Abdullaev Azimjon Ashurvoy o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlari faoliyatida diniy va dunyoviy madaniyat uyg‘unligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2023.4.PhD/Fal1125
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ro‘zimat To‘xtasinovich Jo‘raev siyosiy fanlari doktori(DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sadikjanovich falsafa fanlari doktori(DSc), v.b. professor; Ismoilov Temur Islomovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston yoshlari faoliyatida diniy va dunyoviy madaniyat uyg‘unligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy barqarorligigini ta’minlashda yoshlar hayotiy faoliyatidagi ekzogen (ijtimoiy me’yor) va endogen (ijtimoiy ruhiyat) omillar konfessional va nokonfessional jarayonlar uyg‘unligini ta’minlovchi paradigma ekanligi aniqlangan; 
zamonaviy o‘zbek jamiyatida diniylik va dunyoviy madaniyatidagi ma'naviy muvofiqlik, madaniy an’analarning aksiologik faoliyat bilan optimal uyg‘unligini ta’minlash, ijtimoiy davlatning barqarorlik belgisi ekanligi ilmiy asoslangan;
yoshlar faoliyatida diniylik va dunyoviylik madaniyatining uyg‘unligini ta’minlashda, “ma’rifatli avlod” ni shakllantirish dunyoviylik va diniylikning muhim algoritmi bo‘lmish ma’naviy o‘zlikni anglash plyuralistik jamiyatning shakllanishiga olib keluvchi ratsional echim sifatida jamiyatda miqdor o‘zgarishidan sifat o‘zgarishiga olib keluvchi ijtimoiy kapital ekanligi falsafiy ochib berilgan; 
yoshlar o‘rtasida “diniylik” va “dunyoviylik” fenomeni o‘zbek milliy identetligi xususiyatidan kelib chiqib – ijtimoiy munosabatlarda falsafiy (bag‘rikenglik, tolerantlik, toqatlik) komponentlar yoshlar ma’naviy olamini yaxlitlovchi indikator ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston yoshlari faoliyatida diniy va dunyoviy madaniyat uyg‘unligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari tadqiqotimizdan ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida: 
jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy barqarorligigini ta’minlash, yoshlar hayotiy faoliyatidagi ijtimoiy me’yor va ijtimoiy ruhiyat omillarning konfessional va nokonfessional jarayonlar bilan bog‘liqligiga oid taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan "Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olish" 28-bandi "Aholi, ayniqsa yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg‘otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini tashkil etish" mavzusida targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar markazining 2024-yil 27-iyuldagi 330-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, O‘zbekiston yoshlari faoliyatida dini va dunyoviy madaniyat uyg‘unligini ta’minlashning ijtimoiy -falsafiy jihatlarini tahlil etish va ga xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida diniylik va dunyoviy madaniyatidagi ma'naviy muvofiqlik, madaniy an’analarning aksiologik faoliyat bilan optimal uyg‘unligini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil yanvar va may oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyo”, “O‘zbekiston yoshlari” “Millat va ma’naviyat” dasturlari va senariylarni ishlab chiqish (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 25-iyuldagi 04-36-879-son dalolatnomasi) foydalanildi. Natijada, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” ddasturlarining senariylarini tayyorlashga hamda ijtimoiy davlatning barqarorlik omillarini ochib berishga xizmat qilgan;
yoshlar faoliyatida diniylik va dunyoviylik madaniyatining uyg‘unligini ta’minlashda, “ma’rifatli avlod” ni shakllantirish dunyoviylik va diniylikning muhim algoritmi bo‘lmish ma’naviy o‘zlikni anglashga oid ilmiy xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan "Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olish" 28-bandi "Aholi, ayniqsa yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg‘otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini tashkil etish" mavzusida targ‘ibot tadbirini o‘tkazishda (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar markazining 2024-yil 27-iyuldagi 330-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, plyuralistik jamiyatning shakllanishiga olib keluvchi ratsional g‘oyalarni takomillashtiriga hamda O‘zbekiston yoshlari faoliyatida dini va dunyoviy madaniyat uyg‘unligini ta’minlashning ijtimoiy -falsafiy jihatlarini tahlil etishga xizmat qilgan;
yoshlar o‘rtasida “diniylik” va “dunyoviylik” fenomeni o‘zbek milliy identetligi xususiyatidan kelib chiqib – ijtimoiy munosabatlarda falsafiy (bag‘rikenglik, tolerantlik, toqatlik) komponentlar yoshlar ma’naviy olamini yaxlitlovchi indikator sifatidagi taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturining “jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash” qismining asosiy ustivor yo‘nalishlarini ishlab (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2024-yil 11-noyabrdagi 1-470-son dalolatnomasi) foydalanilgan. Natijada, ijtimoiy munosabatlarda falsafiy (bag‘rikenglik, tolerantlik, toqatlik) komponentlarni rivojlantirish orqali yoshlar ma’naviy olamini yaxlitlovchi indikatorlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish