Sadikova Sitora-bonu Nematdjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda barqaror turizmni rivojlantirish uchun Temuriylar bog‘larini me’moriy qayta tiklash strategiyasida GAT (Samarqand viloyati misolida)”, 18.00.02 -Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaftarxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/A24.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muqimov Rustam Samatovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Shirinov Timur Shirinovich, tarix fanlari doktori, professor; Adilov Zarifjon Ximmatovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlik LITI” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIV-XVI asrlardagi Amir Temur va Temuriylar bog'lari va “Xiyobon” bulvarlarining tarixiy joylashuvlarini aniqlash, Samarqand viloyatida "barqaror turizm"ni rivojlantirish maqsadida yangi "Turistik mahallalar" tarkibida Temuriylar bog'larni arxitekturaviy qayta tiklash bo‘yicha loyiha takliflarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy va zamonaviy adabiy manbalardagi ma’lumotlarni solishtirish hamda geografik axborot tizimlaridan foydalangan holda xaritalash yo‘li bilan Samarqand va Samarqand viloyatidagi 17 ta Temuriy bog‘larning tarixiy o‘rni aniqlangan;
Amir Temur va Temuriylar Samarqanddagi bog'lari va "Xiyobon" bulvarlari haqida ma'lumotlar bazasi yaratilib, unda Temuriylar bog'larining parametrlari, maydoni, joylashuvi haqidagi ma'lumotlar asoslab berilgan;
Temuriylar bog‘larining funksional xususiyatlari bo‘yicha koordinatalari, o‘lchamlari, bog‘dan Samarqand qal’asigacha bo‘lgan masofasi, Amir Temur harbiy yurishlari marshrutida joylashishi va bog‘larning kimga tegishli bo‘lganligi aniqlangan;
Samarqand va Hirot xiyobonlarining XIV-XV asrlarda ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan samarali shahar markazi sifatidagi muhim shaharsozlik roli dalillangan;
Amir Temur bog‘ uchun joy tanlashda o‘zining funksional-strategik yondashuviga asoslangani, bog‘lar Amir Temurning harbiy yo‘llari bo‘ylab, arxeologik yoki muqaddas qadamjolar yaqinida joylashgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «O‘zbekistonda barqaror turizmni rivojlantirish uchun Temuriylar bog‘larini me’moriy qayta tiklash strategiyasida GAT (Samarqand viloyati misolida)» mavzusi bo‘icha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy va zamonaviy adabiy manbalardagi ma’lumotlarni solishtirish hamda geografik axborot tizimlaridan foydalangan holda xaritalash yo‘li bilan Samarqand va Samarqand viloyatidagi 17 ta Temuriy bog‘larning tarixiy o‘rni aniqlanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Temuriylar bog‘larini rekonstruksiya loyihalarini bajarish amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 12 iyuldagi 01-15/150-son dalolatnomasi). Natijada Samarqand shahridagi Ruxobod bog‘i atrofiga axborot stendlari o‘rnatildi va “Amir Temurning 12 ta bog‘i haqida axborot va interfaol xaritalari”ning ommalashuviga erishilgan;
Amir Temur va Temuriylar Samarqanddagi bog'lari va "Xiyobon" bulvarlari haqida ma'lumotlar bazasi yaratilib, unda Temuriylar bog'larining parametrlari, maydoni, joylashuvi haqidagi ma'lumotlar asoslab berilganligi yuzasidan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan hududlardagi «Chor-bog‘» uslubidagi bog‘ va «Xiyobon» bulvarlarni loyihalash amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2024 yil 4 martdagi 08-06/2352-son malumotnomasi). Natijada zamonaviy shaharsozlik va landshaft arxitekturasi amaliyotida rekreatsion landshaft ob’ektlari, “Chor-bog‘” bog‘lari va “Xiyobon” bulvarlar loyihalashda yangi konstruktiv echimlarni tatbiq etish imkoniyati oshirilgan;
Temuriylar bog‘larining funksional xususiyatlari bo‘yicha koordinatalari, o‘lchamlari, bog‘dan Samarqand qal’asigacha bo‘lgan masofasi, Amir Temur harbiy yurishlari marshrutida joylashishi va bog‘larning kimga tegishli bo‘lganligi aniqlanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2024 yil 4 martdagi 08-06/2352-son malumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning tarixiy shaharlari me’moriy yodgorliklari atrofidagi hududlarni obodonlashtirish amaliyotida, Respublikamizning ekologiya va ekologik ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida yangi rekreatsion landshaft zonalari loyihalarini yaratishda qo‘llanilgan;
Samarqand va Hirot xiyobonlarining XIV-XV asrlarda ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan samarali shahar markazi sifatidagi muhim shaharsozlik roli dalillanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Samarqand viloyati turizm qo‘mitasi tomonidan yangi sayyohlik yo‘nalishlari ishlab chiqish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 24 yanvardagi 01-258-son dalolatnomasi). Natijada viloyatda ishlab chiqilgan yangi sayyohlik yo‘nalishlari orqali turizm faoliyatida xizmatlar hajmining oshganligi isbotlangan;
Amir Temur bog‘ uchun joy tanlashda o‘zining funksional-strategik yondashuviga asoslangani, bog‘lar Amir Temurning harbiy yo‘llari bo‘ylab, arxeologik yoki muqaddas qadamjolar yaqinida joylashgani isbotlanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan hududda turizmning yangi landshaft va rekreatsion zonalarini yaratish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 24 yanvardagi 01-258-son dalolatnomasi). Natijada Samarqand viloyati atrof-muhitini yahshilash, ekologik samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlari yaxshilangan.