Badridinova Aziza Abrol qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek badiiy asarlaridagi paremiyalarda nutqiy aktlarning ifodalanishi (V.Kollinz va A.Qodiriy asarlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4409.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nargiza Erkinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djusupov Nursultan Maxanbet o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, dotsent;  Shamsematova Barno Rixsivaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi V.Kollinz va A.Qodiriy asarlaridagi paremiologik birliklar orqali nutqiy akt turlarining ifodalanishining o‘ziga xos o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
  paremiyalarning frazeologik birliklardan farqlanishi, chog‘ishtirilayotgan asarlarda paremiyalar orqali badiiy diskursda o‘quvchining diqqatini tortish, o‘quvchining ijodiy fikrlashini kuchaytirish, o‘quvchi bilim tuzilmalarini faollashtirish kabi lingvopragmatik intensiyalarning boshqa turlarga nisbatan faol aks etishi asoslangan;
V.Kollinzning asarlaridagi paremiyalar orqali nutqiy aktning ekspozitiv va bexabitiv turlarining faol ifodalanganligi asosida tasalli, maqtov, hamdardlik bildirish, fikrni tasdiqlash, tushuntirish, izohlash kabi holatlarda muallifning paremiyalardan tez-tez foydalanishi, verdiktiv turda insonni oqlash, hukm chiqarish, baholash kabi holatlarda va ekzersitiv turda maslahat, ogohlantirish, nasihat qilishda paremiyalarning qo‘llanishi tengligi, eng kam ko‘rsatkichli komissiv turda majburiyatni bo‘yniga olish,  kafolatlash holatlari paremiyalar orqali ifodalanishi kabi lingvopragmatik jihatlari isbotlangan;
A.Qodiriyning asarlaridagi paremiyalarda so‘zlovchilar tomonidan maqtov, tanqid, e’tiroz, tasalli, taskin, qarg‘ash kabi bexabitiv nutqiy aktlarning faol aks etganligi, ekzersitiv va ekspozitiv turlarda paremiya orqali maslahat, ogohlantirish, talab, fikrni ta’kidlash, xulosalash, tan olish kabi nutqiy aktlar ifodalanishining o‘zaro teng ekanligi, nutqiy aktning verdiktiv va komissiv turlari paremiyalarda aynan oqlash, baholash, va’da berish, shart qo‘yish ifodalanishining kamligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek asarlarida paremiyalar orqali nutqiy aktning illokutiv hamda perlokutiv bosqichlari tez va ta’sirchan holda amalga oshishi, bir paremiya bir kontekstda birdan ortiq nutqiy aktlarni ifodalay olishi kabi o‘xshash, o‘zbek misollarida esa bir paremiya uch xil kontekstda uch xil nutqiy aktni ifodalay olishi kabi farqli lingvopragmatik xususiyatlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. V.Kollinz va A.Qodiriy asarlari misolida ingliz va o‘zbek badiiy asarlaridagi paremiyalarda nutqiy aktlarning ifodalanishini tadqiq qilish jarayonida olingan natijalar asosida:
      paremiyalarning frazeologik birliklardan farqlanishi, chog‘ishtirilayotgan asarlarda paremiyalar orqali badiiy diskursda o‘quvchining diqqatini tortish, o‘quvchining ijodiy fikrlashini kuchaytirish, o‘quvchi bilim tuzilmalarini faollashtirish kabi pragmatik intensiyalarning boshqa turlarga nisbatan faol aks etishi hamda V.Kollinzning asarlaridagi paremiyalar orqali nutqiy aktning ekspozitiv hamda bexabitiv turlarining faol ifodalanganligi asosida tasalli, maqtov, hamdardlik bildirish, fikrni tasdiqlash, tushuntirish, izohlash kabi holatlarda muallifning paremiyalardan tez-tez foydalanishi, verdiktiv turda aynan insonni oqlash, hukm chiqarish, baholash kabi holatlarda va ekzersitiv turda maslahat, ogohlantirish, nasihat qilishda paremiyalarning qo‘llanishi deyarli tengligi, eng kam ko‘rsatkichli komissiv tur majburiyatni bo‘yniga olish,  kafolatlash holatida paremiyalar orqali ifodalanishi kabi lingvopragmatik jihatlariga oid xulosalardan Portugaliyaning Tavira shahrida “Xalqaro Maqolshunoslik tashkiloti” (AIP-IAP, UNESCO) tomonidan o‘tkazilgan “17-Xalqaro maqolshunoslik kollokviumi” doirasidagi ilmiy seminarni tashkillashtirishda foydalanilgan (Xalqaro maqolshunoslik tashkiloti (AIP-IAP, UNESCO)ning 2023 yil 11 noyabrdagi 508563151-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy seminarning saviyasini oshirish va ilmiy seminar qatnashuvchilariga maqollarda nutqiy aktning ifodalanishini  yaqqol ochib berishga erishilgan;
A.Qodiriyning asarlaridagi paremiyalarda so‘zlovchilar tomonidan maqtov, tanqid, e’tiroz, tasalli, 
taskin, qarg‘ash kabi bexabitiv nutqiy aktlarning faol aks etganligi, ekzersitiv va ekspozitiv turlarda paremiya orqali maslahat, ogohlantirish, talab, fikrni ta’kidlash, xulosalash, tan olish kabi nutqiy aktlar ifodalanishining o‘zaro teng ekanligi, nutqiy aktning verdiktiv va komissiv turlari paremiyalarda aynan oqlash, baholash, va’da berish, shart qo‘yish ifodalanishining kamligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yildagi “Erasmus+ dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC)” grant loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 21 oktyabrdagi 04/11-6858-son ma’lumotnomasi). Natijada grant ishi doirasidagi matnlarning tarjimasini osonlashtirish va yaxshilashga erishilgan;
ingliz va o‘zbek asarlarida paremiyalar orqali nutqiy aktning illokutiv hamda perlokutiv bosqichlari tez va ta’sirchan holda amalga oshishi, bir paremiya bir kontekstda birdan ortiq nutqiy aktlarni ifodalay olishi kabi o‘xshash, o‘zbek misollarida esa bir paremiya uch xil kontekstda uch xil nutqiy aktni ifodalay olishi kabi farqli lingvopragmatik xususiyatlarga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar instituda 2023-2024 yillarda bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2024 yil 20 martdagi 622/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili mutaxassislik predmetlari bo‘yicha axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida virtual resurslarni boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish