Abdikulov Bolat Sabitkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kesar kesishdan keyin yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga o‘sib kirishi: tashhislash va jarrohlik amaliyotini muqobillashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2PhD/Tib1849.
Ilmiy raxbar: Karimov Zaur Djavdatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiet xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Usmon Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Babadjanova Gul`djaxan Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga o‘sib kirishini tashxislash usullarining sezgirligi va o‘ziga xosligini o‘rganish, bachadon hamda yondosh organlar invaziv shikastlanishining tarqalishiga qarab jarrohlik taktikasi algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga o‘sib kirishi kuzatilganda ishlab chiqilgan tabaqalashtirilgan patologiya modellarini qo‘llash, qon yo‘qotish darajasini, asossiz jarrohatlanishni, organlarni olib tashlashni, jarrohlik amaliyoti davridagi va jarrohlikdan keyingi asoratlarning chastotasi va og‘irligini kamaytirishi isbotlangan;
yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga chuqur invaziv o‘sib kirib borishi natijasida tub qismidan kesarcha kesish jarrohlik amaliyotini o‘tkazish qon yo‘qotish darajasini 2 barobarga, jarrohlik vaqtidagi va jarrohlikdan keyingi asoratlarning chastotasini va og‘irligini kamaytirishi, a’zoni saqlab qolish orqali yo‘ldosh yuqori chekkasidan ko‘ndalang kesarcha kesish bilan solishtirganda yetakchi usul ekanligi isbotlangan;
yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga o‘sib kirishi kuzatilganda kesarcha kesishda umumiy yonbosh arteriyalarini vaqtincha qisib qo‘yish va murakkab kompressiyali gemostazni yuzaga keltirish amaliyoti, umumiy yonbosh arteriyalarining vaqtincha endovazal okklyuziyasi usuliga nisbatan samarali muqobil, o‘rnini bosuvchi usul ekanligi isbotlangan;
yuldoshning markaziy joylashi kuzatilganda kesarcha kesishda an’anaviy holatda qo‘llaniluvchi bachadon tomirlarining yuqoriga ko‘tarilgan shoxlarini bog‘lash usuliga nisbatan, ishlab chiqilgan bachadon pastki segmentini metroplikatsiyasi usuli qon yo‘qotish darajasini 1,5 barobarga, jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda qon ketishini chastotasini kamaytirishi hamda ishonchli gemostazni yuzaga keltirishi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kesar kesishdan keyin yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga o‘sib kirishini tashxislan va jarrohlik amaliyotini muqobillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga o‘sib kirishi kuzatilganda ishlab chiqilgan tabaqalashtirilgan patologiya modellarini qo‘llash, qon yo‘qotish darajasini, asossiz jarrohatlanishni, organlarni olib tashlashni, jarrohlik amaliyoti davridagi va jarrohlikdan keyingi asoratlarning chastotasi va og‘irligini kamaytirishi haqidagi natijalar “Kesarcha kesishdan keyin bachadon chandig‘iga yo‘ldosh o‘sib kirishida qon ketishini saqlovchi usullarni takomillashtirish” uslubiy tavsiyasiga kiritilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasining tug‘ruq kompleksi (18.10.2023-yildagi 120-son buyruq), Toshkent shahridagi 7-tug‘ruq kompleksining (28.09.2023 yildagi 57-son buyruq) amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 08.07.2024-yildagi 02/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: patologiya modellarini tabaqalanishiga asoslangan, yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga o‘sib kirishi bilan kasallangan bemorlarni boshqarish va jarrohlik bilan davolash algoritmini qo‘llash, perinatal va onalar o‘limini, nogironligini kamaytirishga, tiklanish vaqtini qisqartirishga va ayollarning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: patologiya modellarini tabaqalanishiga asoslangan, yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga o‘sib kirishi bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik va davolash algoritmini qo‘llash, reanimatsiya bo‘limida yotish davomiyligi, plazma va gemotransfuziya hajmi miqdori, takroriy jarrohlik amaliyotlari sonini kamaytirish imkonini bergan. Algoritmdan foydalanish 75 nafar homilador ayollarda qon yo‘qotishning o‘rtacha darajasini 2300,0+266,5 ml dan 1146,0+40,9 ml gacha kamaytirish imkonini bergan. Bu plazma va qon quyishning 75%ga, shuningdek, gisterektomiya va relaparotomiyalarning chastotasini kamaytirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlikka bo‘limda yotish davomiyligi qisqartirish (1224000 so‘m tejamkorlik), qon preparatlaridan foydalanishni qisqartirish (tejamkorlik 465000 so‘m), bachadonni olib tashlash amaliyotining o‘tkazilmaganligi (tejam 350000 so‘m) hisobiga erishilgan va har bir bemor hisobiga 2039000 so‘mni tashkil etgan. 75 nafar bemorga jami 152925000 so‘mni tashkil etgan. Har bir bemor uchun iqtisodiy xarajatlar 1,8 barobarga kamaygan. Xulosa: patologiya modellarini tabaqalanishiga asoslangan, yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga o‘sib kirishi bilan kasallangan bemorlarni boshqarish va jarrohlik bilan davolash algoritmini qo‘llash, qon yo‘qotilishi darajasini, asossiz jarrohlik travmatizatsiyasi, organlarni olib tashlash, jarrohlik vaqtidagi va jarrohlikdan keyingi asoratlarning chastotasini va og‘irligini kamaytirishga, har bir bemor uchun 2039000 so‘m miqdorda byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga chuqur invaziv o‘sib kirib borishi natijasida tub qismidan kesarcha kesish jarrohlik amaliyotini o‘tkazish qon yo‘qotish darajasini 2 barobarga, jarrohlik vaqtidagi va jarrohlikdan keyingi asoratlarning chastotasini va og‘irligini kamaytirishi, a’zoni saqlab qolish orqali yo‘ldosh yuqori chekkasidan ko‘ndalang kesarcha kesish bilan solishtirganda yetakchi usul ekanligi haqidagi natijalar “Kesarcha kesishdan keyin bachadon chandig‘iga qo‘ldosh o‘sib kirishida qon ketishini saqlovchi usullarni takomillashtirish” uslubiy tavsiyasiga kiritilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasining tug‘ruq kompleksi (18.10.2023-yildagi 120-son buyruq), Toshkent shahridagi 7-tug‘ruq kompleksining (28.09.2023 yildagi 57-son buyruq) amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 08.07.2024-yildagi 02/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga chuqur invaziv o‘sib kirib borishi natijasida tub qismidan kesarcha kesish jarrohlik amaliyotini o‘tkazish perinatal va onalar o‘limini, nogironligini kamaytirishga, tiklanish vaqtini qisqartirishga va ayollarning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollarda yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga chuqur invaziv o‘sib kirib borishi natijasida tub qismidan kesarcha kesish jarrohlik amaliyotini o‘tkazish reanimatsiya bo‘limida yotish davomiyligi, plazma va gemotransfuziya hajmi miqdori, takroriy jarrohlik amaliyotlari sonini kamaytirish imkonini bergan. Algoritmdan foydalanish 75 nafar homilador ayollarda qon yo‘qotishning o‘rtacha darajasini 2300,0+266,5 ml dan 1146,0+40,9 ml gacha kamaytirish imkonini bergan. Bu plazma va qon quyishning 75%ga, shuningdek, gisterektomiya va relaparotomiyalarning chastotasini kamaytirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlikka bo‘limda yotish davomiyligi qisqartirish (1224000 so‘m tejamkorlik), qon preparatlaridan foydalanishni qisqartirish (tejamkorlik 465000 so‘m), bachadonni olib tashlash amaliyotining o‘tkazilmaganligi (tejam 350000 so‘m) hisobiga erishilgan va har bir bemor hisobiga 2039000 so‘mni tashkil etgan. 75 nafar bemorga jami 152925000 so‘mni tashkil etgan. Har bir bemor uchun iqtisodiy xarajatlar 1,8 barobarga kamaygan. Xulosa: homilador ayollarda yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga chuqur invaziv o‘sib kirib borishi natijasida tub qismidan kesarcha kesish jarrohlik amaliyotini o‘tkazish qon yo‘qotilishi darajasini, asossiz jarrohlik travmatizatsiyasi, a’zolarni olib tashlash, jarrohlik vaqtidagi va jarrohlikdan keyingi asoratlarning chastotasini va og‘irligini kamaytirishga, har bir bemor uchun 2039000 so‘m miqdorda byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: yo‘ldoshning bachadon chandig‘iga o‘sib kirishi kuzatilganda kesarcha kesishda umumiy yonbosh arteriyalarini vaqtincha qisib qo‘yish va murakkab kompressiyali gemostazni yuzaga keltirish amaliyoti, umumiy yonbosh arteriyalarining vaqtincha endovazal okklyuziyasi usuliga nisbatan samarali muqobil, o‘rnini bosuvchi usul ekanligi haqidagi natijalar “Kesarcha kesishdan keyin bachadon chandig‘iga qo‘ldosh o‘sib kirishida qon ketishini saqlovchi usullarni takomillashtirish” uslubiy tavsiyasiga kiritilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasining tug‘ruq kompleksi (18.10.2023-yildagi 120-son buyruq), Toshkent shahridagi 7-tug‘ruq kompleksining (28.09.2023 yildagi 57-son buyruq) amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 08.07.2024-yildagi 02/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qo‘llaniladigan qon ketishini oldini oluvchi jarrohlik amaliyotlarning samaradorligi, endovaskulyar usullar natijalariga o‘xshash holda a’zolarni saqlash chastotasini oshishiga va onalar o‘limini oldini olishga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: umumiy yonbosh arteriyalarini vaqtinchalik balon okklyuziyasiga muqobil qon ketishini oldini oluvchi usullaridan usullaridan (umumiy yonbosh arteriyalarini vaqtincha qisish, murakkab kompressli gemostaz) foydalanish 3600000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan. 50 nafar bemor hisobidan jami 180000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: umumiy yonbosh arteriyalarini vaqtincha qisib qo‘yish va murakkab kompressli gemostazdan foydalanish gemostazning endovaskulyar usuliga maqbul usul bo‘lib, har bir bemor uchun 3600000 so‘m miqdorda byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuldoshning markaziy joylashi kuzatilganda kesarcha kesishda an’anaviy holatda qo‘llaniluvchi bachadon tomirlarining yuqoriga ko‘tarilgan shoxlarini bog‘lash usuliga nisbatan, ishlab chiqilgan yo‘ldoshning markaziy joylashishida bachadon pastki segmentini metroplikatsiyasi usuli qon yo‘qotish darajasini 1,5 barobarga, jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda qon ketishini chastotasini kamaytirishi hamda ishonchli gemostazni yuzaga keltirishi samaradorligi haqidagi natijalar “Kesarcha kesishdan keyin bachadon chandig‘iga yo‘ldosh o‘sib kirishida qon ketishini saqlovchi usullarni takomillashtirish” uslubiy tavsiyasiga kiritilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasining tug‘ruq kompleksi (18.10.2023-yildagi 120-son buyruq), Toshkent shahridagi 7-tug‘ruq kompleksining (28.09.2023 yildagi 57-son buyruq) amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 08.07.2024-yildagi 02/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan va joriy etilgan metroplikatsiya usuli samaradorligi intra- va operatsiyadan keyingi qon ketish darajasini kamaytiradi, organlarni saqlashning eng samarali natijalariga erishish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: metroplikatsiya usulini joriy etish jarrohlik amaliyotidan keyingi qon ketish xavfini kamaytirishga imkon bergan, plazma va gemotransfuziyalar, bachadon bo‘shlig‘ini tozalash va takroriy jarrohlik amaliyotlari sonini va hajmini kamaytirgan. Metroplikatsiya usulini qo‘llash 48 nafar bemorda qon yo‘qotishning o‘rtacha darajasini 1400,0+57,7 ml dan 966,7+27,3 ml gacha kamaytirish imkonini bergan. Plazma va qon quyishning 25% ga, shuningdek, bachadon bo‘shlig‘ini tozalashi va gisterektomiyalar chastotasini kamaytirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlikka reanimatsiyada yotish kunlik harajatlarini qisqartirish (1224000 so‘m tejamkorlik), qon preparatlaridan foydalanishni qisqartirish (tejamkorlik 155000 so‘m), bachadonni olib tashlash amaliyotlarini o‘tkazilmasligi (tejam 350000 so‘m) hisobiga erishilgan va har bir bemorga 1574000 so‘mni tashkil etdi. 48 nafar bemor hisobiga jami 75552000 so‘mni tashkil etgan. Har bir bemor uchun iqtisodiy xarajatlar 1,5 barobarga kamaygan. Xulosa: ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan yo‘ldoshning markaziy joylashuvi bilan va bachadon chandig‘i bilan bachadonning pastki segmentini metroplikatsiya qilish usuli bachadon tomirlarining yuqoriga ko‘tarilgan shohlarini bog‘lash bilan taqqoslaganda, organlarni saqlash, qon yo‘qotishni kamaytirish va operatsiyadan keyingi qon ketish chastotasini kamaytirishni yuqori samaradorlikni ko‘rsatgan, har bir bemor uchun 1574000 so‘m miqdorda byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.