Ro‘ziqulov Sherzodbek Maribjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston SSR ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar (1946-1991-yillar) 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar540 
Ilmiy rahbar: Xoshimov Soibjon Abdurazzoqovich, tarix fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika institutida
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor; Alixojiev Muhammadjon Odiljon o‘g‘li, tarix fanlar nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot:   Namangan davlat universiteti 
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1946-1991-yillarda O‘zbekiston SSR ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, uning ijobiy va  salbiy tomonlarini chuqur o‘rganish hamda tahlil qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- O‘zbekistonda 1946-1958-yillarda respublika xalq xo‘jaligini tiklash yillaridagi qiyinchiliklar davrida ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, islohotlarning ittifoq manfaatlaridan to‘liq kelib chiqib amalga oshirilganligi, ta’lim-tarbiya jarayonlarining mafkuralashtirilishi, ta’limning sotsialistik mafkuraga butunlay bo‘ysundirilishi milliylikdan uzoqlashishga olib kelganligi, ta’lim tizimiga ketgan xarajatlarni qoplash uchun 1956-yilga qadar tabaqalashgan holda ta’lim olish uchun to‘lov mavjud bo‘lganligi birlamchi manbalar asosida ochib berilgan;
- 1958-yilda qabul qilingan “Maktabnining turmush bilan aloqasini mustahkamlash to‘gʻrisida”gi qonunga muvofiq, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tuzilishida, o‘quv rejalari va dasturlariga fan va texnika yutuqlarini olib kirish yuzasidan qilingan o‘zgarishlar jarayonida erishilgan ijobiy holatlar bilan birga, yuzaga kelgan muammolar, belgilangan vazifalarni to‘liq amaliyotga tatbiq qilinmasligi oqibatida  ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi orqaga ketish holatlari faktlar asosida dalillangan;
- o‘rganilayotgan davrda respublikadagi maorifchilarning mashaqqatli mehnat faoliyati, ularning oilalari, yashash sharoitlaridagi qiyinchiliklar, ogʻir mehnat sharoitlari, oylab qishloq xo‘jalik ishlariga jalb qilinishlari, maorif xodimlarining fidokorona mehnatlari bilan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlardagi ishtiroki, ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi kabi masalalar dalillar bilan asoslangan;
 - Qayta qurish yillarida umumta’lim maktablari va kasb-hunar bilim yurtlari hamda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora- tadbirlarning hayotga tatbiq qilinishidagi ijobiy, salbiy holatlar, qabul qilingan qaror va qonunlarning amaliyotga joriy qilinmasligi oqibatida ta’lim tizimidagi orqaga ketish, ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi salbiy omillar birlamchi manbalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar (1946-1991-yillar) tarixini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda 1946-1958-yillarda respublika xalq xo‘jaligini tiklash yillaridagi qiyinchiliklar davrida ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, islohotlarning ittifoq manfaatlaridan to‘liq kelib chiqib amalga oshirilganligi, ta’lim-tarbiya jarayonlarining mafkuralashtirilishi, ta’limning sotsialistik mafkuraga butunlay bo‘ysundirilishi milliylikdan uzoqlashishga olib kelganligi, ta’lim tizimiga ketgan xarajatlarni qoplash uchun 1956-yilga qadar tabaqalashgan holda ta’lim olish uchun to‘lov mavjudligi haqidagi tadqiqot materiallardan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekiston ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar: yutuq hamda muammolar” mavzusidagi ekspozision rejalarni tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 1-martdagi 02-05-734-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallar O‘zbekiston SSRda sovet hokimiyati yillarida ta’lim tizimining ahvolini to‘laqonli anglashga yordam bergan; 
1958-yilda qabul qilingan “Maktabning turmush bilan aloqasini mustahkamlash to‘gʻrisida”gi qonunga muvofiq, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tuzilishida, o‘quv rejalari va dasturlariga fan va texnika yutuqlarini olib kirish yuzasidan qilingan o‘zgarishlar jarayonida erishilgan ijobiy holatlar bilan birga yuzaga kelgan muammolar, belgilangan vazifalarni to‘liq amaliyotga tatbiq qilinmasligi oqibatida  ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi orqaga ketish holatlari, o‘rganilayotgan davrda respublikadagi maorifchilarning mashaqqatli mehnat faoliyati, ularning oilalari, yashash sharoitlaridagi qiyinchiliklar, ogʻir mehnat sharoitlari, oylab qishloq xo‘jalik ishlariga jalb qilinishlari, maorif xodimlari o‘zlarining fidokorona mehnatlari bilan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlardagi ishtiroki, ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari kabi masalalarga oid ma’lumotlardan  “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 23-apreldagi 02-31-531-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar sovet hokimiyati ta’lim tizimidagi siyosatining asosiy mohiyatini tushunish imkonini bergan;
O‘rganilayotgan davrda respublikadagi maorifchilarning mashaqqatli mehnat faoliyati, ularning oilalari, yashash sharoitlaridagi qiyinchiliklar, ogʻir mehnat sharoitlari, oylab qishloq xo‘jalik ishlariga jalb qilinishlari, maorif xodimlarining fidokorona mehnatlari bilan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlardagi ishtiroki, ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi kabi masalalarga oid ma’lumotlardan  “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 23-apreldagi 02-31-531-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘p sonli tomoshabinlarning urushdan keyingi xalq xo‘jaligini qayta tiklash yillarida oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar  to‘g‘risidagi yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan. 
   Qayta qurish yillarida umumta’lim maktablari va kasb-hunar bilim yurtlari hamda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora- tadbirlarning hayotga tadbiq qilinishidagi ijobiy, salbiy holatlar, qabul qilingan qaror va qonunlarning amaliyotga joriy qilinmasligi oqibatida ta’lim tizimidagi orqaga ketish, ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi salbiy omillarga oid nazariy xulosalaridan Andijon davlat pedagogika instituti “Tarix” ta’lim yoʻnalishi talabalariga o‘tilayotgan “O‘zbekiston tarixi” fanida foydalanilgan.  (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 03/15-1744-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar sovet hokimiyatining ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarida, ya’ni, 1946-1991-yillarda O‘zbekiston SSR ta’lim tizimidagi ijobiy hamda salbiy o‘zgarishlar jarayonining asosiy mohiyatini teran anglash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish