Xayriev Elyor Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning mediakompetentligini kompyuter imitatsion modellar asosida takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha (Informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8479.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsanov Uralboy Muxammadievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Gulston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning mediakompetentlikni kompyuter imitatsion modellar asosida takomillashtirishga oid resurslar yaratish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar mediakompetentligini kompyuter imitatsion modellar asosida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tizimli, informatsion, imitatsion yondashuvlarni yagona didaktik maqsad yo‘lida uyg‘unlashtirish hamda mediasavodxonlik, informatsion tahdid, internet xavfsizligi tushunchalarini tasniflashga ustuvorlik berish va imitatsion modellarni yaratishga transformatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning mediakompetentligini kompyuter imitatsion modellar asosida takomillashtirish jarayoni subekt-subekt ijodiy faol munosabatlarini “experience exchange”, “technical consulting” va “rotation” ta’lim tizimiga adaptatsiyalash, kooperatsiyalash va dasturiy interfeyslarni qo‘llab quvvatlash didaktik, metodik, ergonomik talablarini aniqlashtirish  va sinxron-asinxron moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalar mediakompetentligini kompyuter imitatsion modellar asosida rivojlantirishning dasturiy ta’minotini yaratuvchi texnologiyalari mobillik, integrativlik interfeys dizaynini hisobga olish hamda mediakompetensiyalarni rivojlantirishning dasturiy ta’minotini tahlil qilish, fan va bilimlarni korporatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalar mediakompetentligini kompyuter imitatsion modellar asosida rivojlantirish samaradorligi rivojlantiruvchi vositalarni yaratishga qaratilgan MSCM platformasi mazmunini intensivlashtirish hamda interaktiv texnologiyalarni qo‘llash, interfaol nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish va modellashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning mediakompetentligini kompyuter imitatsion modellar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalar mediakompetentligini kompyuter imitatsion modellar asosida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tizimli, informatsion, imitatsion yondashuvlarni yagona didaktik maqsad yo‘lida uyg‘unlashtirish hamda mediasavodxonlik, informatsion tahdid, internet xavfsizligi tushunchalarini tasniflashga ustuvorlik berish va imitatsion modellarni yaratishga transformatsiyalash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7562/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalar mediakompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari (tizimli, informatsion, imitatsion yondashuvlar va kompyuter imitatsion modelli) kengaytirilgan;
talabalarning mediakompetentligini kompyuter imitatsion modellar asosida takomillashtirish jarayoni subekt-subekt ijodiy faol munosabatlarini “experience exchange”, “technical consulting” va “rotation” ta’lim tizimiga adaptatsiyalash, kooperatsiyalash va dasturiy interfeyslarni qo‘llab quvvatlash didaktik, metodik, ergonomik talablarini aniqlashtirish  va sinxron-asinxron moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7562/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mediakompetentligi rivojlantirishga oid dasturiy vositalar bilan ishlash malakalari rivojlangan;
talabalar mediakompetentligini kompyuter imitatsion modellar asosida rivojlantirishning dasturiy ta’minotini yaratuvchi texnologiyalari mobillik, integrativlik interfeys dizaynini hisobga olish hamda mediakompetensiyalarni rivojlantirishning dasturiy ta’minotini tahlil qilish, fan va bilimlarni korporatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7562/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mediakompetentligi didaktik dasturiy ta’minotlarni tahlil qilish va fan va bilimlarni kooperatsiyalash kompetensiyalari rivojlanishiga xizmat qilgan;
talabalar mediakompetentligini kompyuter imitatsion modellar asosida rivojlantirish samaradorligi rivojlantiruvchi vositalarni yaratishga qaratilgan MSCM platformasi mazmunini intensivlashtirish hamda interaktiv texnologiyalarni qo‘llash, interfaol nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish va modellashtirish asosida  takomillashtirishga oid takliflar “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7562/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mediakompetentligi MSCM platformasi foydalanish asosida imitatsion modellar yaratish malakalari rivojlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish