Sulaymanova Dilobar Nishanbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Gapning lisoniy qurilishida markaz     qurshovlilik munosabati”, 10.00.11-Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4289
Ilmiy rahbar: Qurbonova Muhabbat Matyakubovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.202 l.Fil. 01.16.
Rasmiy opponentlar:
Usmonova Huriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Turli tizimli tillarda markaz qurshovlilik munosabatining sintaktik sathda, xususan, sodda va qo‘shma gaplarda namoyon bo‘lishini yoritish; gapning LSQida so‘zlar bog‘lanishini tahlil qilish orqali aktantlarning gap qurilish sathidagi vaziyatini aniqlash, shajara daraxti tahlilida gap va so‘z kengaytiruvchisining  maqomini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
–    pog‘onali sintaktik tahlilda  aktantlarning gap qurilish sathidagi o‘ziga xos o‘rni aniqlandi; (shajara daraxti – UD, gap kengaytiruvchisi, so‘z kengaytiruvchisi)
–     turli tizimli tillarda sodda va qo‘shma gaplardagi gap va so‘z kengaytiruvchisining  maqomi shajara daraxtida ochib berildi; ( 1. Bolalikda shakllantiriladigan kundalik kichik va yaxshi odatlar kelajakda, albatta, shaxsiy muvaffaqiyatga xizmat qiladi. 2. They have finished.)
–    Temporalisning gap markazining leksik ma’no anglatuvchi qismi [W] bilan hosil qilgan semantik bog‘lashuvida so‘z kengaytiruvchisi, kesimlik ko‘rsatkichi [Pm]dan [T] zamon shakli bilan hosil qilgan valentligida gap kengaytiruvchisi bo‘lib kelishi ko‘rsatib berildi; 
(Siz bugun va ertaga azim Samarqandda qolasizmi? 1. Gap kengaytiruvchisi: Bugun qol+a+siz+mi? Ertaga qol+a+siz+mi? 2. So‘z kengaytiruvchisi: bugun qol+moq, ertaga qol+moq)
–    tilshunoslikdagi pog‘onaviylik tamoyiliga asosan dastlabki bosqichda qurshov vazifasini bajargan bo‘lak (jumladan, [Pm] bilan valentlik hosil qilgan gap kengaytiruvchisi yoki [W] atov birligiga tobelangan so‘z kengaytiruvchisi)ning keyingi bosqichda mos ravishda aktantlar (so‘z kengaytiruvchilari) bilan kengayib markaz mavqeyida kelishi ochib berildi; (mutlaq markaz, nisbiy markaz)
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gapning lisoniy qurilishida markaz     qurshovlilik munosabati tadqiqi yuzasidan olingan natijalardan O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan FA-F1-G003 – “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2024-yil 28-iyundagi 164/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihada nazarda tutilgan vazifalarni yoritishda tadqiqot ishi zarur material vazifasini o‘tagan;
 Sodda va qo‘shma gaplarda shajara daraxtida aktantlarning pog‘onaviy-ierarxik joylashuviga doir tadqiqidan olingan natijalardan O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan FA-A1-G007–“Qoraqalpoq naql va maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2024-yil 28-iyundagi 165/1-sonli ma’lumotnomasi).
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining “Diyor yangiliklari” information dasturida foydalanilgan. Ko‘rsatuv mazmuni nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi 2024-yil 7-iyundagi 13-10/327-sonli xati).

Yangiliklarga obuna bo‘lish