Sharifov Azimbek Ergash o‘g‘lining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy-ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” (Kimyo sanoati texnikumlari misolida), 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped697
Ilmiy rahbar: Esanboboev Faxriddin Toshtemirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped48.01 
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilyara Djumaniyazovna pedagogika fanlari doktori, professor; Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish modeli maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan mazmunli, texnologik jarayonli va dignostik komponentlar uzviyligida hamda metodologik yondashuvlar, ta’limiy funksiyalar hamda umumdidaktik va maxsus tamoyillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirishning mazmuniy-muvofiqlashtiruvchi va sub’ektiv-mazmunli pedagogik shart-sharoitlari ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega kasbiy muammolarni hal qilish, kelajakdagi kasbni tanlashga oid qarorlarni qabul qilish, qiziqish va motivlarni shakllantirish hamda mobilli uslubiy ta’minotni takomillashtirish asosida ta’minlangan;
professional ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligida o‘quvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi yagonadan umumiyga va umumiydan chegaraviy umumiylikgacha bo‘lgan ilmiy va o‘quv bilishning gnoseologik, metodologik, didaktik asoslarini refleksiyalash hamda empirik asos, nazariy yadro va dialektik natijaga qaratilgan metodikalar asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim o‘quvchilarining ekologik kompetentligini rivojlantirishning asosiy komponentlari mazmuniga muvofiq, motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv mezonlari kasbiy faoliyatga tayyorlashning dasturiy-mobilli apparatini pedagogik apparatga muvofiqlashtirish hamda baholashning indikator ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish modeli maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan mazmunli, texnologik jarayonli va dignostik komponentlar uzviyligida hamda metodologik yondashuvlar, ta’limiy funksiyalar hamda umumdidaktik va maxsus tamoyillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflar Professional ta’limni rivojlantirish institutining IL-5821081323-raqamli “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023-2025 yy.)  nomli grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi №02/02-3526-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan model professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ekologik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirishning mazmuniy-muvofiqlashtiruvchi va sub’ektiv-mazmunli pedagogik shart-sharoitlari ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega kasbiy muammolarni hal qilish, kelajakdagi kasbni tanlashga oid qarorlarni qabul qilish, qiziqish va motivlarni shakllantirish hamda mobilli uslubiy ta’minotni takomillashtirish asosida ta’minlashga doir takliflar “Kasbiy faoliyatda kimyo” nomli nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi №02/02-3526-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ekologik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligida o‘quvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, o‘quvchilarining ekologik kompetentligini rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv mezonlarini takomillashtirishga oid takliflardan professional ta’lim malaka talablari va fan dasturlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi №02/02-3526-sonli ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan metodika va baholash mezonlari kimyo o‘qitish sifatini va pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish