Olmosov Ravshan Sherxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya surunkali ishemiyasida uyqu buzilishining kognitiv faoliyatga ta’siri va uni korreksiyalash», 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2771.
Ilmiy rahbar: Yakubova Marxamat Mirakramovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Nargiza Obidjonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xakimova Soxiba Ziyadullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bosh miya surunkali ishemiyasida melatonin, uyqu va kognitiv faoliyatining buzilishlarining o‘zaro ta’sirini aniqlash va melatonin bilan korreksiya qilish imkoniyatini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda qon tarkibidagi melatonin miqdori amaliy sog‘lomlarga nisbatan uyqu buzilishi sababli 1,4 marta va undan ko‘p kamayishi isbotlangan;
bosh miya surunkali ishemiyasi kuchayib borishi bilan kognitiv faoliyat so‘rovnomalar va R300 ko‘rsatkichlari bo‘yicha yomonlashishi, kunduzgi uyquchanlikning ortishi, uyqu sifat indeksining pasayishi, polisomnografik ma’lumotlar bo‘yicha uyqu arxitektonikasining buzilishi (LPS latentligi ortishi, NREM N3 latentligining ortishi va ulushining kamayishi, REM ulushining kamayishi), hamda uyqu samaradorligining pasayishi aniqlangan;
patogenetik qonuniyatlar asosida bosh miya surunkali ishemiyasida uyqu va kognitiv funksiyalar buzilishlarini tushuntiruvchi “jadallashtiruvchi doira” optimallashtirilgan va uning markaziy bo‘g‘ini melatonin miqdorining kamayishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
bosh miya surunkali ishemiyasida uyqu buzilishlarni melatonin dori vositasi bilan korreksiya qilish orqali xolinergik tizimga ham ijobiy ta’sir qilishi sababli kognitiv buzilishlarni ham yaxshilashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bosh miya surunkali ishemiyasida uyqu buzilishining kognitiv faoliyatga ta’siri va uni korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bosh miya surunkali ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda qon tarkibidagi melatonin miqdori amaliy sog‘lomlarga nisbatan uyqu buzilishi sababli 1,4 marta va undan ko‘p kamayishi isbotlanganligi Toshkent shahar “Bilol med” klinikasi 16.04.2024 yildagi 14-sonli hamda Toshkent shahar “Asab va ruhiyat” klinikasining 12.01.2024 yildagi 1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: Tatbiq etish natijalari uyqu buzilishlarini aholi o‘rtasida kasallikni erta aniqlashga va profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazish uchun yordam beradi. Bemorlar salomatligining qayta tiklanishi hamda kasallikni kuchayishini oldini olib, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorlik: Agar aholining aksariyot qismi shifoxonalarda yo‘llanma asosida davolanishini hisobga olsak, bunday bemorlar yiliga o‘rtacha 2 marta davolanadi va har bir bemor uchun 10 kunlik davolanish uchun o‘rta hisobda 5 million so‘m sarflanadi deb hisoblansa, u holda quyidagi miqdorda saqlanib qoladi (15 bemor uchun): Jamg‘ariladigan umumiy mablag‘=5000000*15=75000000 so‘m. Yuqorida jamg‘arib qolingan mablag‘ bu qo‘lga tegadigan mablag‘ emas (yashirin daromad). Ammo jamg‘arilgan mablag‘ni og‘ir patologiyali bemorlarni tekshirish va davolash yoki kasalliklarni profilaktikasi uchun sarflash mumkin. Xulosa: melatoninning qondagi miqdorini aniqlash nevrolog vrachlarga uyqu buzilishlarini aniqlashga yordam beradi, uyqu buzilishlarini korreksiyalash bemorlar hayot sifatini yaxshilanishiga hamda uyqu muammolarini kamayishiga olib kelib, yakunda davlat uchun ulkan iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bosh miya surunkali ishemiyasi kuchayib borishi bilan kognitiv faoliyat so‘rovnomalar va R300 ko‘rsatkichlari bo‘yicha yomonlashishi, kunduzgi uyquchanlikning ortishi, uyqu sifat indeksining pasayishi, polisomnografik ma’lumotlar bo‘yicha uyqu arxitektonikasining buzilishi (LPS latentligi ortishi, NREM N3 latentligining ortishi va ulushining kamayishi, REM ulushining kamayishi), hamda uyqu samaradorligining pasayishi aniqlanganligi Toshkent shahar “Bilol med” klinikasi 16.04.2024 yildagi 14-sonli hamda Toshkent shahar “Asab va ruhiyat” klinikasining 12.01.2024 yildagi 1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: Tatbiq etish natijalari uyqu buzilishlarini jumladan, uyqu buzilishlari baholash, differensial tashxislash yordamida aholi o‘rtasida kasallikni erta aniqlashga va profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazish uchun yordam beradi. Bemorlar salomatligining qayta tiklanishi hamda kasallikni kuchayishini oldini olib, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorlik: Mazkur kasallik bilan poliklinikalarga kunlik nevrolog qabuliga kuniga uyqu buzilishi bilan bitta nevropatologga o‘rtacha 3 ta bemor bunday shikoyat bilan kelishini hisobga olsak bir oyda bunday bemorlar soni oyiga 75 tani yiliga 900 tashkil etadi. Kasallikka to‘g‘ri tashxis qo‘yilsa nevrolog qabuliga murojaatlar 3-4 baravar kamayadi. Agar murojaatlar sonini har bir bemorga ajratilgan 15 daqiqaga ko‘paytirsak bitta nevrolog uchun bir yilda tejaladigan ish soati kelib chiqadi (T1):T1=15*(900-300)=9000 daqiqa=150 ish soati Agar poliklinikalar soni Respublikamizda 2500 dan ortiqligini hisobga olsak umumiy tejaladigan vaqt (Tu): Tu=2500*150=375000 ish soati. Nazariy jihatdan bu nevrolog mutaxassis uchun to‘lanadigan o‘rtacha ish haqi 2000000 deb hisoblanda tahminan quyidagi summa tejaladi: Umumiy tejalgan daromad=(375000/144)*2000000=5,2 mlrd so‘m. Yuqoridagi tejab qolingan mablag‘ davlat g‘aznasiga tushadigan pul emas (bu yashirin daromad). Ammo tejalgan ish vaqtini og‘ir patologiyali bemorlar ko‘rigiga yo‘naltirish yoki aholi salomatligi profilaktikasiga yo‘naltirish mumkin. Bu esa boshqa kasalliklarning kamayishi va ularga sarflanadigan mablag‘ning tejalishiga olib keladi. Xulosa: bosh miya surunkali ishemiyasida kognitiv statusga ta’sir qiladi va bu ma’lumot shifokor nevrologga bemorning davolash taktikasini tuzishda muhim hisoblanadi. Yangilikning qo‘llanilishi bemorlar kognitiv holatini yaxshilanishiga olib keladi, hayot sifatini oshiradi va natijada iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: patogenetik qonuniyatlar asosida bosh miya surunkali ishemiyasida uyqu va kognitiv funksiyalar buzilishlarini tushuntiruvchi “jadallashtiruvchi doira” optimallashtirilgan va uning markaziy bo‘g‘ini melatonin miqdorining kamayishi bilan bog‘liqligi isbotlanganligi Toshkent shahar “Bilol med” klinikasi 16.04.2024 yildagi 14-sonli hamda Toshkent shahar “Asab va ruhiyat” klinikasining 12.01.2024 yildagi 1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: Tatbiq etish natijalari melatoninning qondagi miqdorini aniqlash, kognitiv va uyqu buzilishlarini erta tashxislash yordamida aholi o‘rtasida kasallikni erta bosqichlari aniqlashga va profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishga yordam beradi. Bemorlar salomatligining qayta tiklanishi hamda kasallikni kuchayishini oldini olib, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorlik: Mazkur kasallik bilan poliklinikalarga kunlik nevrolog qabuliga kuniga uyqu buzilishi bilan bitta nevropatologga o‘rtacha 3 ta bemor bunday shikoyat bilan kelishini hisobga olsak bir oyda bunday bemorlar soni oyiga 75 tani yiliga 900 tashkil etadi. Kasallikka to‘g‘ri tashxis qo‘yilsa nevrolog qabuliga murojaatlar 3-4 baravar kamayadi. Agar murojaatlar sonini har bir bemorga ajratilgan 15 daqiqaga ko‘paytirsak  bitta nevropatolog uchun bir yilda tejaladigan ish soati kelib chiqadi (T1):T1=15*(900-300)=9000 daqiqa=150 ish soati Agar poliklinikalar soni Respublikamizda 2500 dan ortiqligini hisobga olsak umumiy tejaladigan vaqt (Tu): Tu=2500*150=375000 ish soati Nazariy jihatdan bu nevrolog mutaxassis uchun to‘lanadigan o‘rtacha ish haqi 2000000 deb hisoblanda tahminan quyidagi summa tejaladi: Umumiy tejalgan daromad=(375000/144)*2000000=5,2 mlrd so‘m. Ushbu tejab qolingan mablag‘ davlat g‘aznasiga tushadigan pul emas (bu yashirin daromad). Ammo tejalgan ish vaqtini og‘ir patologiyali bemorlar ko‘rigiga yo‘naltirish yoki aholi salomatligi profilaktikasiga yo‘naltirish mumkin. Bu esa boshqa kasalliklarning kamayishi va ularga sarflanadigan mablag‘ning tejalishiga olib keladi. Xulosa: keltirilgan “jadallashtiruvchi doira” sxemasi shifokorlarni yangi ilmiy ma’lumotlar bilan qurollantiradi. Ushbu ilmiy ma’lumotlar davolashga yana ham differensial yondashishga imkon beradi, natijada bemorlar ahvolini yaxshilanishiga olib keladi va natijada iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bosh miya surunkali ishemiyasida uyqu buzilishlarni melatonin dori vositasi bilan korreksiya qilish orqali xolinergik tizimga ham ijobiy ta’sir qilishi sababli kognitiv buzilishlarni ham yaxshilashi aniqlanganligi Toshkent shahar “Bilol med” klinikasi 16.04.2024 yildagi 14-sonli hamda Toshkent shahar “Asab va ruhiyat” klinikasining 12.01.2024 yildagi 1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: melatonin  preparatining qo‘llanilishi bemorlar uyqusini yaxshilaydi, kognitiv buzilishlarni korreksiyalashda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada bemorlar salomatligining qayta tiklanishi hamda kasallikni kuchayishini oldini olib, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorlik: Agar aholining aksariyot qismi shifoxonalarda yo‘llanma asosida davolanishini hisobga olsak, bunday bemorlar yiliga o‘rtacha 2 marta davolanadi va har bir bemor uchun 10 kunlik davolanish uchun o‘rta hisobda 5 million so‘m sarflanadi deb hisoblansa, u holda quyidagi miqdorda saqlanib qoladi (15 bemor uchun): Jamg‘ariladigan umumiy mablag‘=5000000*15=75000000 so‘m. Ushbu jamg‘arib qolingan mablag‘ bu qo‘lga tegadigan mablag‘ emas (yashirin daromad). Ammo jamg‘arilgan mablag‘ni og‘ir patologiyali bemorlarni tekshirish va davolash yoki kasalliklarni profilaktikasi uchun sarflash mumkin. Xulosa: BMSI da melatonin preparatining qo‘llanilishi “jadallashtiruvchi doira”ni uzadi, uyqu buzilishlari va kognitiv statusni yaxshilaydi. Natijada bemorlar ahvoli yaxshilanadi, hayot sifati ortadi. Bu esa davlat uchun ulkan iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish