Komilova Maxfuza Mirzasulton qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Virusga qarshi dori vositalarini ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlari», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Far77.
Ilmiy rahbar: Karieva Yoqut Saidkarimovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxtaev Xakim Raxmonovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Mamatxanova Muniraxon Axmatxon qizi, texnika fanlari doktori, katta  ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antiretrovirus terapiyasida qo‘llaniladigan efavirenz va nevirapin kapsulalarining ilmiy asoslangan tarkiblari va texnologiyalarini ishlab chiqish, ularni standartlash ishlarini amalga oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tajribani matematik rejalashtirish usulida antiretrovirus terapiyasida qo‘llash uchun mo‘ljallangan efavirenz kapsulalari uchun yordamchi moddalar majmuasi tanlangan va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
turli yordamchi moddalarni saqlagan kapsulanadigan massalarning texnologik xossalarini qiyosiy o‘rganish natijasida, nevirapin kapsulalari uchun tarkib taklif etilgan va nam donadorlash usulida olish texnologiyasi yaratilgan;
antiretrovirus ta’sirga ega efavirenz va nevirapin kapsulalarining standartlash ishlari amalga oshirilgan va ular uchun spesifikatsiya ishlab chiqilgan;
texnologiyasi ishlab chiqilgan efavirenz va nevirapin kapsulalarini biofarmatsevtik nuqtai nazardan baholash uchun «Eruvchanlik» sinovini o‘tkazish sharoitlari ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Virusga qarshi dori vositalarini ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Efavirenz» kapsulasi uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasining 2024 yil 11 dekabrdagi 41/11-16180-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi mahalliy farmatsevtik ishlab chiqaruvchi korxanaga samarali antiretrovirus dori vositasi texnologiyasini joriy qilish imkonini beradi;
«Nevirapin» kapsulasi uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasining 2024 yil 11 dekabrdagi 41/11-16181-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi yuqori samaradorlikga ega antiretrovirus dori vositalar assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
«Efavirenz» kapsulasi uchun tajriba sanoat reglamenti MChJ «Samarkand-England Eco-Medical» QK  bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 7697-0211-2024). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida OIV-infeksiyasiga qarshi qo‘llaniladigan dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish