Ernaeva Gulasal Hazratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Taekvondochilarda musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida kuzatiladigan psixoemotsional o‘zgarishlar va ularga tibbiy-psixologik yordam tamoyillarini takomillashtirish», 19.00.04 – Tibbiy psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2600.
Ilmiy rahbar: Sattarov Timur Farxadovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulug‘bek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibodullaev Zarifboy Rajabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi taekvondochilarda musobaqadan oldingi tayyorgarlik bosqichida kuzatiladigan psixoemotsional buzilishlarni aniqlash va tibbiy-psixologik yordamni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
stress bilan bog‘liq psixoemotsional buzilishlari bo‘lgan taekvondochilarni shaxs steriotipiga ko‘ra terma jamoa sportchilarida ekstravert, zahira jamoasi sportchilarida esa introvetlar tashkil qilgan bo‘lib, musobaqa oldi holatida asosan introvert sportchilarda nevrotizatsiya buzilishlari aniqlangan;
ilk bor taekvondochilarida psixoemotsional buzilishlarning klinik strukturasi musobaqa oldi holatida stressga chidamlilikning pastligi, shaxs sterioptipining introvertligi, nevrotizatsiya darajasining yuqoriligi va kognitiv sferaning tarqoqligi o‘tkazilgan psixometriya asosida isbotlangan;
psixoemotsional buzilishlar negizida sportchi uchun aslida xavfli bo‘lmagan vaziyatlar va ob’ektlar sababli paydo bo‘ladigan xavotir, agressiya va frustratsiya, boshqa emotsional buzilishlarga qaraganda yaqqol namoyon bo‘lishi, surunkali tus olishi va turg‘unligi psixoemotsional buzilishlar shakllanishida va klinik kechishida muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan;
sportchilarda psixoemotsional buzilishlarni korreksiya qilishda takomillashtirilgan ratsional-emotiv hulq-atvor psixoterapiyasi shaxs tipologiyasi, vegetativ sistema o‘zgarishlari, stressga turg‘unlik va kognitiv sfera konsentratsiyasiga asoslangan holda olib borilgan (introvertlar uchun shaxs xususiyatlarini faollashtiruvchi, ekstravertlar uchun mo‘’tadillashtiruvchi) psixokorreksiyaning yuqori darajadagi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ekspert kengashining 2024 yil 25 martdagi 8-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni O‘zbekiston velosiped sporti, Engil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga joriy qilindi, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining 2024 yil 27 fevraldagi IT 6-sonli va 2024 yil 27 fevraldagi IT-7-sonli xati yuborilgan) joriy qilinganligi haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/44-son ma’lumotnomasi:
birinchi ilmiy yangilik: stress bilan bog‘liq psixoemotsional buzilishlari bo‘lgan taekvondochilarni shaxs steriotipiga ko‘ra terma jamoa sportchilarida ekstravert, zahira jamoasi sportchilarida esa introvetlar tashkil qilgan bo‘lib, musobaqa oldi holatida asosan introvert sportchilarda nevrotizatsiya buzilishlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: musobaqaga psixologik tayyorgarlik ko‘rishda sportchi psixoemotsional sferasiga baho berib yondoshilsa musobaqalarga taktik, texnik va psixologik tayyorgarlik ko‘rish vaqtini qisqartiradi va yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  olingan natijalar O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasining 2024-yil 14- martdagi №21-sonli buyrug‘i va Engil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining 2024-yil 15-martdagi 23 -sonli buyrug‘iga asosan sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: psixoemotsional buzilishlarning asosini xavotir, agressiya, stress, frustratsion emotsional o‘zgarishlar va diqqat konsentratsiyasining buzilishi tashkil qilishi aniqlanishi sportchilarni musobaqa oldi ruhiy toliqishi, zo‘riqishi, ruhiyatning patologiya oldi holati va vaqtinchalik sport mashg‘ulotlariga layoqatsizligini oldini olishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: har bir sportchining mashg‘ulotlari uchun (oziq-ovqat, turar joy, sport anjomlari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalarni o‘tkazish xarajatlari) byudjetdan oyiga 3100000 so‘m ajratiladi. Agar sportchi musobaqalarda sport natijalarini ko‘rsatmasa, moliyaviy sarmoya o‘zini oqlamaydi. Tejalgan iqtisodiy xarajatlar umumiy hisobda har bir sportchining musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishida, iqtisodiy samaradorlik 3100000 so‘mni tashkil qiladi. Sportchilar psixoemotsional sferasini baholash uchun deyarli moliyaviy harajatlar talab etilmaydi, chunki har bir federatsiyada sport psixologlari faoliyat yuritadi. Xulosa: sportchilarni musobaqa oldi psixoemotsional buzilishlarini aniqlashda shaxs temperamenti inobatga olinsa va to‘g‘ri taqsimlansa sportchini ruhiy holatiga, musobaqalarga psixologik tayyorgarlik ko‘rish vaqti va sport mashg‘ulotlariga sarflanadigan byudjet mablag‘larini qisqartirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor taekvondochilarida psixoemotsional buzilishlarning klinik strukturasi musobaqa oldi holatida stressga chidamlilikning pastligi, shaxs sterioptipining introvertligi, nevrotizatsiya darajasining yuqoriligi va kognitiv sferaning tarqoqligi o‘tkazilgan psixometriya asosida isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: cportchilar ruhiyatining jismoniy yuklamalarga adekvat moslashuvini baholash asosida musobaqa oldi psixoemotsional sferasining noadekvatligi va dezadaptatsiya holati belgisini taxmin qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasining 2024-yil 14- martdagi №21-sonli buyrug‘i va Engil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining 2024-yil 15-martdagi 23 -sonli buyrug‘iga asosan sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: sportchilarning psixoemotsional buzilishlarini aniqlash, erta va to‘g‘ri psixodiagnostikani amalga oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: sport mashg‘ulotlariga layoqatsizligining davomiyligi har bir sportchiga o‘rtacha 7 kun, vaqtinchalik sport mashg‘ulotlariga layoqatsizlik nafaqasining o‘rtacha miqdori kuniga 200 000 so‘mni tashkil etadi. Binobarin, o‘ta charchash, o‘ta zo‘riqish va organizmning patologiya oldi holatining o‘z vaqtida oldini olishning har bir holatida 1400000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: sportchilarning ruhiyatida psixoemotsional buzilishlarning erta bosqichlarda aniqlash somatikadagi va ruhiyatdagi funksional va fiziologik kasalliklarning oldini olish, sport mashg‘ulotlariga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish va natijada byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor taekvondochilarida psixoemotsional buzilishlarning klinik strukturasi musobaqa oldi holatida stressga chidamlilikning pastligi, shaxs sterioptipining introvertligi, nevrotizatsiya darajasining yuqoriligi va kognitiv sferaning tarqoqligi o‘tkazilgan psixometriya asosida isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sportchilarni musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida psixologik portretini kompleks o‘rganishda kognitiv sfera, vegetativ sistema o‘zgarishlarini birgalikda baholash psixoemotsional buzilishlarni to‘g‘ri psixodiagnostika qilishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasining 2024-yil 14- martdagi №21-sonli hulosasi va Engil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining 2024-yil 15-martdagi 23 -sonli hulosasiga asosan sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida sportchilarning tibbiy psixologik xususiyatlarini va psixoemotsional buzilishlarning darajalarini hisobga olgan holda individual yondashuv sportning eng yuqori shakliga tez erishish va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: shundan iboratki, psixoemotsional buzilishlarning darajalarini hisobga olgan holda individual mashg‘ulot rejimi bilan psixoperapiya seanslar soni aniqlanadi. Sportchilarni qo‘shimcha reabilitatsiya qilish uchun davlat byudjetidan har bir sportchiga yiliga o‘rtacha 863156 so‘m mablag‘ sarflanishi aniqlandi. Xulosa: sportchilarning kognitiv va vegetativ sistemasini o‘rgangan holda psixoemotsional buzilishlarning darajalarini aniqlash orqali ularning musobaqaga psixologik tayyorgarligini baholashimiz mumkin. Bu ularni ruhiy, taktik, texnik tayyorgarlik darajasini oshirishga va har bir sportchi uchun o‘rtacha yiliga 863156 so‘m tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sportchilarda psixoemotsional buzilishlarni korreksiya qilishda takomillashtirilgan ratsional-emotiv hulq-atvor psixoterapiyasi shaxs tipologiyasi, vegetativ sistema o‘zgarishlari, stressga turg‘unlik va kognitiv sfera konsentratsiyasiga asoslangan holda olib borilgan (introvertlar uchun shaxs xususiyatlarini faollashtiruvchi, ekstravertlar uchun mo‘’tadillashtiruvchi) psixokorreksiyaning yuqori darajadagi samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: psixoemotsional buzilishlar bilan qiynalayotgan sportchilarda ushbu o‘zgarishlarni erta muddatlarda tashhislash, psixoterapevtik yordamni takomillashtirish orqali ularning hayot sifatini yaxshilash, ruhiy holatini mustahkamlash va mehnatga layoqatlilikni qisqa fursatlarda tiklash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasining 2024-yil 14- martdagi №21-sonli buyrug‘i va Engil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining 2024-yil 15-martdagi 23 -sonli buyrug‘iga asosan sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan psixokorreksion usuldan foydalanish sportchilarning ruhiy faoliyatini yaxshilash, start oldi jangovar holatga kelish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: sportchilarning musobaqa oldi tibbiy psixologik tayyorgarlik darajasini baholash uchun mo‘ljallangan psixodiagnostik tekshiruvlar narxi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida 1 ta sportchi uchun 170000 so‘mni, psixokorreksiya uchun 1400000 so‘mni tashkil qiladi. RSTIAMda 1 yil ichida bir federatsiyaning o‘rtacha 30 nafar sportchi tibbiy psixologik ko‘rikdan o‘tish belgilanadi. Xulosa: sportchilardagi psixoemotsional buzilishlar xususiyatlariga asoslanib, takomillashtirilgan psixokorreksion usuldan foydalanish, ularning ruhiy holatini mustahkamlashga va yuqori sport natijalariga erishishga yordam beradi. Bu uchun federatsiya tomonidan sport psixologlari va sport shifokorlari tomonidan tibbiy psixologik tekshiruvlar va korreksiya ishlari olib borilsa har bir sportchi uchun o‘rtacha yiliga 1570000 so‘m tejash imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish