Pardaev Obid Raximboboevichning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish (texnika sohasi misolida)”, 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped985.
Ilmiy rahbar: Ismoilov Temur Islomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Askarov Abror Davlatmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; pedagogika fanlari doktori, dotsent Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:   
oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish tuzilmasi “integral kompetensiya modeli”ga muvofiq emotsional intellekt va ta’sir etish qobiliyati, strategik fikrlash, etik munosabatlar hamda qaror qabul qilishda kreativlik kabi komponentlarning o‘zaro birligi va shartlanganligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni andragogik yondashuvga xos rivojlanish manbai hisoblangan o‘z-o‘zini namoyon etish, o‘z-o‘zini yo‘naltirish, o‘z-o‘zini boshqarish kabi ustanovkalar bilan bog‘liq faol pozisiyaning reallashmagan salohiyat bilan internallashuviga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
 oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonini modellashtirish “transformatsion liderlik”, “servant leadership”, “demokratik liderlik” kabi xorijiy modellarni milliy-hududiy sharoitlarga modifikatsiyalashda mantiqiy strukturning produktivligini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmi “shakllantirish – maqbullik – rivojlantirish – rag‘batlash – o‘zlashtirish” algoritmiga muvofiq formal, noformal va informal ta’lim imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kengaytirib borish tizimining interaktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishning fasilitatsion tizimi juftlik va guruhiy ish, liderlik treninglari, onlayn similyasiyalar, komandada ishlash kabi andragogik ta’lim texnika va strategiyalarini motivatsion, kognitiv, faoliyatli, baholovchi-refleksiv mezonlarga muvofiq amalga oshirish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining komunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish tuzilmasini “integral kompetensiya modeli”ga nuvofiq emotsional intellekt va ta’sir etish qobiliyati, strategik fikrlash, etik munosabatlar hamda qaror qabul qilishda kreativlik kabi komponentlarning o‘zaro birligi va shartlanganligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirish, oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish mazmunini andragogik yondashuvga xos rivojlanish manbai hisoblangan o‘z-o‘zini namoyon etish, o‘z-o‘zini yo‘naltirish, o‘z-o‘zini boshqarish kabi ustanovkalar bilan bog‘liq faol pozisiyaning reallashmagan salohiyat bilan internallashuviga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 70110103 – Ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi uchun “Ta’limda taym menejment” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i, 149-708 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak ta’lim menejerlaeida kommunikativ-liderlik sifatlarini rivojlantirishda taym menejmentining imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonini modellashtirishni “transformatsion liderlik”, “servant leadership”, “demokratik liderlik” kabi xorijiy modellarni milliy-hududiy sharoitlarga modifikatsiyalashga mantiqiy strukturning produktivligini qat’iy belgilash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 70110103 – Ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi uchun “Innovatsion menejment” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i, 149-811-son nashr guvohnomasi). Natijada, kommunikativ-liderlik sifatlarini rivojlantirishda nnovatsion modellardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmini “shakllantirish – maqbullik – rivojlantirish – rag‘batlash – o‘zlashtirish” algoritmiga muvofiq formal, noformal va informal ta’lim imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kengaytirib borish tizimining interaktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 70110103 – Ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi uchun “Ta’limda taym menejment” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i, 149-708 raqamli guvohnoma). Natijada, kommunikativ-liderlik kompetensiyalarni rivojlantirishda formal, noformal va informal ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining kommunikativ-liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishning fasilitatsion tizimini juftlik va guruhiy ish, liderlik treninglari, onlayn similyasiyalar, komandada ishlash kabi andragogik ta’lim texnika va strategiyalarini motivatsion, kognitiv, faoliyatli, baholovchi-refleksiv mezonlarga muvofiq amalga oshirish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 70110103 – Ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi uchun “Innovatsion menejment” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i, 149-811-son nashr guvohnomasi). Natijada, kommunikativ-liderlik kompetensiyalarni rivojlantirishda maqbul psixologik-pedagogik muhitni loyihalashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish