Turakulova Zarina Mardonkulovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr oxiri – XXI asr boshida rus frazeologiyasi lug‘at tarkibi va manbalarining o‘zgarishi” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil2703
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Evgeniy Andreevich Malinovskiy.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Kiselev Dmitriy Anatolevich; filologiya fanlari nomzodi, dotsent Zinin Evgeniy Andreevich
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arxaizatsiya jarayonining qonuniyatlarini belgilash, rus tili lug‘atlari va internet manbalari orqali rus tilining frazeologik tarkibining yangilanishi, shuningdek internet-diskurs nuqtai nazaridan neofrazeologizmlar tarkibida sodir bo‘layotgan faol jarayonlarni aniqlashdan iborat (Internet sharhlari, demotivatorlar va antimaqollar).
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlatilmay qolgan, eskirgan va tarixiy so‘zlarning semantik-stilistik vazifasi va ularning frazeologik lug‘atlar va ma’lumotnomalar vositasida tilda faoliyat ko‘rsatish sohasi aniqlangan;
lug‘at manbalarida yuqori darajali semantik bog‘liqlikka ega frazeologik birliklar orasidan eskirgan bibleizmlar, tarkibida nekrotizm hamda eskirgan grammatik shakllarga ega frazeologik birliklar asoslangan;
yangi frazeologik birliklarning paydo bo‘lishiga va faol foydalanishdan chiqib ketishiga sabab bo‘lgan zamonaviy rus tilidagi tendensiyalar belgilandi va dinamik jarayonlar asoslandi, shuningdek, internet-diskurs rus tilining so‘z boyligini turg‘un birikmalar va ularning o‘zgarishlari bilan boyitishining yangi manbai sifatida tahlil qilingan;
internet-diskursda yangi stilistik bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan frazeologik birliklarning paydo bo‘lish omillari internet sharhlar, demotivatorlar va antimaqollar misolida zamonaviy media makonda eskirgan frazeologik birliklarni transformatsiya va yangi frazeologik birliklarni shakllantirish usullari sifatida belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XX-XXI asrlardagi eskirgan frazeologik birliklar va frazeologizm-neologizmlar hamda ularning manbalari nazariy va amaliy tadqiq etilishi asosida olingan ilmiy natijalar asosida quyidagilar joriy qilingan:
eskirgan bibleizmlarni, tarkibida nekrotizm bo‘lgan eskirgan frazeologik birliklarni hamda tarkibida shakllantiruvchi va so‘z yasovchi affikslarning samarasizligi va ularni zamonaviy rus tilida boshqa formantlar bilan almashtirish tufayli ishlatilmaydigan eskirgan grammatik shakllari bo‘lgan frazeologizmlarni aniqlash maqsadida lug‘at manbalarini o‘rganish bo‘yicha tavsiyalardan 561624-EPR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHEIMEP “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” loyihasi amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 25-maydagi №1078/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rus tilida eskirgan frazeologik birliklar aniqlangan;
o‘zlashtirilgan so‘zlardan hosil bo‘lgan yangi turg‘un iboralarni va til lug‘at tarkibini yangi frazeologizmlar va frazeologik birliklarning veb-makondagi o‘zgarishlari bilan boyitgan internet-diskursni aniqlab bergan rus tili taraqqiyotining dinamik jarayonlarini tahlil qilish bo‘yicha bildirilgan takliflardan 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR ASTON UNIVERSITY DeNEL «Developing the teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes» loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 25-maydagi 1075/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rus tilining frazeologik fondini to‘ldirish manbai sifatida internet-diskursning innovatsion yoʻnalishi tadqiq etilgan;
yangi, stilistik ma’noga ega frazeologik iboralarning internet-diskursda hosil bo‘lish omillarini zamonaviy rus tilining frazeologik birliklari bilan boyitilish manbalari sifatidagi internet sharhlari, demotivatorlar va antimaqollar misollari vositasida tahlil qilish asosidagi natijalaridan I-204-4-5 “ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 25-maydagi 1079/02-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, zamonaviy neofrazeologizmlarning veb-makondagi vazifalari aniqlangan;
qo‘llanishdan chiqib ketgan arxaizmlar va istorizmlarning semantik-stilistik rolini hamda ularning tilda qo‘llanish doirasini frazeologik lug‘atlar va ma’lumotnomalar orqali o‘rganish bo‘yicha bildirilgan takliflardan “Salom, Samarqand!” teleradio ko‘rsatuvida foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-maydagi 01-07/132-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rus tili arxaizmlari va istorizmlarining amaliy materiallari A. N. Tixonov, A. I. Fyodorov, A. V. Jukov, A. P. Evgeneva va boshqalarning frazeologik va izohli lug‘atlar vositasida tahlil qilingan.