Yulbarsov Ochilbek Obidjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.  
      Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili veb korpusi yordamida sohaviy neologizmlar bazasini yaratish”.
     10.00.01 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil3046
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor
           Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc. 03/25.2021.Fil.01.16
    Rasmiy opponentlar: Vositov Valijon Abduvaxobovich filologiya fanlari doktori, dotsent, Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li filologiya fanlari doktori (DSc). 
     Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sohaviy neologizmlarga oid ilmiy qarashlarni nazariy jihatdan tadqiq qilish hamda o‘zbek tilidagi veb korpuslar asosida ularning  lingvistik bazasini yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    o‘zbek tili kompyuter lingvistikasi uchun neologik ma’lumotlar bazasini yaratishda korpusga asoslangan tahlilning nazariy asoslari dalillandi;
    sohaviy neologizmlar bazasini tuzishda veb korpusni yaratish bosqichlarining amaliy jihatlari ochib berildi; 
    sohaviy neologizmlar bazasini tuzishda o‘zbek tili elektron korpusi negizida ijtimoiy tarmoqlar veb matnlarining sub korpusini yaratish bosqichlarining amaliy jihatlarini tahlil qilish hamda ularning metam’alumotini dasturga kiritildi;
    korpus asosida ochiq platforma tizimi – http://neologizm.uz/ saytini yaratish orqali sohaviy neologizmlar bazasi shakllantirildi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili veb korpusi orqali sohaviy neologizmlar bazasini shakllantirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
    veb korpusga asoslangan sohaviy neologizmlar bazasi asosida yaratilgan ochiq platforma tizimi – http://neologizm.uz/ o‘zbek tiliga kirib kelgan neologizmlarning nazariy tahlilini taqdim etadi va ularning sohaviy neologizmlar bazasidagi lingvistik birliklarning leksik-semantik hamda struktur modellarini ko‘rsatadi. Ushbu tahlil natijalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-iyuldagi 04/1-1728-sonli ma’lumotnomasi). Qolaversa, o‘zbek tiliga kirib kelgan neologizmlarning izohli elektron lug‘atini yaratishning ilmiy-nazariy asoslaridan ilmiy manba sifatida foydalanildi;
    neologizmlarning sohaviy klassifikatsiyasi hamda yangi so‘zlar lug‘atini yaratish, ularning nazariy asoslaridan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL–20-sonli “Oila, mahalla va gender tengligi mavzusida badiiy asarlarning elektron korpusini yaratish” mavzusidagi (2021-2022) ilmiy-tadqiqot loyihasida oila, mahalla va gender tengligi masalalari doirasida ularning elektron korpusini loyihalashda ilmiy-nazariy manba sifatida foydalanilgan (Oila va xotin-qizlar Qo‘mitasining 2024-yil 20-avgustdagi 01-09/2103-sonli ma’lumotnomasi);
    o‘zbek tiliga kirib kelayotgan neologizmlar asosida tashkil qilingan “neologizmlar.uz” nomli elektron lug‘ati asosida til hodisalarini tahlil qilish konseptlariga asoslangan ilmiy natijalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2024-yil, 4-sentyabrdagi 3063/05-2-sonli ma’lumotnomasi). O‘quv lug‘atlarini va ularning ilovalarini yaratishda dissertatsiyaning o‘zbek tili kompyuter lingvistikasi uchun terminologik ma’lumotlar bazasini yaratishda korpusga asoslangan tahlilning nazariy asoslaridan foydalanildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish