Djumashev Atadjan Ashirbaevichning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish terminlarining sinxron tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/ Fil3700. 
Ilmiy rahbar: Sobirov Abdulxay Shukirovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’murjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ermatov Ixtiyor Rizakulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Dissertatsiyada qurilish bilan bog‘liq terminologik qatlamda sodir bo‘layotgan hozirgi jarayonlarga asosiy e’tibor qaratish, lingvistik va ekstralingvistik omillar yordamida hosil bo‘lishi, noto‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq holatlarni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida qurilish terminologiyasining shakllanish tarixi, manbalari, funksional xususiyatlari, strukturaviy-semantik turlari, rivojlanishining asosiy tendensiyalari aniqlanib, lisoniy jihatlari sinxron tarzda ochib berilgan; 
qurilish terminlarining paradigmatik xususiyatlari, xususan, terminologik sistemasiga mansub birliklar o‘rtasidagi partonimik munosabati tabiiy holdagi butun-bo‘lak munosabatlar sirasiga kirishi va aloqadorligi ilmiy asoslangan;
o‘zbek tiliga rus, ingliz va boshqa tillardan kirib kelayotgan qurilish terminlarining o‘zlashish qonuniyatlari, xususan, sinonimik munosabatlari, ifoda semasidagi farqlar mavjudligi dalillangan; 
qurilish terminlarining sinxron holati tekshirilib, xorijiy, birinchi navbatda, ingliz tilidan o‘zlashayotgan terminlar va ularning o‘zbek tilida qo‘llanishi bilan bog‘liq xatoliklar aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish terminologiyasining sinxron tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish terminlarining paradigmatik xususiyatlarini, ular o‘rtasidagi butun-bo‘lak munosabati, darajalanish hamda ma’nodoshlik (sinonimiya) hodisasi bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2022-2023-yillarda bajarilgan II-472110717 raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi 1476-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi qurilish obektlarining tarixiy, milliy, madaniy jihatlariga e’tibor qaratgan holda ularning nom berish tamoyillariga xizmat qilgan;
qurilish terminlari, uning tarkibiy asoslarini, mazkur terminologiya sohasida qaysi jihatlariga ko‘ra faol bo‘lishi bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-noyabrdagi 04/1-3381-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish terminlarining funksional-uslubiy va kognitiv xususiyatlarini birlashtirgan holda sohamizda qo‘llanilishi, o‘zbek tilida o‘rinsiz qo‘llanayotgan qurilish terminlarini aniqlash hamda qo‘llash muammolari va echimlarini o‘rganishda foydalanilgan;
qurilish terminologiyasi o‘zida qurilish va me’morchilik bilan aloqador tushunchalarni aks ettirar ekan, bevosita har bir davrdagi qurilish va me’morchilik talabi uning tarkibiy asoslarini, mazkur terminologiya sohasida qanday terminlar faol bo‘lishini belgilab berish, terminlarni o‘z holicha iste’molda qoldirish yoki ularga muvofiq muqobillarni topish va iste’molga kiritish, terminlar tarjimasi jarayonini oqilona yo‘lga qo‘yish, terminlar mohiyatini to‘laligicha beradigan muqobillarni yaratish, bu borada tilshunoslikning samarali usullari bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yilning 26-noyabrdagi 04/1-3382-son ma’lumotnomasi). Natijada, tilimizga kiritilayotgan birliklar soha ehtiyojlari uchun xizmat qilishi talab etiladi, Tilda ishlatilayotgan xalqaro sistemadagi terminlarni saqlab qolish, xalqaro termin tanlash tamoyillaridan uzoqlashish, dubletlarni o‘z vaqtida tartibga solish kabi materiallar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish