Xolikova Sevara Djasurovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ayrim jipslashgan ko‘p yadroli mono- hamda besh a’zoli biazotsiklik hosilalar sintezi, xususiyatlari va texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/T843.
Ilmiy maslahatchi: Kadirov Xasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, profeccor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, profeccor; Muxiddinov Baxodir Fahriddinovich, texnika fanlari doktori, profeccor; Toshev Akmal Yusupovich,  texnika fanlari doktori, profeccor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kondensatsiyalangan ko‘p yadroli mono va besh a’zoli biazotsiklik birikmalar tayyorlash, ular asosida korroziya ingibitorlarini ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor karbonilli birikmalar va aromatik aminlarni geterotsikllash uchun d-metall oksidlari va ftoridlari asosida yuqorisamarali va barqaror katalizatorlar tarkibi ishlab chiqilib, xinolin hosilalari sintezida  selektivligi isbotlangan; 
anilin va kroton al`degidni katalitik geterotsikllash reaksiyasi maqbul sharoitlari aniqlanib, 4-metilxinolin Skraup qoidasiga zid hosil bo‘lishi mexanizmi asoslangan;
olingan xinolin hosilalari asosli tarkib, metallar korroziyasining ingibitorlari sifatida sinab ko‘rilib, himoyalash darajasi 90 % dan kam emasligi isbotlangan;
uch kislota fraksiyasi va etilendiaminning geterohalqalanishidan xossalari avvaldan belgilangan biazogeteroatomli alkilimidozolinlar sintez qilinib, karbon kislotalar va etilendiaminning 2-alkil-2-imidozolingacha geterohalqalanishi neytrallash, atsillash va sikllanish mexanizmida amalga oshishi asoslangan;
reagentlarning termik ta’siri va ularni reaksion muhitga kiritish tartibini nazorat qilish orqali geterohalqalash jarayonida diamidlarning hosil bo‘lishini minimal miqdorlargacha kamaytirish tizimi isbotlangan; 
uch kislota fraksiyasi va etilendiaminni geterohalqalashdan olingan korroziya ingibitorlari neft qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalarini 8-12 mg/l gacha dozalarda 90 % dan kam bo‘lmagan samara bilan himoyalashi isbotlangan;
ingibitorning kam dozalarda yuqori samarali ekanligi azot atomlarining geterohalqada tutash sistemada joylashgani va adsorbsiya qoidalariga mos erituvchilarda qiyin eriydigan barqaror plyonka hosil qiluvchi alkil guruhlarining zanjir uzunligi bilan asoslangan;
kondensirlangan geterotsiklik birikmalar - xinolin hosilalari, uch kislota fraksiyasi va etilendiamin asosida tarkibida minimal miqdor kislota diamidlari saqlagan alkilimidozolinlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jipslashgan ko‘p halqali va ikki azot geteroatomli geterotsiklik hosilalar olish, fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash, ular asosida korroziya ingibitorlari ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
xinolin, alkilxinolinlar asosida korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi Shurtangaz kimyo majmuasida qo‘llanilgan (Shurtangaz kimyo majumasining 2023 yil 24 yanvardagi 589-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona qurilmalarini korroziyadan himoyalash va uzoq muddatlar samarali ekspulatatsiya qilish imkonini bergan;
anilinning kroton fraksiyasi bilan katalitik geterotsikllanish mahsulotlari asosida olingan korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi Shurtangaz kimyo majmuasining «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish buyicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Shurtangaz kimyo majumasining 2023 yil 24 yanvardagi 589-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinuvchi xorijiy SNPX preparatni, mahalliy «IK-XXS» seriyadagi korroziya ingibitorlari bilan almashtirish imkonini beradi;
uch kislota fraksiyasi va etilendiamin asosida korroziya ingibitori ishlab chiqarish texnologiyasi Shurtangaz kimyo majmuasining «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Shurtangaz kimyo majumasining 2023 yil 24 yanvardagi 589-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida minimal miqdorlarda diamidlar saqlovchi yuqori samarali korroziya ingibitorlari ishlab chiqarish imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish