Saparova Mohira Fayzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili tezaurusi uchun ot so‘z turkumining semantik-struktur tadqiqi”
10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3976
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich , filologiya fanlari doktori, professor; Sabirova Nodira Karimbaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. o‘zbek kompyuter lingvistikasi sohasida lingvistik tezaurus lug‘atini yaratishning nazariy va amaliy jihatlarini ot so‘z turkumi misolida tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Lingvistik tezaurus yaratishning nazariy asoslariga tayangan holda o‘zbek tili tezaurusining konseptologik asoslari ilmiy-nazariy tadqiqotlar tahlili asosida dalillangan;
Ot so‘z turkumiga tegishli semantik maydonlar ingliz tili tezauruslarning konseptlari asosida modellari aniqlangan;
O‘zbek tili korpusi asosida ot leksemalarining leksik-semantik imkoniyatlari, xususan, giponim, giperonim, partonim, xolonim, meronim kabi semantik munosabatlar tasnifi yoritilgan;
Ingliz tilidagi WordNet tezaurusi misolida ot leksemalarining “oila ma’naviyati” konsepti misolida http://thesaurus.uzbekcorpus.uz/uz/ saytida ierarxik ma’lumotlar bazasi yaratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili tezaurusi uchun ot so‘z turkumining semantik-struktur tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
o‘zbek tili korpusi asosida ot leksemalarining leksik-semantik imkoniyatlari, xususan giponim, giperonim, partonim, xolonim, meronim kabi semantik munosabatlar tahlillariga tayanib, tanlangan tillar rivojining statistik tahlil tamoyillarini aniqlash yuzasidan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 325/01-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili tezaurus lug‘atidagi ot so‘z turkumiga oid so‘zlar bazasida tillarning lug‘at qatlamida milliy raqs san’ati terminlarining boyish darajasini empirik kuzatish imkoniyatini chuqur o‘rganishda tadqiqot ishidagi tahliliy yondashuvlar ilmiy manba sifatida xizmat qildi;
ot so‘z turkumiga tegishli semantik maydonlar ingliz tili tezauruslarining konseptlari asosida modellarini aniqlash va o‘zbek tili korpusi asosida ot leksemalarining leksik-semantik xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy natija va tahlillardan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish” (2021-2023) mavzusidagi amaliy loyiha jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2024-yil 23-avgustdagi 2953/20-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilidagi WordNet tezaurusi misolida ot leksemalarining “oila ma’naviyati” konsepti misolida http://thesaurus.uzbekcorpus.uz/uz/ saytida ma’lumotlar bazasi yaratildi;
o‘zbek tili tezaurusi konseptologik asoslarining ilmiy-nazariy tadqiqotlar tahlili haqidagi mavzular intellektual turkumdagi ko‘rsatuv materiallarini tayyorlash va boyitishda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Assalom Xorazm” dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi 2024-yil 21-maydagi 424-sonli ma’lumotnomasi) Natijada kompyuter lingvistikasi va kompyuter leksikografiyasi fanlarining amaliy ahamiyati, lingvistik tezaurus yaratishning nazariy asoslari haqidagi suhbat teletomoshabinlarda ushbu soha yuzasidan atroflicha mulohaza yuritishga asos bo‘lgan.