Hayitov Shuhrat Moylievichning

falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bobur ijodining xorijda o‘rganilishi (o‘zbekcha-turkcha manbalar qiyosiy tahlili)», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil416

Ilmiy rahbar: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy  universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti, DSc.26.04.2018. Fil.01.10.

Rasmiy opponentlar: Qulmamatov Do‘stmamat Sattorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ne’matilla Otajonov, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ZahiriddinMuhammad Bobur ijodiningo‘zbekcha-turkcha manbalarini qiyosiy tadqiq etish, turk olimlarining boburshunoslik yo‘nalishida amalga oshirgan tadqiqotlari ahamiyati va shoir asarlarining turkcha tarjimalari komponentini ochib berishdan iborat.

II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Bobur asarlari qo‘lyozma nusxalarining Turkiyada saqlanayotgan nusxalari xususida ilmiy ma’lumotlar berilib, ushbu qo‘lyozma manbalar asosida turk olimlarining Bobur asarlari tarjima matnini yaratishdagi uslub va tajribalarini o‘zbek adabiyotiga tatbiq etishning badiiy tarjima san’ati  va matnshunoslikka doir nazariy asoslari ishlab chiqilgan;

Bobur asarlari nashrlarini qiyosiy tahlil etish orqali tarjimashunoslik va qiyosiy adabiyotshunoslik mezonlari asosida har bir asar tarjima matni va tiliga doir  yutuq va kamchiliklar aniqlangan va shu asosida shoir hayoti va ijodining o‘rganilish tarixi, uning tadrijiy bosqichlari hamda asarlari badiiy tarjimasiga oid o‘quv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;

«Boburnoma», «Bobur devoni», «Mubayyin», «Risolayi volidiyya»  asarlari turkcha tarjimalarining qiyosiy-tipologik sintezidan kelib chiqib, turk adabiyotida shoir hayoti va ijodining yoritilishi, badiiy asarlari tarjimasi, qo‘lyozma matni va uning tavsifi va talqini kabilar bilan bog‘liq boburshunoslikdagi aktual masalalar va ularning echimiga oid ilmiy-nazariy  xulosalar  asoslangan;    

boburshunoslikdagi ilmiy tadqiqotlarda Bobur hayoti va ijodiga yondashuvning turlicha ko‘rinishda ekanligi, ayniqsa, she’riyatda badiiy asar janrlarini belgilash tamoyillari, shuningdek, har bir asarning yaratilish tarixi va o‘rganilishi, shoir hayoti va ijodiga oid tarixiy sanalarning qayd etilishi  bilan bog‘liq ilmiy ma’lumotlarda turli xil chalkashliklar vujudga kelganligi va  ularning paydo bo‘lish sabablari ko‘rsatib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bobur ijodining xorijda o‘rganilishi, xususan, turk olimlarining boburshunoslikka oid tadqiqotlari, shuningdek, shoir asarlarining o‘zbekcha-turkcha nashrlarining qiyosiy-tipologik tahlili  jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida: 

Turkiyada boburshunoslikning paydo bo‘lishi va shoir asarlarining tarjima qilinishiga oid materiallardan Turkiya jumhuriyati Karabuk davlat universiteti Adabiyot fakul`teti Turk tili va adabiyoti bo‘limining o‘quv dasturidagi «O‘zbek adabiyoti», «Matn sharhi», «Chig‘atoycha», «Turkiy lahjalar muqoyasasi», «Ilmiy tadqiqot usullari» kabi fanlarni o‘qitishda foydalanilgan (Turkiya Respublikasi Karabuk davlat universitetining 2018 yil 28 sentyabrdagi  009/10-son ma’lumotnomasi). Natijada universitet talabalarining o‘zbek mumtoz adabiyoti, xususan, Bobur hayoti va ijodining turk adabiyotida o‘rganilishi, asarlari tarjimasi va badiiy ahamiyati haqidagi bilimlarining oshirilishiga erishilgan;

Bobur hayoti va ijodining o‘rganilish davri va tadrijiy bosqichlari, bunda o‘zbek va turk olimlarining o‘rni yuzasidan ishlab chiqilgan takliflardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan F1-02 raqamli «Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi» mavzusidagi fundamental loyihasining «XV–XVI asrlar adabiyotshunosligi» bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 89-03-3183-son ma’lumotnomasi). Natijada Bobur hayoti va ijodini yoritish, shoir asarlarining jahon adabiyotida o‘rganilish masalalarini  keng yoritish imkonini bergan;

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma‘rifat» telekanali tomonidan tayyorlanib efirga uzatilgan Bobur hayoti va ijodiga doir «Shoh va shoir», «Zahiriddin Muhammad Bobur», «Nafis majlislar» nomli turkum ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan («Madaniyat va ma’rifat» telekanalining 2018 yil 26 avgustdagi 2-16/406-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar orqali  Bobur hayoti va ijodiga doir shu paytga qadar ma’lum bo‘lmagan yangiliklarni taqdim etishga erishilgan;

Bobur hayoti va ijodining xorijda o‘rganilishi masalasi, xususan, Turkiyada boburshunoslik davrining paydo bo‘lishi va turkiyalik boburshunos olimlar ilmiy faoliyatiga doir  dissertatsiya materiallaridan «Bobur ensiklopediyasi» kitobini tayyorlashda foydalanilgan (Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining 2018 yil 25 sentyabrdagi 96-son ma’lumotnomasi). Ayni ilmiy natijalarning qo‘llanilishi boburshunoslikning jahon adabiyoti va madaniyatiga qo‘shgan yangi qirralarini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish