlik kal`kulyoz xolesistitning shoshilinch jarrohligida asorat sifatida tashrixdan keyingi safro oqishida semizlik darajasi, asorat sabablari va yig‘ilgan safro suyuqligi miqdorini inobatga olgan holda kaminvaziv yoki ochiq usuldagi qayta tashrixlarni o‘tkazishga ko‘rsatmalarni aniqlashtirish bilan tavsiflanuvchi xirurgik taktika ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha buyruq (04.05.2024 y.; №79) va RShTYoIM Farg‘ona filiali bo‘yicha buyruq (18.10.2024 y.; №138) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Ishlab chiqilgan xirurgik taktikani qo‘llash asoratlar chastotasini kamaytirishga, xayot sifatini oshirishga, shuningdek o‘limi chastotasini pasaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan taktikadan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 270000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 270000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan taktika kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartiradi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu usul qo‘llanilgan 29 nafar bemorlarda 1 kun uchun 7830000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi.